Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 1. Qur’oni karim va payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarida bayon
etilgan nikoh, oila qurish, oilaviy munosabatlar, farzandlar tarbiyasiga
qarashlarning quyidagi jadval asosida jamlanishi ularning mohiyatini chuqurroq
anglash imkonini beradi:
№
Nikoh, oila qurish, oilaviy munosabatlar, farzandlar tarbiyasiga qarashlar Qur’oni karimda ifodalangan qarashlar
Hadisi sharifda ifodalangan qarashlar
1.
2.
51
3.
...
2. Turk olimi Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” asarida keltirilgan
onaning o’z qiziga aytgan 10 ta nasihati asosida tayyorlanadigan kichik
tavsiyanomada asosiy g’oyalarning tayanch tushuncha yoki iboralar yordamida
ifodalanishiga e’tibor qaratish zarur. Kichik tavsiyanomani tayyorlashda quyidagi
namunadan foydalanish mumkin:
OILANING HUQUQIY ASOSLARI. OTA-ONALAR VA FARZANDLARNING HUQUQ HAMDA BURCh (MAJBURIYaT)LARI Reja: 1. Oilaning ijtimoiy va huquqiy asoslari.
2. Ota-onalarning huquq va burch (majburiyat)lari.
3. Farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari.
Tayanch tushunchalar: O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
O’zbekiston Respublikasining “Oila Kodeksi”, oila, oilaning huquqiy asoslari, ota-
onalarning huquqlari, ota-onalarning burch (majburiyat)lari, farzandlarning
huquqlari, farzandlarning burch (majburiyat)lari.