Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


“Оила педагогикаси” фанининг мақсади



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

“Оила педагогикаси” фанининг мақсади: талаба-ёшларга оила
тарбиясининг умумий асослари (мазмуни, қонуниятлари, тамойиллари,
ўзига хос жиҳатлари, устувор ғоялари, самарали шакл, метод ва
воситалари)га оид назарий билимларни бериш, уларни бўлажак педагог
сифатида оилаларга болалар тарбиясини тўғри, самарали ташкил этишда
педагогик ёрдам кўрсатишга тайёрлашдан иборат
“Оила педагогикаси” фанининг предмети оила тарбиясининг умумий
асослари (мазмуни, қонуниятлари, тамойиллари, ўзига хос жиҳатлари,
устувор ғоялари, самарали шакл, метод ва воситалари)га оид ғоя, қараш,
концепция, назария ва таълимотлар йиғиндисидан иборат

10
O’quv fani sifatida “Oila pedagogikasi” aniq maqsadni ifodalash bilan birga


muayyan vazifalarni ham hal qilishga yo’naltirilgan.
Oila pedagogikasi” quyidagi vazifalarini hal qiladi: 
- talabalarni oilaning ijtimoiy, iqtisodiy, xuquqiy va madaniy
asoslari, oilaning shaxs hayotidagi o’rni, oilaning funktsiyalari, oila
tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati, tarbiyaviy imkoniyatlari, oila turlari, muayyan
turdagi oilalarning shaxs rivojiga ta’siri, shuningdek, zamonaviy o’zbek oilalari
rivojlanishining o’ziga xos jihatlari, oila tarbiyasi muammolari, oilada bolalar
tarbiyasini samarali tashkil etishga oid mahalliy va xorijiy mamlakatlarning
tajribalari, bu boradagi ilg’or yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish yo’llari bilan
yaqindan tanishtirish; 
- talabalarga oila tarbiyasining umumiy asoslari (mazmuni, qonuniyatlari,
tamoyillari, ustuvor g’oyalari, samarali shakl, metod va vositalari), oila va ijtimoiy
tarbiyaning yaxlitligi, shuningdek, ota-onalar va pedagoglar o’rtasidagi o’zaro
hamkorlikning ahamiyati, texnologiyalari xususida ma’lumot berish;
- talabalarda oila pedagogikasiga nisbatan G’arb va Sharq mamlakatlaridagi
yondashuv, ushbu yondashuvlarning shaxs ruhiyatining shakllanishi, kamolotini
ta’minlashdagi hissasi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish hamda ota-onalarning
pedagogik madaniyatini rivojlantirish yo’lida ilmiy izlanishlarni olib borish
ko’nikmalarini shakllantirish;
- talabalar tomonidan oila tarbiyasining shaxsni kamolotidagi rolining
munosib baholanishini ta’minlash;
- talabalarni bo’lajak pedagog sifatida oilalarda tashkil etiladigan bolalar
tarbiyasining samarali bo’lishi, oila tarbiyasini yo’lda qo’yishda yuzaga kelayotgan
muammolarni bartaraf etishda metodik yordam ko’rsatishga muvaffaqiyatli
tayyorlash;
- talabalarda kelgusida ta’lim muassasalarida olib boriladigan pedagogik
faoliyatni oilalarda yo’lga qo’yilayotgan tarbiya bilan o’zaro muvofiqlashtirishga
erishish ko’nikma, malakalarini shakllantirish.
- talabalarda bo’lajak oila sohibi (ota yoki ona) sifatida ijtimoiy faollikni
shakllantirish.
O’quv fanining predmeti o’z navbatida “Oila pedagogikasi” fanining aynan
qaysi masalalarni o’rganishi borasidagi tasavvurlarni oydinlashtiradi. “Oila
pedagogikasi” o’quv fani quyidagi masalalarni o’rganadi:
- oila pedagogikasining nazariy muammolari aniqlash;
- oila tarbiyasini tashkil etish borasidagi ilg’or, samarali ish tajribalarini
o’rganish;
- zamonaviy sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, texnologik sohalarda
erishilayotgan yutuqlarni oila pedagogikasi amaliyotiga izchil tatiq etish;
- ota-onalar yoki bolalar tarbiyasiga mas’ul shaxs (vasiy)larning pedagogik
madaniyatini rivojlantirish;
- ijtimoiy va oila tarbiyasini, shuningdek, ijtimoiy va oila tarbiyasini
muvaffaqiyatli tashkil etishga xizmat qiladigan texnologiyalarni o’zaro
muvofiqlashtirish.

11
“Oila pedagogikasi” o’quv fanining asosiy manbai o’zbek xalqining oilada


bolalar tarbiyasini samarali tashkil etish borasida asrlar davomida shakllanlangan
boy hayotiy tajribasi, bolalar tarbiyasiga nisbatan yondashuvlari, milliy urf-odatlar,
an’analar, marosimlar, shuningdek, xalq og’zaki ijodi namunalari (alla, lapar,
ertak, afsona, masal, matal, maqol, pand, nasihat, o’git va qahramonlik eposlari)
sanaladi.
Demak, “Oila pedagogikasi” fani ota-onaning yosh avlod tarbiyasini samarali
tashkil etishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatining mazmuni, umumiy
qonuniyatlar,
tamoyillar,
asosiy
shakllari,
metodlari,
vositalari
hamda
texnologiyasini yoritishga xizmat qiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin