Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə86/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari - muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – mohiyatiga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui.
Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi.
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Men” kontseptsiyasi - insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium - o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazoratsizlik - bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin