Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə15/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

“Oila huquqi” – nikoh va oila munosabatlarining huquqiy asoslarini
o’rganuvchi fan
18
. O’zbekiston Respublikasida huquqiy jamiyatni barpo etish
jarayonida ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy
mohiyatidan xabardor bo’lish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo, “Oila
huquqi” fani asoslari borasidagi bilimlarni o’zlashtirish orqali ota-onalar
farzandlar, ularning kamoloti va taqdiri oldidagi o’z majburiyatlarini chuqurroq
anglaydilar. Ota-onalar, ayniqsa, voyaga etmagan farzandlar oldida burchli
sanaladilar. Zero, hali dunyoqarashi to’la shakllanmagan, ijtimoiy munosabatlarda
mustaqil ishtirok eta olmaydigan farzandlarni har tomonlama, eng avvalo, huquqiy
jihatdan muhofazalash majburiyati ota-onalarni ularning tarbiyasiga jiddiy
yondashishga undaydi. Qolaversa, ota-onalar oila muhitida ham farzandlarning
huquqiy bilimlar bilan tanishtirib borish asosida ularni ijtimoiy-huquqiy
munosabatlarga samarali tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu holat huquqiy
jamiyatni barpo etishning eng muhim talablaridan biri bo’lgan – huquqiy
madaniyatga ega fuqaroni tarbiyalab voyaga etkazishda o’ziga xos dolzarblik kasb
etadi.
Fan asoslaridan xabardorlik asosida ota-onalar, shuningdek, farzandlarni oila
muhitida huquqiy mazmunga ega ijtimoiy munosabatlar – nikoh va oila
munosabatlariga ham tayyorlab boradilar. Voyaga etayotgan yigit va qizning nikoh
va oilaviy munosabatlarga fiziologik, jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan
tayyor bo’lishida ham ota-onalarning zimmalariga mas’uliyatli vazifalar
yuklatiladi. Bu boradagi vazifalarni anglashda ham ota-onalarning “Oila huquqi”
asoslari borasidagi bilimlarga ega bo’lishlari muhimdir.
“Yosh fiziologiyasi va gigiena” – voyaga etmaganlarni fiziologik jihatdan
to’g’ri o’sishlarini ta’minlash, ularda gigienik madaniyatni shakllantirish yo’llari,
shakl, metod va vositalarini tadqiq etadigan fan. Globallashuv va texnikaning
mislsiz rivojlanishi sharoitida inson salomatligini ta’minlash har qachongidan ham
dolzarblik kasb etmoqda. Garchi tibbiyot zamonaviy yutuqlarga erishayotgan,
ijtimoiy sub’ektlarning ishlab chiqarish qobiliyatiga egalik yoshi uzayib
borayotgan bo’lsa-da, biroq, voyaga etmagan yigit yoki qizlarning fiziologik
18
Каримова О., Ғоффоров З. Давлат ва ҳуқуқ асослари / Дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 463-бет.

18
jihatdan to’g’ri tarbiyalanmasligi ularning organizmida muayyan qusurlarning


yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Bu o’rinda zamonaviy taraqqiyot ta’sirida kelib
chiqayotgan – kam jismoniy harakatsizlik, tana vaznining oshishi kabi
kasalliklarning oldini olish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Ota-
onalar “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fani asoslaridan xabardor bo’lar ekanlar,
oila sharoitida farzandlarning gigienasiga alohida e’tibor qaratib, shaxsiy gigienik
madaniyatni yoshlikdan shakllantira oladilar. Shu bilan birga o’g’il va qiz
bolalarning fiziologik nuqtai nazardan to’g’ri kamolotga etishishlari, reproduktiv
salomatlikka ega bo’lishlarini ta’minlashga muvaffaq bo’ladilar.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin