Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə22/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

 
ChET ELLARDA OILA PEDAGOGIKASI
FANINING RIVOJLANISh TARIXI 
Reja: 
1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari.
2. Evropa Uyg’onish davri mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasi
masalalarining yoritilishi.
3. Ma’rifatparvarlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi.
4. Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari.
Tayanch tushunchalar: qadimgi Yunoniston, qadimgi Rim, Evropa Uyg’onish
davri, ma’rifatparvar mutafakkirlar, rus pedagoglari, oila tarbiyasini tashkil etishga
tarixiy yondashuv.  
Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari. Oila
va oilaviy munosabatlar masalalari juda qadimdan o’rganilib kelingan. Xususan,
qadimgi Yunoniston va Rimda davlat boshqaruv tartiblarining joriy etilishi
oilaning davlat rivojidagi ahamiyatini asoslab berishni taqozo etdi. Bunday
mas’uliyatli vazifa faylasuflar – Suqrot, Arastu, Aflotun, Demokrit, Plutarx,
Kvintilian kabi olimlar har tomonlama etarli darajada hal qilib berilgan. Ularning
asarlari bilan tanishish shunday xulosaga kelish imkonini beradi. Quyida yuqorida
nomlari keltirilgan faylasuflarning asarlarida oila va oilaviy munosabatlar
masalalarining o’rni xususida so’z yuritiladi.
Suqrot (mil.av. 447-399 yy.; Afina) – qadimgi yunon mumtoz falsafasining
asoschisi, afinalik birinchi faylasuf. Ayni o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish
joiz, allomaning fikrlarigina emas, balki o’zi ham bolalarni oilada tarbiyalashda
boshqalarga shaxsan ibrat bo’la olgan. Suqrot oilada bolalarni davlat qabul qilgan
qonunlarni hurmat qilish, ularga so’zsiz amal qilishga o’rgatishni lozim, deb
hisoblaydi. Manbalarda yoritilishicha, allomani dinga qarshi chiqqanlikda ayblab,
zindonband etishganda shogirdlari uni zindondan ozod qilish va qochirib yuborish
chorasini topganlar. Biroq, faylasuf “Afina qonunlarini tanqid qilib, ularni etuk
emas deb bilsam-da, bu qonunlarni afinaliklar qabul qilgan ekan, ularga
bo’ysunmaslikka haqqim yo’q. Yoshim bir joyga borganida ularni buzib,
avlodlarning tavqi-la’natiga qolmay” deb zindondan qochib ketmagan. Qolaversa,
o’ziga chiqarilgan hukmga e’tiroz bildirmay, o’limini ixtiyoriy tan olib, bir qadah
zahar ichgan.
Faylasuf o’z ta’limotini og’zaki ravishda ko’cha-ko’y, maydon va hiyobonlarda
shogirdlari bilan tashkil etilgan suhbatlar asosida bayon qilganligi sababli uning
birorta ham yozma asari mavjud emas.
Suqrotning oila tarbiyasi borasidagi qarashlari uning shogirdlari – Ksenofont,
Aristofan va Aflotunlarning asarlari orqali bugungi kunga qadar etib kelgan.
Xususan, Ksenofont “Suqrot haqida esdaliklar” asarida o’z ustozi haqida so’z
yuritib, uni oliyjanob ustoz, axloq-odob borasida tengsiz inson, chin insoniy

25
fazilatlarni qadrlovchi shaxs sifatida ulug’lagan bo’lsa, Aflotun ham o’z ustozini


chuqur mulohazali, insonni ulug’lovchi donishmand siymosida gavdalantirgan.
Aflotinning o’z ustozi borasidagi mulohazalari uning “Suqrot” nomli asarida o’z
ifodasini topgan.
Suqrot ta’limotiga ko’ra jamiyatning taraqqiyoti tinchlik, osoyishtalik,
farovonligi esa fuqarolarning yuksak axloq, odobga ega bo’lishi bilan belgilanadi.
Shaxsning yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlari oila muhitida shakllanadi. Alloma
fuqarolarni oila muhitida bolalarni bilimli qilib tarbiyalashga da’vat etgan. Uning
“Kuch – bilimda”, “Men faqat hech narsani bilmasligimni bilaman”
19
, “Qancha
ko’p bilsam, shuncha ko’p bilmasligimni bildim”, “O’z-o’zingni anglagin va
bilgin”, “Kim o’zini yaxshi bilsa, uning uchun nima foydali ekanligini biladi va
o’zining nimaga qodirligini-yu, nimani uddalay olmasligini tushunadi”
20
kabi
g’oyalari faylasuf ta’limotining markazida turuvchi komil inson qiyofasini yoritishga
xizmat qiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin