Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

I. O’QUV MATERIALLAR 

4
OILA PEDAGOGIKASI - FAN SIFATIDA


Reja: 
1. “Oila pedagogikasi” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti.
2. “Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.
3. “Oila pedagogikasi” fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Tayanch tushunchalar: oila, nikoh, qon-qarindoshlik, ota-ona, farzandlar,
keksa avlod (buva, buvi), qarindoshlar, pedagogika, oila pedagogikasi, oila
tarbiyasi, oila an’analari, oila tarbiyasi tamoyillari.
“Oila pedagogikasi” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti. Har qanday
jamiyat oilalardan tarkib topadi. Oila jamiyatning kichik, biroq, eng asosiy bo’g’ini
sanaladi. Zero, jamiyatning mavjudligi unda yashovchi kishilarni o’z ichiga olgan
oilalarning borligi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra oila va jamiyat o’rtasidagi
aloqaning mustahkamligi, bir-birini taqozo etishi nihoyatda muhim. Bu muhimlik
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishi uchun nafaqat
ta’lim muassasalarida, balki oilada ham bola (farzand)lar tarbiyasini to’g’ri,
samarali tashkil etishni taqozo qilishida aks etadi.
Kishilik taraqqiyotining turli bosqichlarida ham oila tarbiyasiga alohida e’tibor
qaratib kelingan. To’g’ri, ba’zan bu e’tibor bir qadar sustlashgan (sobiq Ittifoq
davrida sotsializm g’oyalariga ko’ra shaxsning tarbiyasida oila emas, balki
jamiyatning etakchi o’rin tutishi alohida uqtirilar edi). Biroq, shuni alohida atib
o’tish lozim, hech bir jamiyat va ijtimoiy tuzumda oilaning shaxs tarbiyasidagi
ahamiyati, o’rni va roli butunlay inkor etilmagan.
O’zbekiston hududida esa qadim-qadimdan oilaning ijtimoiy-tarbiyaviy kuchga
egaligi alohida e’tirof etilib, yuksak baholangan. O’zbekiston mustaqilligi yillarida
esa bu bahoning qiymati yanada oshdi. Jumladan, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar” risolasida oilaning jamiyatda tutgan ijtimoiy mavqei,
uning jamiyat taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi, shaxs tarbiyasida g’oyaviy asos
bo’luvchi mafkuraviy qarashlarni shakllantirishdagi roliga alohida urg’u beriladi:
“Oila – mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki
oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega.
Milliy mafkuramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi.
Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi.
Oiladagi sog’lom muhit – sog’lom mafkurani shakllantirish manbaidir”
1
. Shu
bilan birga ushbu risolada “jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi,
farovonligini, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlash” respublika ma’naviy hayotida
ustuvor o’rin tutadigan milliy mafkurani shakllantirish, uning maqsadlarni amalga
oshirishda tayanch bo’lishi aytib o’tiladi.
Darhaqiqat, oila va jamiyat o’zaro yaxlit ekan, o’z-o’zidan ijtimoiy
taraqqiyotning negizi uning muhim bo’g’inida tashkil etiladigan tarbiya mazmuni,
g’oya va tamoyillari asosida qo’yilishi shubhasiz. Shu sababli O’zbekiston tarixiy
1
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2000. – 66-бет.

5
taraqqiyotida yangi davr bo’lgan mavjud sharoitda oilada bolalarni tarbiyalash


masalasiga ham yangicha yondashuvni qaror toptirish taqozo etilmoqda.
Milliy mustaqillikka erishilgach, O’zbekiston Respublikasida pedagogika fani
taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqichning o’ziga xos xususiyati milliy
qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, boyitish, milliy meros va madaniyat
namunalarini chuqur o’rganish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli
ijtimoiy harakatga uyg’un ravishda milliy pedagogik ta’limotlarni tadqiq qilish,
shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash borasidagi Sharq va Farb tajribalarini o’zaro
muvofiqlashtirish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishda, tobora jahon
ta’limi standartlari darajasiga erishilayotganlikda aks etadi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida milliy ta’lim mazmunining asosi bo’lgan –
uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’qitiladigan o’quv fanlarini ilmiy-
metodologik, g’oyaviy yangilash, ijtimoiy taraqqiyot, ilm-fan, texnika va
texnologiya sohalarida erishilayotgan eng so’nggi yutuqlar bilan boyitish, ilg’or
metodika hamda pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayoniga samarali tatbiq
etish yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning mavjud ehtiyojidan
kelib chiqib, uzluksiz ta’lim tizimida muayyan o’quv fanlarini o’qitish yo’lga
qo’yildi. Mavjud o’quv fanlar mazmuni barkamol shaxs kamolotini ta’minlashda
muhim ahamiyatga ega qarashlar, tamoyillar bilan boyitildi. Xususan, mustaqillik
yillarida oliy ta’lim tizimida pedagogik turkum fanlar sirasida alohida o’ringa ega
bo’lgan “Oila pedagogikasi” fanining nazariy-metodologik asoslari yanada
rivojlantirildi, asrlar davomida milliy pedagogikada qo’llanilib kelayotgan shakl,
metod va vositalar bilan boyitildi.
Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki,
u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning
atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday
istiqbol oilaning manfaatlaridan alohida tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson
uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir.
Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini, eng avvalo, oilasi bilan bog’laydi,
ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli baxtiyor his etadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin