Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliyatini tiklash) - anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash(tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og’zaki ta’sir etish usuli.
Ilmiy duyoqarash- uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi) - muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g’oya.
Individ (lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik- shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo’nalishlar bo’yicha oliy va qoidaga ko’ra oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.