Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə94/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

O’z-o’zini tarbiyalash - insonning o’zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.
Qadriyatlar - harakat usuli, metodikasi va uning individual etimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish.
Qurilma (ustanovka) - muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo’lish. Qurilmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy qurilmalar kasbiy faoliyatning xarakterini belgilab bersa ijtimoiy qurilmalar mutaxassisning mijoz bilan o’zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.
O’z-o’zini tarbiyalash metodlari - o’quvchilarning o’zini o’zi idora qilishlari, turli o’quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo’llaniluvchi usullar.
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish - o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O’z-o’zini qayta tarbiyalash – shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayoni.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya – ota-onalar tomonidan dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.
Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Huquqiy ta’lim - o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin