Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari. Mashhur rus
yozuvchilari – A.I.Gertsen, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va N.A.Dobrolyubovlar
taraqqiyotparvar shaxslar sifatida jamiyat hayotiga daxldor, xususan, oila tarbiyasi
samaradorligini oshirishga doir ilg’or fikrlarni ilgari surishgan. Boshqa
ma’rifatparvarlarning pedagogik yondashuvlaridan farqli ular oila tarbiyasining
imkoniyatlarini yanada keng, alohida ajratib ko’rsatishga uringanlar.
Aleksandr Ivanovich Gertsen (1812-1870 yy.) o’z davrida birinchilardan bo’lib,
dvoryan oilalarida bolalarni o’qitish va tarbiyalashga yo’naltirilgan harakatlarning
tashkil etilishini keskin tanqid qildi. Adib dvoryan oilalarida yo’lga qo’yilayotgan
tarbiyani “qullik va mustabidlik maktabi” deb nomladi. Obrazli ravishda bunday
oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarni zamonaviy liboslar osib qo’yilgan garderobga
qiyosladi. A.I.Gertsinning fikricha, dvoryan oilalaridagi tarbiyachilar “bolalarning
qotillari” bo’lib, ular bolalarni aqliy va axloqiy jihatdan nopob qilib o’stiradilar,
xolos.
Adib oila tarbiyasini “muhim ahamiyatga ega ijtimoiy ish”, deb baholaydi. Shu
sababli ota-onalar bolalarni tarbiyalash borasida jamiyat oldida majbur, burchli
ekanliklarini qayta-qayta uqtiradi.
A.Gertsen ayollarning erkaklar bilan ijtimoiy tengligining tarafdori edi. U
ayollarning faoliyati faqat bolani tarbiyalash bilan chegaralanmasligi ta’kidlaydi:
“Ayollarning oilaviy vazifasi har qanday holatda ham uning ijtimoiy roliga ta’sir
35
etmaydi. Dunyo erkaklar singari ayollar uchun ham birdek ochiq”. Adibning qayd
etishicha, ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki uning tarbiyaviy rolini
kuchaytirishgagina xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ayollar to’laqonli ta’lim
olishlari kerak, degan g’oyani yoqlab chiqqan.
Otaning bola tarbiyasidagi roli nihoyatda mas’uliyatli, bolalarning taqdiri otaga
bog’liq ekanligini uqtirgan A.Gertsen o’z bolalarining tarbiyasiga jiddiy e’tibor
qaratdi: “Agar bolalar yomon yo’lga kirib ketishsa, bu mening aybim bo’ladi”.
Adib farzandlarining tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratdi, ular uchun tarbiyachilarni
o’zi tanladi, doimiy ravishda ularning faoliyatini kuzatib bordi va yo’l qo’ygan
xatolarni to’g’rilashga harakat qildi.
A. Gertsen asosiy e’tiborni tarbiyaning g’oyaviy mohiyatiga qaratib, barcha
imkoniyatidan foydalangan holda farzandlarining vatanparvar, insonparvar,
o’zgalarga g’amxo’r, mehribon, shaxsiy orzu-umidlarga nisbatan esa sadoqatli
bo’lib voyaga etishlari uchun harakat qildi.
Adib har bir oilaning muayyan qadriyatlarga ega bo’lishi muhimligini, buning
uchun ota-ona va farzandlar, oilaning barcha a’zolari o’rtasida o’zaro hurmat,
mehr-muhabbatni shakllantirish zarurligini qayd etgan. Bolalar yoshligidanoq bir-
birlariga, oilaning barcha a’zolariga nisbatan muhabbatlarini namoyon eta olish,
yaqin kishilar haqida g’amxo’rlik qilishlari kerak.
A.I.Gertsenning bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini, ongli xulq-atvorni
shakllantirish oilaning asosiy vazifasi ekanligi borasidagi fikrlari bugungi kun
uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.
Rus pedagoglari orasida Konstantin Dmitriy Ushinskiy (1824-1870 yy.)
munosib o’rin tutadi. Pedagogik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan qo’shib olib
borgan K.D.Ushinskiy “Bolalar dunyosi” (“Detskiy mir”), “Muallimlar uchun
qo’llanma” (“Posobie dlya uchiteley”), “Shaxs – tarbiya predmeti sifatida”
(“Pedagogik antropologiyadan tajriba”) kabi asarlarida oila va uning bola
tarbiyasidagi o’rni masalasi batafsil yoritilgan.
K.Ushinskiy maktabgacha ta’lim va tarbiyaning tabiiy vositasi – oila deb
hisobladi. Binobarin, oilada bolalar borliq haqidagi dastlabki tushunchalarga ega
bo’ladi, eng oddiy bilim va ko’nikmalarni egallaydi, odatlarni o’zlashtiradi, o’z
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bola shaxsining rivojlanishida ota-ona va
tarbiyachilar asosiy rolni o’ynaydi, ularning hayoti, faoliyati, xulq-atvori,
muomalasi bolalar uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Mas’uliyatli fuqarolik
burchlarini bajarish uchun ota-onalar bolalarga nisbatan g’amxo’rliklarini ijtimoiy
ahamiyatli talablar bilan uyg’unlashtira olishga erishishlari lozim. Buning uchun
ota-onalar pedagogik bilimlarga ega bo’lishlari, pedagogik adabiyotlar bilan
tanishib borishlari, tarbiyaviy ish uslubini, tarbiyachilarni to’g’ri tanlay bilishlari,
farzandlarining kelgusi hayot yo’lini aniqlashga ongli yondasha olishlari lozim.
Rus yozuvchisi Natalya Grigorvna Dolinina (1928-1979 yy.) ham o’z
ocherklarida oila sharoitida bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalarini keng yoritdi.
Adibaning pedagogik g’oyalarni o’zida aks ettirgan asarlari sirasida quyidagilarni
sanab o’tish mumkin: “Mening o’quvchilarim va ularning ota-onalari” (“Moi
ucheniki i ix roditeli”; 1959 y.), “Non qancha turadi?” (“Skolko stoit xleb?”; 1963
y.), “Kattalar yoki bolalar?” (“Vzroslo’e ili deti?”; 1965 y.), “Qadrli ota-onalar”
36
(“Dorogie roditeli”; 1975 y.), “Oneginni birgalikda o’qiymiz” (“Prochitaem
“Onegina” vmeste”; 1968 y.), “Pechorin va bizning davr” (“Pechorin i nashe
vremya”; 1970 y.) kabi ocherklar, “Biz Seryoja bilan egizakmiz” (“Mo’ s Serejkoy
bliznetso’”; 1962 y.), “Turli odamlar” (“Razno’e lyudi”; 1976 y.) kabi qissalar;
“Ota” (“Otets”; 1974 y.) nomli avtobiografik qissa.
Xulosa qilib aytganda, oila tarbiyasi va uni samarali tashkil etish masalasi
xorijiy mamlakatlarida barcha davrlar uchun muhim ijtimoiy muammolardan biri
sifatida e’tirof etib kelingan. Har bir davr va makonda ham jamiyatning ilg’or
kishilari – mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va pedagoglar bolalarni oila sharoitida
tarbiyalash, bu borada yuqori samaraga erishish masalalarini tadqiq etishga jiddiy
e’tibor qaratganlar. Ular tomonidan yaratilgan aksariyat asarlarda oila tarbiyasining
samarali tashkil etilishi ijtimoiy taraqqiyotni kafolatlashi, shu sababli bolalar
tarbiyasini tashkil etishda ota-onalarning mas’ul ekanliklari bayon etilgan. Ota-
onalar tomonidan bolalarning etuk shaxs sifatida tarbiyalashga erishilishida
ularning pedagog bilimlarga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin,
ular pedagogik bilimlarni o’zlashtirish orqali bolalarni oila muhitida etuk shaxs
qilib tarbiyalashga imkon beradigan samarali metod va vositalardan xabardor
bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: |