Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rin egallaydi. Allomaning “Tadbiri al-



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə34/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rin egallaydi. Allomaning “Tadbiri al-
manozil” nomli asarining alohida bobi oila tarbiyasini samarali tashkil etish
masalalariga bag’ishlangan. Mutafakkir o’zining tibbiyotga oid bilim va hayotiy
tajribalariga asoslangan holda “Tadbiri al-manozil” asarida “Alla” qo’shig’ining
bolani ruhiy va jismoniy kamolotga etishida muhim ahamiyatga ega omillardan biri
sifatida e’tirof etadi. Abu Ali ibn Sino “Alla” qo’shig’i ikki muhim vazifaning hal
qilinishini ta’minlaydi. Birinchisidan, bolani tebratish unga jismoniy orom
bag’ishlaydi; ikkinchisidan, beshikning bir maromda tebranishidan onaning mehri
jo’sh uradi, farzandiga bo’lgan muhabbatdan onaning yuragida orzu, umidlar
uyg’onadi. Sehrli, jozibali qo’shiq bolasi uchun qasida kabi yangraydi va
farzandining murg’ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada u hali anglamagan

46
holat paydo bo’ladi, asta-sekin borliqni anglay boshlaydi. Borliqning bu tarzda


dastlabki anglanishi o’rganishning ilk bosqichidir. Bu bosqichda o’rganish asosida
bola shaxsi shakllanib boradi. Alloma o’rganishning sezgiga asoslanini ilmiy
jihatdan asoslab beradi. Qolaversa, Abu Ali Ibn Sinoning yosh bolaning sezgirlik
quvvati katta yoshli kishining sezgirligiga teng degan fikrni ilgari surgan.
Alloma bolani sekin-sekin tebratish va unga ohang yordamida alla aytish bola
mijozining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi:
“Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri
bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo’lgan musiqa va
allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab, bolaning tanasi bilan
badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil bo’ladi”
43
.
Ibn Sinoning yondashuviga ko’ra, bola tarbiyasida oila boshlig’i sifatida ota
alohida rol o’ynaydi: “Agar oilada oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u
oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib
chiqishi mumkin”. Bola tarbiyasi samarali yo’lga qo’yilgan oilalargina baxtli
bo’ladi. Zero, oilaning eng muhim vazifasi bolani har jihatdan to’g’ri kamolotga
etkazishdir. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar ushbu ma’suliyatli vazifani to’la-
to’kis ado etishi lozim.
“Tadbiri al-manozil” asarida farzandlarning to’g’ri kamolot topishi, kelajak
taqdirining belgilanishida ular uchun ibrat bo’ladigan ota-onalar qiyofasida aks
etishi zarur bo’lgan ijobiy fazilatlar sanab o’tiladi.
Ibn Sinoning alohida qayd etishicha, mehnat oilada bolani ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda eng muhim vosita sanaladi. Bolalarda mehnatsevarlikni xislatini
tarbiyalashda
ota-onalarning
farzandlar
tomonidan
muayyan
kasb-hunar
asoslarining o’rganilishiga e’tibor qaratishlari muhimdir. Alloma mehnat insonni
ulug’lasa, mehnat qilish ko’nikmalarini yoshlikdan o’zlashtirmaslik bolada salbiy
odatlarning rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Mutafakkir er-xotinning bir-birlariga bo’lgan munosabatlari, bir-birlarini hurmat
qilishlari bola axloqining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblaydi.
Buning uchun ota-onaning har biri oilada ma’lum vazifalarni bajarishi zarur. Xususan,
erkak kishi, asosan, oilaning ta’minotini yaratishi, ayol kishi esa oila boshlig’i topib
kelgan mablag’, moddiy ne’matlarni tejab-tergashi, uy-joylarni saranjom-
sarishtaligini ta’minlashi, farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanishi zarur.
Ibn Sino bola tarbiyasiga oid o’z fikr va mulohazalarni bildirar ekan, bola
tarbiyasini unga ism qo’yishdan boshlashni lozim topadi hamda bolalarga yaxshi ism
tanlashni ota-onaning dastlabki olijanob vazifalaridan hisoblaydi.
XI asrda yashagan mutafakkirlardan biri Yusuf Xos Hojib ham o’zining
mashhur “Qutadg’u bilig” asarida bola tarbiyasi masalasiga alohida to’xtalib
o’tgan. Xususan, ushbu asarda quyidagi g’oyalar o’z aksini topgan: “Farzand
qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo’lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug’
bo’ladi”.
Yusuf Xos Hojib ham bola tarbiyasida otaning ma’suliyati yuqori ekanligini
ta’kidlaydi: “Kimning o’g’il-qizi erka bo’lsa u ung’a shu kishining o’zi mungli
43
Ибн Сино, Абу Али. Тиб қонунлари. 1-китоб. – Тошкент: “Фан” нашриёти, 1959. – 293-бет.

47
bo’lib yig’laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo’ysa, bolada gunoh yo’q,


barcha jafo otaning o’zida; o’g’il-qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas
ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o’rgatsa, ular
ulg’aygach, o’g’il-qizim bor, deb sevinadi; o’g’il-qizga hunar va bilim o’rgatish
kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go’zal bo’lsin”.
Mutafakkir bolalar tarbiyasini o’ta murakkab jarayon deb tushunadi. Bu
jarayon beldan madorni, tanadan quvvatni, ko’zdan nurni, dildan oromni talab
qiladi. Agar insonning o’zida go’zal fazilatlar bo’lsa, ularni boshqalarga o’rgatishi
lozim. Lekin odob-axloq, odat va irodani hosil qilish uchun katta kuch va harakat
talab etiladi. Bu jarayonda ta’lim va tarbiyaning samarali tashkil etilishi muhim
ahamiyatga ega. Zero, shaxsni tarbiyalashdan maqsad uning ongiga atrofdagilarga
yaxshilik qilish, borliqqa mehr-muhabbat bilan yondashish zarurligi to’g’risidagi
tushunchalarni singdirishdan iboratdir. Ana shu maqsadga yo’naltirilgan
mas’uliyatli vazifani bajarishda esa ota-ona asosiy o’rinni egallaydi.
Sharq mutafakkirlaridan yana biri Unsurul Maoliy Kaykovus o’zining
“Qobusnoma” asarida oila, oilaviy munosabatlar hamda oilada farzandlarni
tarbiyalash masalalariga katta e’tibor qaratadi. Asarning alohida bobi “Farzand
parvarish qilmoq zikrida” deb nomlangan. Alloma ushbu bobda ota-onaning
zimmasiga yuklatiladigan vazifalarni yoritadi. Bu vazifalar quyidagilardir:
1) bolaga yaxshi ism qo’yish;
2) bolani oqil va mehribon enagaga topshirish;
3) to’y-tomosha qilib, sunnat to’y o’tkazish;
4) o’qish-yozishni o’rgatib, kasb-hunarli va ilmli qilish;
5) harbiylar ahlidan bo’lsa, sipohiylikni o’rgatish.
Kaykovusning yondashuviga ko’ra, bola tarbiyasida talabchanlik bilan
mehribonlik birga qo’shib olib borilishi lozim. Ammo bunda ota-onaning bolaga
nisbatan qahrli bo’lishi, uni bevosita o’zlari jazolashlari to’g’ri emas, chunki bu
bolada ularga nisbatan nafratni yuzaga keltiradi. Eng to’g’ri yo’l bu o’rinda
muallimlarning yordamiga tayanish, ular orqali bilvosita bolani jazolashdir: “Yosh
bola ilm bilan odobni tayoq bilan o’rganur, o’z ixtiyori bilan o’rganmas. Ammo
farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o’z qo’ling bilan
urmagil, muallimlarning tayog’i bilan qo’rqitgil! Bolalarga muallimlar adab
bersinlar, toki sendan o’g’lingni ko’nglidagina qolmasin”.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning badiiy-ilmiy merosida ham oilaviy
munosabatlar va oilada farzand tarbiyasini tashkil etish masalasi alohida o’rin
egallagan. Uning fikricha, jamiyatning taraqqiyoti, istiqboli yoshlar kamoloti bilan
bevosita bog’liq. Shu sababli bolani har jihatdan etuk, oliyjanob qilib tarbiyalash
ota-onalar oldida turgan eng muhim vazifadir. Alloma bolalarning tarbiyasida ota-
onaning o’rni beqiyos ekanligini qayd etadi. “Mahbub-ul-qulub” asarida ayolning
oiladagi, xususan, bolalarning tarbiyasidagi roli mas’uliyatli ekanligini ta’kidlaydi:
“Yaxshi xotin oilaning davlati va baxti, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi
undan, husnli bo’lsa – ko’ngil ozig’i, xushmuomala bo’lsa, jon ozig’idir. Oqila
bo’lsa, ro’zg’orda tartib-intizom bo’ladi. U beandisha bo’lsa, ko’ngil undan ozor
chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa,
uy obodligi yo’q oladi, aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi”.

48
A.Navoiy o’z asarlarida oilada o’zaro kelishmovchiliklar, ota yoki ona, oilaning


boshqa a’zolari xulqidagi illatlarning, qolaversa, ijtimoiy omillarning bola
tarbiyasiga salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Shu bilan birga alloma bola shaxsida
namoyon bo’ladigan yaxshi va yomon xulqlar, ularni kelib chiquvchi manbalarni
ko’rsatib berar ekan, bolada yomon xulq paydo bo’lishining oldi olinmasa, u holda
bora-bora illatga aylanishini alohida qayd etib o’tadi.
Mutafakkir o’zining “Mahbub-ul qulub” asarida komil insonga xos ijobiy
fazilatlar haqida so’z yuritar ekan, asosiy e’tiborni har bir shaxs, shu jumladan,
bolalarda ham ana shu ijobiy sifatlarni shakllantirishning ijtimoiy zaruriyat
ekanligini asoslab beradi. Bolalarning bilimli, oliyjanob va rostgo’y insonlar bilan
izchil muloqotda bo’lishlari ularda halollik va to’g’riso’zlik sifatlarini
tarbiyalashiga alohida urg’u berib o’tadi.
Oilaning har bir shaxs hayotidagi o’rni, oila muhitida tashkil etilayotgan
tarbiyaning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri Abdulla Avloniy
asarlaridan ham markaziy o’rin egallagan. Ma’rifatparvarning “Turkiy guliston
yoxud axloq” asari yaxlit holda komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan
ijobiy fazilatlar, shuningdek, biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanishi
mumkin bo’lgan salbiy illatlar, ular keltirib chiqaradigan oqibat xususidagi
g’oyalarni ifodalaydi.
Alloma bola tarbiyasida u yashayotgan muhit, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit,
turmush tarzi qanchalik muhim bo’lsa, sub’ektlar, xususan, ota-onaning roli
shunchalik ahamiyatli ekanlagini ko’rsatadi. Bolaning axloqi, xulq-atvoriga kuchli
ta’sir etuvchi shaxslar, eng avvalo, ota-onalar ekanligini e’tirof etgan holda ularni
farzandlar tarbiyasida mas’uliyatli bo’lishga chaqiradi.
Abdulla Avloniy o’z asarlarida Abu Ali ibn Sino kabi tana salomatligini ruhiyat
sog’lomligi bilan uzviy bog’liq ekanligiga e’tiborni qaratadi. Ma’rifatparvarning
qayd etishicha, bolada ezgu fikr, yaxshi axloq va ma’rifatga ega bo’lish uchun
dastlab badanni tarbiya qilish zarurligini aytib, bolani sog’lom qilib tarbiyalash
uchun ota-onani javobgar deb hisoblaydi.
Xulosa qilib aytganda, nikoh, oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi
masalasi o’zbek xalqi tarixidan juda qadimdan o’rganib kelingan. Zardushtiylik
dinining muqaddas manbai – “Avesto” asarida, milliy madaniy qadriyatlarimizning
muhim tarkibiy qismi bo’lgan Islom madaniyati g’oyalarini o’zida aks ettirgan
Qur’oni karimda, shuningdek, Sharq mutafakkirlarining asarlarida komil inson
shaxsi, uni voyaga etkazishda asosiy o’rinni egallovchi oila, unda tashkil etiladigan
bolalar tarbiyasi masalalarining tahliliga alohida o’rin ajratilgan. Ularda qayd
etilishicha, har bir oila jamiyatning kichik bir bo’g’ini. Minglab oilalarning o’zaro
birlashuvi esa jamiyatni hosil qiladi. Shunday ekan, har bir oila, unda qaror topgan
tarbiyaviy muhit bevosita jamiyatning taraqqiyotini belgilab beradi. Oila va
jamiyatning o’zaro aloqadorligi o’z-o’zidan ota-onalar zimmasiga bolalar
tarbiyasini to’g’ri tashkil etishdek muhim ijtimoiy vazifani yuklaydi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin