Kompensatsiya - buzilgan funktsiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik - umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) - oliy nerv faoliyatining zaxira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurish.
Korrektsiya(yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to’liq tuzatish.
Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha «defectus» – nuqson, kamchilik, «logos» – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan.
Korrektsion tarbiya - jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini engib o’tish yoki bartaraf etish.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar - shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimi.
Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Madaniyatlilik - bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni)– ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda etakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.