Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə24/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Aflotun (Pluton; mil.av. 427-347 yy., Afina) – faylasuf, san’atkor, shoir,
dramaturg. Attika qiroli sulolasiga tegishli Kodra oilasida tug’ilgan. Onasi
Periktiona ham o’z davrining taniqli olimlari Salon va hukmdor Kritiylar
sulolasidan bo’lgan. Alloma suhbatlar shaklidagi badiiy-falsafiy asarlarni yozib
qoldirgan. Uning ma’rifiy-axloqiy qarashlari “Siyosat”, “Davlat”, “Qonunlar”
asarlarida aks etgan. Faylasufning pedagogik va axloqiy qarashlari siyosiy
ta’limoti bilan uzviy bog’liq. Aflotun tomonidan “ideal davlat” nazariyasi
asoslangan. Ushbu nazariyaga ko’ra jamiyat quyidagi uch tabaqaga ajratiladi:
1) davlat arboblari – faylasuflar;
2) soqchilar (harbiylar);
3) dehqonlar va hunarmand.
Oilalarda ana shu uch tabaqa vakillari shakllantirilishi lozimligi alloma asarning
negizini tashkil etadi.
Allomaning fikricha, tarbiyaning mazmuni kattalar ta’sirida bolalarda axloqiylik
va oliyjanoblikni shakllantirish g’oyasini ifodalaydi. U bolalarni tarbiyalashda ichki
asos – hissiyotning shakllantirilishiga e’tibor berish muhimligini ta’kidlaydi.
Aflotun tarbiyaning eng samarasi vositasi sifatida o’yinni e’tirof etadi. Bundan
tashqari bolalarga adabiy asarlarni o’qib berish, hikoya qilish katta ahamiyatga
egaligini e’tirof etadi. Materiallarni sinchiklab tanlash badiiy asarlarning bolalar
tarbiyasiga ko’rsatadigan ta’sirini yanada kuchaytiradi, deb hisoblaydi alloma.
Faylasufning barcha ma’naviy-axloqiy va siyosiy qarashlari oilada bolalarni

27
yoshligidanoq ijtimoiy nuqtai nazardan tarbiyalash zarurligini yoritishga xizmat


qiladi.
Demokrit (mil.av. 460-370 yy.) – qadimgi yunon faylasufi, atom
nazariyasining asoschisi. U o’z asarlarida oilada bola tarbiyasiga boshqa yunon
mutafakkirlari singari katta ahamiyat qaratadi.
Alloma “tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi” g’oyasini ilgari surish orqali
tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib kun tartibiga olib
chiqadi. “Ta’lim mehnat asosidagina go’zal narsalarni hosil qiladi” mazmunidagi
qarashlar esa Demokritning tarbiyada mehnatning roli katta ekanligiga e’tibor
qaratganligini tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan oila tarbiyasida ham mehnatning
tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish foydadan holi emasligini uqtiradi. Alloma
shaxsdan doimo mehnat bilan band bo’lishni talab qildi. Zero, faylasufning
uqtirishicha, shaxs mehnat qilishga odatlanib borgan sari o’zida o’zgacha zavqni
tuyadi. Bu borada ota-onalarning farzandlariga o’rnak bo’lishlari shart.
Demokrit bolalarni ularning yoshligidanoq gigienik maqsadlarga erishish uchun
ayrim mashqlarni bajarishga o’rgatish, ularning nozik, zaif tanalarini chiniqtirish
zarurligini aytadi. Uning fikricha, bolalarga qattiq yig’lash va qichqirishlariga
halaqit qilmaslik lozim. Zero, bu holatlar ular uchun o’ziga xos gimnastika
hisoblanadi. Bir qadar katta yoshdagilar uchun esa bolalar o’yinlari nihoyatda
muhim ahamiyatga ega
21
.
Ulug’ mutafakkir “insondan inson, hayvondan hayvon tug’iladi, shunga ko’ra
yaxshi ota-onadan faqat yaxshi farzandlar tug’ilishi lozim. Tabiat ana shunga
harakat qiladi, biroq, bunga hamisha ham erishilavermaydi”
22
, – deb ta’kidlaydi.
Ota-onalarga bolalarda yaxshi xulq-atvorni hosil qilishda mashq metodidan
ko’proq foydalanishni uqtiradi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin