Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki) etkazib berish, ifoda etish. Gnoseologiya



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə83/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki) etkazib berish, ifoda etish.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Deviant xulq atvor - ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor.
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”) - o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor.
Dinamik steriotip - bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi.
Dunyoqarash - tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.


Etim bolalar - 18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot etgan bolalar.
Etimlik - jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan ijtimoiy hodisa.
Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Jinsiy tarbiya - o’zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o’rgatish, o’z sog’ligi uchun g’amxo’rlik qilish va mas’uliyatli bo’lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni.
Jismoniy tarbiya - o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin