Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim - o’quvchilarga xo’jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar) to’g’risidagi nazariy bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologikxususiyatlar.
Sotsium - insonning ijtimoiy atrof-muhiti, hamjamiyati.
Submadaniyat - muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil(yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni - ota-ona va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) – tarbiya maqsadiga erishish yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.