Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə101/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Tg’R 
Guruhlar 
Topshiriqlar mavzusi 
1.
1-guruh
Oilaning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi
negizidagi vazifalari
2.
2-guruh
Mahallaning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi
negizidagi vazifalari
3.
3-guruh
Maktabning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi
negizidagi vazifalari
Topshiriqni bajarish chog’ida guruhlarning e’tiboriga quyidagi matnlar taqdim
etiladi:
I. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida oila
tomonidan bajariladigan vazifalar:
- oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish,
farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-
onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’r bo’lishni
ta’minlash;
- oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va

140
burchlarini anglab etishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;


- farzandlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va
ma’naviyatli kishilar bo’lib etishishlarini ta’minlash;
- bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy
tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
- bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun
iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
- bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga
sadoqat ruhida tarbiyalash;
- bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli
tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
- farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur
sharoitlarni yaratish;
- o’z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini
to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
- ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo
oshirib borishi;
- bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishdagi mas’ulligini ta’minlash;
- bolalarda sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni shakllantirish, diniy
aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi immunitetni hosil qilish;
- sog’ligida va aqliy nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos
ravishda bilim va kasbu-kor o’rgatish.
II. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida
mahalla tomonidan bajariladigan vazifalar:
- mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-
tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda
qatnashish va oqilona echimlarini topishda faollik ko’rsatilish;
- mahalla o’z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni
aniqlab, ularni qo’llab-quvvatlash va farzandlarining bilim hamda tarbiya
olishlariga bosh-qosh bo’lish;
- ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga
nisbatan jamoatchilik choralarini ko’rish;
- mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy
yordam ko’rsatilishini qo’llab-quvvatlash;
- ota-onalar orqali bolalarda tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur,
vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarini tarbiyalash;
- yoshlarning diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini
to’g’ri anglab etishiga ota-onalar orqali ta’sir ko’rsatish, ajdodlarning tarbiyaviy
o’gitlarini singdirib borish;
- mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g’oyalarini,
iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda respublikada erishilayotgan yutuqlar targ’ibotini
tashkil etuvchi tadbirlarni uyushtirish;

141
- Respublika “Ma’naviyat targ’ibot” markazi, “Sog’lom avlod uchun”,


“Mahalla”, “Ekosan”, “Nuroniy”, “Kamolot” jamg’armalari, xotin-qizlar
qo’mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlodni
milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash ishiga, muammoli masalalarning
echimini topishga faol jalb qilish;
- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining
imkoniyatlarini o’quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga
yo’naltirish;
- mahalla hududida o’quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko’rik-
tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish;
- turli yo’nalishda iqtidorli o’quvchilarni maktablar tavsiyasiga ko’ra ijtimoiy
va iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
- ilg’or pedagogik xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib
chiqib, har tomonlama yordam ko’rsatish;
- farzandlariga ta’lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan,
namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida “Oila
saboqlari” mashg’ulotlarini tashkil qilish;
- mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va
barcha ijodkorlarning imkoniyatlaridan foydalanib, bilim, kasb sirlarini o’rgatishga
asoslangan turli to’garak va “Ustoz-shogird” rusumida faoliyatini yo’lga qo’yish;
- mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada
istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining
ajratilishiga erishish;
- yoshlarda O’zbekistonga, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish,
mahalla obodonligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhini shakllantirish.
III. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida
maktab tomonidan bajariladigan vazifalar:
- maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor
yaratish;
- o’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish,
ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish;
- bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-
uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon
andozalariga mos ravishda ta’minlash;
- o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy
muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va
ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
- yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy,
ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
- o’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida
muvofiqlashtirish;
- tarbiyasi “og’ir”, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash,
oilalarga pedagogik yordam berish;
- bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan oilalarni tegishli idoralar

142
hamkorligida o’rganib, tajribalarini ommalashtirish;


- o’qish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni
hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-
onalar yig’inlarida muhokama qilish;
- tarbiya sub’ektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar,
tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg’arma va
jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha
milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish
korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan mas’uliyat
va javobgarligini muvofiqlashtirish;
- turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy,
ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab bo’lishiga
erishish;
- o’quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga
oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani
targ’ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib
kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
- ta’lim muassasalari nizomlari asosida o’quvchilarning maktabda joriy
qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o’quvchilar libosida
ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash;
- mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o’smir
yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish;
- maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy
bilimlar beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish.
2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi mohiyatini aks
ettiruvchi klasterni yaratishda akademik guruh jamoa bo’lib ishlaydi. Klasterlar
“Klaster” grafik organayzeri vositasida yaratiladi. Bunda o’qituvchi har bir
talabaning faol ishtirok etishini nazorat qilib borishi zarur. Klasterlarni
shakllantirish jarayonida bildirilgan har bir g’oya inobatga olinadi. Yaratilgan
klasterning mazmunini muhokama qilish jarayonida esa bir-birini takrorlovchi
g’oya va fikrlar tahlil qilinadi. Takroriy bildirilgan g’oyalar aniqlanib,
takrorlanishlar bartaraf etiladi.  

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin