Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə23/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Aristotel (mil. av. 384-322 yy.) – qadimgi Yunonistonda o’ziga xos falsafiy-
pedagogik ta’limot yaratgan mashhur mutafakkir. Uning oila tarbiyasi bilan
bog’liq fikrlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Allomaning fikricha, jamiyatni
davlatdan ajratib bo’lmaydi. Aristotel jamiyat a’zolarini quyidagi uch toifaga
ajratadi:
1) boylar;
2) o’rta hollar;
3) kambag’allar.
Faylasuf boy hamda kambag’allar toifasini xush ko’rmaydi. Zero, uning
fikricha, jamiyatdagi barcha noxushliklar, siyosiy beqarorlik, turli tahdidlar aynan
shu toifa kishilarining xatti-harakatlari evaziga yuzaga keladi. Aholining eng ideal
toifasi – o’rta hol kishilar sanaladi. Ular tufayli jamiyat rivoj topadi, yurtda tinchlik
o’rnatiladi, vaziyat barqarorlashadi.
O’z asarlarida oila va oilaviy munosabatlar masalasiga to’xtalib o’tar ekan,
faylasuf oila muhitida shaxsda tarkib topadigan ezgu fazilatlarni ham uch guruhga
ajratadi. Ular:
1) dianoetikaga asoslangan (intellektual) fazilatlar (ular,
asosan, ta’lim-tarbiya
jarayonida uning natijasi sifatida shakllanadi);
2) aqlga asoslangan fazilatlar;
3) axloqiy irodaga asoslangan fazilatlar (ular urf-odatlar ta’sirida shakllanadi).
Insonning baxt-saodati haqida fikr-yuritib, mutafakkir uni umrning kuch-
g’ayrati, energiyasi deya ta’riflaydi. Har qanday shaxs ezgu fazilatlar hamda bu
bilan bog’liq ravishda baxt-saodat sohibi bo’la olmaydi. Ezgu fazilatlarni o’zida
namoyon qila olgan insongina baxtli, saodatli bo’lishni da’vo qila oladi.
Allomaning fikriga ko’ra, ezgulik ijtimoiy sub’ektlarning tabiatiga xos degan
fikr noto’g’ridir. Tabiat ularga faqatgina ezgu fazilatlarga ega bo’lish imkonini
beradi. Ularning sohibiga aylanish esa kishilarning o’ziga, ularning xohish-
irodasiga, faolligiga bog’liq.
19
Педагогик маҳорат: схема ва расмларда / Методик қўлл. Н.Эркабоева, М.Усмонбоева, М.Иргашова,
Н.Хўжаназарова. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2012. – 57-бет.
20
Ўша манба. – 56-бет.

26
Aristotel tarbiya maqsadini inson ruhiyatining rivojlanishi bilan bog’liq holda


belgilaydi. Allomaning yondashuviga ko’ra, aql va irodaning rivojlanishi shaxs
rivojining yuqori darajasidir. Shu sababli Aristotel bolalarni tarbiyalashda tabiiylik,
tabiat bilan o’zaro uyg’unlik, jismoniy kamolot, axloqiy etuklik va aqliy
salohiyatni, qolaversa, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligini
uqtiradi.
Xalqning hafta davomiyligini etti kunga bo’lishiga tayangan holda oila tarbiyasi
davrini yigirma bir yil deb belgilaydi. Bu davrni quyidagi uch bosqichga ajratadi:
1-bosqich – tug’ilgandan boshlab etti yoshgacha;
2-bosqich – etti yoshdan o’n to’rt yoshgacha;
3-bosqich – o’n to’rt yoshdan yigirma bir yoshgacha.
E’tiborli jihati shundaki, alloma oila tarbiyasini tashkil etishda har bir yosh
bosqichi negizida tarbiya maqsadini aniq belgilashni, mazmunini shakllantirishni
hamda metodlarni tanlash oqiolna yondashuv ekanligini qayd etadi.
Aristotel birinchi bosqichda bolalarning tarbiyasida oila muhim o’rin
egallashiga alohida e’tibor qaratadi. Shaxs hayoti davomida nimalarni o’rganishi
zarur bo’lsa, go’dakligidan boshlab o’shalarni o’rgatish kerakligi to’g’risidagi
g’oya allomaning oila tarbiyasiga doir qarashlari asosini belgilab beradi.
Allomaning fikricha, bolalarning axloqiy tarbiyasi axloqiy mazmundagi xatti-
harakatlarni mashq qilish (harakatlarni tez-tez ixtiyoriy takrorlash)ga asoslanadi.
Bolalarning axloqiy tarbiyasida asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida
ekanligini ta’kidlar ekan, Aristotel ularning o’zlari ham axloq borasida
farzandlarga o’rnak, ibrat bo’lishga chaqiradi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin