Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


“Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə7/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

“Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi. O’z
mohiyati, amaliy ahamiyatiga ko’ra “Oila pedagogikasi” fani ijtimoiy fanlar
sirasiga kiradi. Shunga ko’ra u boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham o’zaro
bog’liqlik va aloqadorlikda rivojlanadi.
“Oila pedagogikasi” fanining rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi fanlarni
ularning yo’nalishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (1-jadval):
 
 
 
 
 
1-jadval. Oila pedagogikasi” fanining rivojiga
bevosita ta’sir ko’rsatuvchi fanlarning guruhlari 
 
№ 
Fanlar turkumi 
Fanlar 
1.
Pedagogik turkum fanlar
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Boshlang’ich
ta’lim pedagogikasi”, “Pedagogika nazariyasi va
amaliyoti”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogik
texnologiya”, “Pedagogik mahorat”, “Pedagogik
konfliktologiya” hamda “Tarbiyaviy ishlar
metodikasi”
2.
Psixologik fanlar
“Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”,
“Yosh va pedagogik psixologiya”
3.
Gumanitar fanlar
“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”,
“Etnografiya”,
“Axloqshunoslik”,
“Estetika
asoslari”, “Oila huquqi”
4.
Tabiiy fanlar
“Yosh fiziologiyasi va gigiena”, “Iqtisodiyot
asoslari”
Quyida “Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va
ularning asoslaridan foydalanish imkoniyatlari xususida so’z yuritiladi.
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” – maktabgacha ta’lim yoshi bolalarini
tarbiyalash, ularga boshlang’ich bilimlarni berish masalalarining tadqiqi bilan
shug’ullanuvchi fan. U ota-onalarning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
to’g’ri tarbiyalash, mazkur yosh davrining o’ziga xos xususiyatlarga tayangan

12
holda bolalarda muayyan ko’nikmalarni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni


tarbiyalashga yordam beradi. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani shu
yoshdagi bolalar nutqini boyitish, organizmni to’g’ri parvarishlar, salomatligini
mustahkamlash hamda ularda ma’lum harakat ko’nikmalarini shakllantirishga
xizmat qiladi. Shu blan birga ushbu fan maktabgacha ta’lim yoshi bolalarini
maktab ta’limiga samarali tayyorlash yo’llari, shakl, metod hamda vositalari
to’g’risida ma’lumotlarni berish imkoniyatiga ega. Maktabgacha ta’lim yoshida
bolalar hayotida o’yin faoliyati etakchi o’rin tutadi. Shu sababli ota-onalar fanning
imkoniyatlariga tayangan holda bolalarni o’yin faoliyati orqali ijtimoiy
munosabatlarga samarali tayyorlash imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin