Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə44/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Oilaning tarixiy turlari. Ijtimoiy jamiyatning kichik bo’g’ini sifatida oila muayyan
xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum
mazmunini o’zida namoyon etadi. Oilaning mustahkam
bo’lishi, totuvlik va
Ота-оналарнинг
ҳуқуқлари
Ота-оналарнинг
мажбуриятлари
Ота-оналарнинг ҳуқуқ ва
мажбуриятларини
ёритувчи асосий меъёрий
ҳужжатлар
Фарзандларнинг
ҳуқуқлари
Фарзандларнинг
мажбуриятлари
Фарзандларнинг ҳуқуқ ва
мажбуриятларини
ёритувчи асосий меъёрий
ҳужжатлар

63
farovonlikka erishishi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy va


madaniy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, olib
borilayotgan davlat siyosati mazmuni bilan belgilanadi. O’z navbatida jamiyat
ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi,
samarasiga bog’liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va
ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo’lga
qo’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, sulola an’analarini davom ettirish
masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi
muhim o’rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli
xususida to’xtalib o’tar ekan, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning
ko’p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy
qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli
avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni
tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish,
bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday
oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni,
bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar”
52
.
Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga etishi
uchun zarur, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari
o’rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va h.k.
mazmundagi oilaviy munosabat, muomala, aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi,
ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish
layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjud. Shu bois
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin
o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek,
ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida mustahkam oilalarni shakllantirish
har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Insoniyat hayotining dastlabki bosqichlarida turli urug’lar munosabatlari
doirasida oila shakllanmagan. Jinslar orasidagi munosabatlar poligamiya, ya’ni,
jinsiy juftliklarni erkin tanlash, almashtirish tamoyili, qolaversa, bolalarni butun
urug’ a’zolari bilan birgalikda tarbiyalash asosiga qurilgan.
Ibtidoiy urug’chilik bosqichida inson hayotida juda katta sifat o’zgarishlari yuz
berdi. Bu davrda kishilikning ilk jamoasi – dastlabki jamoa bo’lib yashash an’anasi
shakllandi. Urug’ jamoasi uning tarkib topishida onalar etakchi o’rin egalladi.
Shu sababli bu bosqich ona urug’i, ya’ni, matriarxat (lot. “mater” – ona va 
“arche” – ibtido, hokimiyat; aynan “ona hukmronligi”) davri deb ataladi. 
“Matriarxatda ayollar hukmron mavqega ega bo’lgan, mulk va nasl-nasab
sotsial mavqe ona urug’i bo’yicha o’tgan, nikohdan so’ng er xotin jamoasiga
ko’chgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin o’z jamoalarida alohida-alohida
yashagan”
53
.
Ona urug’ini bir-biri bilan qon-qarindosh bo’lgan, kelib chiqishi
52
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – 14
-бет .
53
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Конимех – Мирзокуш / 6-том. – Тошкент: “Ўзбекистан миллий

64
jihatidan bir urug’dan tarqagan kishilar guruhi tashkil etdi. Urug’ jamoasi


o’rtasidagi munosabatlar guruhli nikohga asoslangan. Ushbu nikohga ko’ra ota
noma’lum bo’lib, qon-qarindoshlik ona urug’i bo’yicha aniqlangan.
Ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi, moddiy boyliklarning yaratilishi 
natijasida birgalikda xo’jalikni boshqarish hamda o’z bolalarini tarbiyalovchi er-
xotin ittifoqi ko’rinishida monogom (yun. “monos” – bir, yakka, yagona, “gamos” 
– qo’shilishi; bir nikohlilik) oilalar shakllandi. 
Monogam oilalar “ibtidoiy jamiyatning emirilishi davrida juft nikoxdan paydo
bo’lib, nikohning hukmron shakliga aylangan”
54
.
Neolit (yangi tosh) davriga kelib, nikoh bobida garchi ikki urug’ jamoasi
o’rtasida guruhli nikoh hukmronlik qilgan bo’lsa-da, biroq, nikoh tub mohiyati
bilan o’zining dastlabki bosqichdagi holatidan farq qilgan. Keyinchalik matriarxal
urug’ jamoasi negizida juftlikka asoslangan nikoh va oila vujudga kelgan. Unga
ko’ra ayollar o’z farzandlarining otalaridan urug’ jamoasi manfaati uchun mehnat
qilishni talab qiladigan bo’ldi. Ayollar o’zlari uchun doimiy juftni tanlay
boshlagan. Ushbu davrda erkaklar o’zlari mansub bo’lgan urug’ hamda xotinining
urug’i uchun ham mehnat qilishga majbur bo’lgan. Garchi juftlikka asoslangan oila
shakllangan bo’lsa-da, biroq, ayolning oiladagi huquqlari cheksiz bo’lganligi
sababli erkaklar ularga tobe edi.
Matriarxal davrdan keyin shakllanib, hozirga qadar mavjud bo’lgan oila 
shakli – katta erkak etakchiligida bir necha avlodni birlashtirgan patriarxal (yun. 
“pater” “patros” – ota, “arche” – ibtido, hokimiyat; aynan “ota hukmronligi”) oiladir. 
Patriarxal oila, asosan, ilk xo’jalik jamoasi bo’lgan, uning iqtisodiy asosini erga
va ishlab chiqarish qurollariga umumiy egalik (ishlab chiqarishga ham, iste’molga
ham) tashkil etgan
55
. Bu kabi oilalarda munosabatlar a’zolarning iqtisodiy va
psixologik o’zaro aloqadorligiga tayangan va avtoritar xarakter kasb etgan.
Ijtimoiy hayotning farovonlashuvi natijasida faqat er-xotin va ularni voyaga 
etmagan farzandlarini birlashtiruvchi nuklear (juftlikka asoslangan) oila vujudga 
keldi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin