Ma’rifatparvarlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi.
XVI asrdan boshlab o’zida mualliflarning hayotiy tajribalari asosida Evropada
bevosita ta’lim hamda bolalarni to’g’ri tarbiyalash masalalarini yoritgan asarlar
yaratila boshlandi. Ularning mualliflari “ma’rifatparvarlar” deb nomlandi. O’rta asr
ma’rifatparvarlari orasida chex pedagogi, “Didaktika” fanining asoschisi Yan
Amos Komenskiy (1592-1670 yy.) alohida o’rin tutadi. 1627 yilda pedagogik
faoliyatini boshlagan Ya.A.Komenskiy 1632 yilda “Chex didaktikasi” asarini
yaratdi. 1633-1638 yillarda esa ushbu asarni qayta ishlab, lotin tiliga tarjima qildi
va uni “Buyuk didaktika” deb nomladi. Mazkur asar ma’rifatparvarning mumtoz
asari hisoblanadi.
Asarda har bir inson hayoti uchun muhim masalalar xususida so’z yuritilgan.
Pedagogning keyingi faoliyatida ushbu masalalar yanada rivojlantirilib, ular
negizida qator darslik va qo’llanmalar yaratildi. “Tillar va hamma fanlarning ochiq
eshigi” (1631 y.), “Fizika” (1633 y.), “Astronomiya” (1632 y.), “Onalar maktabi”
(1632 y.) va b. asarlar shular jumlasidandir.
Ya.Komenskiyning shaxs ta’limi va tarbiyasini tashkil etishdagi buyuk xizmati
oila va maktab tarbiyasini o’zaro uyg’unlashtirish muammosining ilmiy jihatdan
asoslab berganligi bilan belgilanadi. Ya.A.Komenskiy yashagan davrga qadar
bolalar tarbiyasi, asosan, ikki muhit – maktab va oilada amalga oshirilar edi.
Buyuk pedagog oilaning tarbiyaviy imkoniyatini, ota-onalarning tarbiyachi
sifatidagi maqomiga daxl qilmagan holda yosh avlodni maktabda o’qitish va
tarbiyalashning afzalligini asoslashga urindi. O’z yondashuvining to’g’riligini
Ya.A.Komenskiy “Buyuk didaktika” asarining VIII bobida shunday izohlaydi:
“Ota-onalar va ularning kasbi turlicha bo’lganligi sababli o’z bolasini tarbiyalash
qo’lidan keladigan yoki ishdan so’ng etarlicha vaqt ajratib, bola tarbiyasi bilan
shug’ullanadiganlar juda kam topiladi. Shuning uchun ham necha asrlardan buyon
ko’pchilik oilalar o’z bolalarini bilimli, og’ir tabiatli maxsus kishilarga berib
o’qitib kelmoqdalar. Yoshlarni tarbiyalovchi bunday kishilar, odatda, ustoz,
tarbiyachi, muallim, professor deb atab kelinadi, bolalarni to’plab birga mashg’ulot
o’tkazadigan joyni esa maktab, o’quv yurti, auditoriya, kollegiya, gimnaziya,
akademiya va h.k. deb ataladi”
26
.
“Buyuk didaktika” asarining IX bobida o’g’il bolalar bilan bir qatorda qiz
bolalarni ham o’qitish zarurligi asoslab berilgan: “Maktablarda faqat boylar va
aslzodalarning bolalarinigina emas, balki umuman hammani: barcha shahar va
qishloqlardagi aslzodalar va oddiy xalqni, boylar va kambag’allarni, o’g’il va qiz
bolalarni ham o’qitish zarur”.
Qizlarni ham maktablarda o’qitish zarurmi, degan savolga Ya.A.Komenskiy
shunday javob beradi: “Xotin-qizlar erkaklar singari, ko’p holatlarda esa
26
Коменский Я.А. Буюк дидактика. Изб.пед.соч. В.2 том. 1982. Т 1. – с 384.
31
erkaklardan ham ko’ra o’tkir aql-idrokka ega, erkaklar qatori eng yuqori
lavozimlarni bajarib kelmoqda.
Buyuk pedagog shaxsning rivojlanish bosqichlarini quyidagi to’rt davrga
bo’ladi:
1) go’daklik;
2) bolalik;
3) o’smirlik;
4) etuklik
27
.
Har bir davr olti yilni o’z ichiga oladi. Har bir yosh davriga mos keladigan
maktab mavjud bo’lishi kerak. Xususan, go’daklik davri uchun – ona maktabi,
bolalik davri uchun – boshlang’ich maktab (ona tili maktabi), o’smirlik davri
uchun – lotin maktabi yoki gimnaziya, etuklik davri uchun akademiyaning bo’lishi
maqsadga mvofiqdir.
Ya.Komenskiyning fikricha, har bir oila, har bir xonadon “ona maktabi”
hisoblanadi, zero, tarbiya dastlab oilada beriladi. “Ona tili maktabi” esa har bir
jamoada, har bir qishloqda, gimnaziya – har bir shaharda, akademiya har bir davlat
yoki viloyatda bo’lishi zarur.
Buyuk pedagog qanday qilib bolada o’qishga ishtiyoq uyg’otish mumkin, degan
savolga quyidagicha javob beradi: “Bolalarda o’qishga nisbatan ishtiyoqni
uyg’otish va uni saqlab qolish ota-onalar, maktab, o’quv fanlari, o’qitish metodi va
maktab boshliqlariga bog’liq... Agar ota-onalar bolalarning ko’z oldida donolik va
donishmandlar to’g’risida yaxshi gaplar aytishsa, yaxshi kitob, chiroyli kiyim yoki
boshqa yaxshiroq narsalar olib berishni va’da qilib, bolaning g’ayratini oshirsa,
ayniqsa, bolani o’qitishi lozim bo’lgan muallimning bilimdonligi va
xushmuomalaligini maqtashsa (axir, sevish va qoyil qolish taqlid qilishning eng
samarali vositasi hisoblanadi); nihoyat boladan ba’zan muallimga biror topshiriq
yoki kichik sovg’a bilan yuborib turishsa va h.k. bolalar fanni ham, ota-onani ham
astoydil sevib qoladilar”.
Umuman olganda, Ya.A.Komenskiy bolalarga ta’lim va tarbiya berishni ilmiy
jihatdan birinchi bor asoslab berar ekan, bu jarayonda oilaning, ota-onaning rolini
asosli ravishda ko’rsatib bera oldi.
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida G’arbiy Evropada absolyutizm va
feodal tartiblar tanqid qilinib, ilm-fan va maorif keng targ’ib qilindi. Ijtimoiy fikr
borasidagi
bu yo’nalish “ma’rifat” deb atalib, uning vakillari tarixga
“ma’rifatparvarlar” nomi bilan kirdilar. Ma’rifatparvarlar eski tartiblarni bekor
qilishga, yangi ilg’or tartiblarni joriy qilishga qaratilgan g’oyalarni ilgari surdilar.
Ana shunday ma’rifatparvarlardan biri ingliz faylasufi Jonn Lokk (1632-1704
yy.) sanaladi. Jonn Lokk o’zining pedagogik qarashlarini “Tarbiya haqida ayrim
fikrlar” (1963 y.) asarida bayon etgan.
Jonn Lokk o’z pedagogik qarashlarida bolalarni ham oilada, ham maktabda
tarbiyalash zarurligiga e’tibor qaratadi. Uning fikricha, bolada axloqiy sifatlarni
oila muhitida hosil qilish samarali bo’lsa, maktab bilim, ko’nikma va malakalarni
hosil qiladi.
27
Коменский Я.А. Буюк дидактика. Изб.пед.соч. В.2 том. 1982. Т 1. – с 384.
32
Ma’rifatparvar oilada bolalarni tarbiyasini yo’lga qo’yishda jismoniy tarbiyaga
katta ahamiyat berdi. “Salomatlik bizga kasbiy faoliyatimiz muvaffaqqiyati uchun
zarur”, – deb ta’kidlash bilan birga o’sha davr uchun o’ta mukammal bo’lgan
tizimni taklif etdi. U bolalarni yoshlikdanoq charchoq, qiyinchilik, g’am-g’ussani
oson engib o’tishga tayyorlab borishni muhim deb hisobladi. Jonn Lokk bola
hayotida qat’iy belgilangan tartibning ahamiyatini yuqori baholaydi. Shu bilan
birga pedagog ota-onalarga turli yoshdagi bolalarni kiyintirish, ovqatlantirish
yuzasidan maslahatlar beradi. Pedagog bolani erkalatib o’stirishni zararli deb
hisoblaydi va bunday yondashuvga qarshi turdi.
Uning fikricha, bolalarni oila muhitida tarbiyalashda eng muhim shart ularda
ijobiy odatlarni tarkib toptirishdir: “Agar siz ularni nimagadir o’rgatish muhim,
deb hisoblasangiz, buni amaliyot vositasida hodisalarni hosil qilish yo’li bilan
tarkib toptiring! Odatlarni tarbiyalash ilk bolalikdanoq boshlanishi zarur”.
Bundan tashqari, Jonn Lokk tarbiyada ijobiy natijalarga erishish uchun ota-
onalar bolaning individual xususiyatlarini o’rganishlari, ularning qiziqishlaridan etarli darajada
xabardor bo’lishlari kerakligini alohida ta’kidlaydi.
Evropada ma’rifat g’oyalarining targ’ib etilishida frantsuz mutafakkiri,
gumanist va demokrat Jon-Jak Russo (1712-1778 yy.) ham o’ziga xos o’rin
egallagan. Uning erkin tarbiya borasidagi g’oyalari 1762 yilda nashr etilgan “Emil
yoki tarbiya haqida” asarida o’z aksini topgan. U ham boshqa ma’rifatparvarlar
singari oilada bolani tarbiyalashda yosh va individual xususiyatlarni hisobga
olishni, bolani har tomonlama chuqur o’rganishni talab qildi.
Jonn Jak Russoning fikricha, bola tabiati etuklikni aks ettira olishi, uning o’zida
tabiiylikni namoyon eta olishi uchun g’amxo’rlik qilish zarur. Ota-ona yoki
tarbiyachi o’z qarashlari, e’tiqodlari yoki tayyor axloqiy qoidalarni bolaning
ongiga singdirishi kerak emas, balki unda tabiat tomonidan inom etilgan
xususiyatlarning tobora rivojlanib, boyib borishi uchun imkoniyat yaratib berishi
lozim. Tabiiy tarbiya – erkin tarbiyadir.
Ko’pchilik ma’rifatparvarlar singari Jonn Jak Russo ham shaxsning rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etuvchi quyidagi to’rt davrni ajratib ko’rsatadi:
1-bosqich – tug’ilgandan ikki yoshgacha, to nutq hosil bo’lgungacha bo’lgan
davr. Bu davrda bolaning jismoniy tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim.
2-bosqich – ikki yoshdan o’n ikki yoshgacha bo’lgan davr. Jonn Jak Russo bu
davrni obrazli tarzda “bolaning aqlga ega bo’lish davri” deb ataydi.
3-bosqich – o’n ikki yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan davr. Bu yoshda asosiy
e’tiborni bolalarning aqliy jihatdan rivojlanishiga va ular tomonidan mehnat
ko’nikmalarining o’zlashtirilishiga qaratish zarur.
4-bosqich – 14 yoshdan balog’atga etgungacha bo’lgan davr. Jonn Jak
Russoning iborasi bilan aytganda, bu bosqich “shiddat va tug’yon davri” sanaladi.
Jonn Jak Russo o’zining “Emil yoki tarbiya haqida” asarida qizlar tarbiyasiga
ham alohida to’xtalib o’tadi. Jonn Jak Russoning fikricha, ona bo’lish uchun qizlar
ro’zg’orni yurita olishlari, oilada saranjom-sarishtalikka erishishlari, kiyinish,
yurish-turish va muomalada turmush o’rtog’iga yoqa olishlari kerak. Qizlarning
tarbiyasida o’g’il bolalarning tarbiyasida qo’llaniladigan farq usullardan
foydalanishga e’tibor qaratish lozim. Oila muhitida qizlarni tarbiyalashda ularda
33
itoatkorlikni, garchi ularga yoqmasa-da, biroq, shaxsiy faoliyatni tashkil etishda
boshqalarning nuqtai nazarlarini inobatga olish ko’nikmasini tarbiyalash kerak.
Ma’rifatparvarning fikricha, ayol go’zal, latofatli bo’lishi, sog’lom, ruhan tetik,
jismonan baquvvat bolalarni dunyoga keltira olishi uchun jismoniy mashqlarni
bajarishi, jismoniy mehnat bilan shug’ullanishi zarur. Qizlarning voyaga
etishlarida jiddiy aqliy mashg’ulotlar ular uchun ahamiyat kasb etmaydi. Jonn Jak
Russoning qizlar tarbiyasiga oid qarashlarida ayollarning mustaqilligi, erkinligiga
nisbatan konservativ yondashuvi inobatga olinmasa, boshqa barcha fikrlari amaliy
xarakterga ega.
Evropa ma’rifatparvarlari orasida Iogann Genrix Pestalotstsi (1746-1827
yy.)ning nomi alohida qayd etiladi. Zero, shveytsariyalik bu pedagog-demokrat
o’zining butun hayotini xalq bolalarini tarbiyalash va o’qitish ishiga bag’ishlagan.
Uning “Lingard va Gertruda” (1781-1787 yy.), “Gertruda o’z bolalarini qanday
qilib o’qitadi”, “Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va
gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma” kabi asarlarida oilaning bola
tarbiyasidagi o’rni, onaning bu boradagi namunasi bayon etilgan.
Iogann Genrix Pestalotstsining fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha
tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirish, o’stirganda ham bir-biriga uyg’un
ravishda o’stirishdir. Tarbiyaviy omilning bolaga ko’rsatayotgan ta’siri uning
tabiatiga uyg’un bo’lishi lozim.
Pedagog tarbiyaning mohiyati to’g’risidagi o’z tasavvurlariga asoslangan holda
tarbiyaning yangi, ya’ni, shaxsning tabiatiga muvofiq holda uning kuchi,
imkoniyatlarini rivojlantirib borishga yordam beruvchi metodlarni yaratishga
intiladi. Iogann Genrix Pestalotstsi ham boshqa pedagoglar kabi bolani
tarbiyalashni uning tug’ilgan kunidanoq boshlash lozimligini uqtirib o’tadi: “Bola
tug’ilgan soat unga ta’lim berishning birinchi soatidir”. Shu sababli pedagog
chinakam pedagogika onani to’g’ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi
lozim, deb hisoblaydi. Pedagogika san’ati esa tarbiya metodikasini har bir ona, shu
jumladan, oddiy dehqon ayoli ham egallab oladigan darajada soddalashtirib bera
olishi lozim. Tabiatga muvofiq tarbiya oilada boshlanib, maktabda davom
ettirilishi kerak.
Iogann Genrix Pestalotstsi tarbiyaning asosiy vazifasini kelgusida ijtimoiy
jihatdan foyda keltira oladigan hamda har jihatdan uyg’un kamol topgan insonni
tarbiyalab voyaga etkazishdir, deb hisobladi. Bolalar boshqalarga foyda
keltiradigan ishlarga jalb etilib, bu borada izchil mashq qildirish yo’li bilan axloqiy
jihatdan kamolotga etkaziladi. Pedagogning fikricha, organizmning tabiiy
ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug’iladigan mehr-muhabbat
axloqiy tarbiyaning eng oddiy ko’rinishi (elementi)dir. Bolaning axloqiy etuk
bo’lishi uchun oila muhitida asos solinadi. Bolaning o’z onasiga bo’lgan
muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga nisbatan ham namoyon bo’la
boshlaydi.
Qisqa qilib aytganda, Iogann Genrix Pestalotstsi oilada shaxsning barcha tabiiy
kuchi va qobiliyatlarini uyg’un qilib o’stirishni tarbiyaning asosiy vazifasi deb
hisoblaydi. Pedagogning bolani jismoniy, axloqiy va aqliy jihatdan etuk qilib
tarbiyalashga oid fikrlari bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.
34
Polyak pedagogi, bolalar yozuvchisi bo’lgan Yanush Korchak (taxallusi;
haqiqiy ismi va familiyasi – Genrix Goldshmit; 1879-1942 yy.) tibbiy ma’lumotga
egaligi sababli dastlab Varshava shahrida bolalar shifokori sifatida faoliyat
ko’rsatgan. So’ngra bolalar koloniyalarida tarbiyachi lavozimida ishlagan. 1911
yilda Varashavadagi “Bolalar uyi” direktori lavozimiga tayinlandi. Ya.Korchak
o’zining tarbiyaviy kontseptsiyasini II Jahon urushi vaqtida frontda “Bolalarni
qanday sevmoq kerak?” (“Kak lyubit detey?”) nomli asarida bayon etdi. XX
asrning 20-30-yillarida tarbiya masalalarini o’zida qamrab olgan maqolalar hamda
bolalar uchun badiiy asarlar yaratdi. Uning eng mashhur asarlari – “Qirol Matiush
II” (“Korol Matiush II”; 1923 y.), “Qachon men qaytadan bolaga aylanaman?”
(“Kogda ya snova stanu malenkim?”; 1925 y.), “Qaysar bola. L.Pasterning hayoti”
(“Upryamo’y malchik. Jizn L.Pastera”; 1938 y.) kabilar sanaladi.
Ya.Korchak tomonidan ilgari surilgan pedagogik kontseptsiyaning asosini har
bir bola shaxs sifatida qadr-qimmatga ega g’oyasi tashkil etadi. Tarbiyaning
maqsadi esa – har bir bolaning qobiliyatini erkin, to’laqonli rivojlantirish, uning
shaxsini ezgulik, go’zallik, erkinlik g’oyalari asosida shakllantirish. Tarbiyaning
zarur sharti sifatida Ya.Korchak oilada samimiylik, o’zaro ishonchga asoslangan
sog’lom muhitni yaratish, bolani turli zo’ravonliklardan himoya qilish deb
hisoblaydi. Pedagogning tarbiyaviy tizimlari negizini bolaning o’z-o’zini anglashi,
baholashi, nazorat qilishi va o’z-o’zini takomillashtirishiga imkon beradigan iroda
va uni shakllantirish tashkil etdi. Tarbiyachi, qolaversa, “Bolalar uyi”ning rahbari
sifatida Ya.Korchak o’z faoliyati va asarlarida demokratik g’oyalar hamda o’z-
o’zini boshqarishga asoslangan bolalar jamoasini shakllantirishga asosiy e’tiborni
qaratadi.
Dostları ilə paylaş: |