Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org
Farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari. O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligi asoslariga ko’ra farzandlar ham ota-onalarining oldida muayyan
burchlarni bajarishlari shart. Respublika Oila kodeksi asoslariga ko’ra
farzandlarning zimmasida ularning ota-onalariga nisbatan munosabatlarida
quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
- mehnat qobiliyatini yo’qotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz
qolgan ota-onasi to’g’risida g’amxo’rlik qilish;
- ota-onasi davlat yoki jamoat tashkilotlari
vasiyligida bo’lgan paytda ularga yordam berish;
- mehnat qobiliyatini yo’qotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz
qolgan ota-onasiga (agarda ular talab qilsa) aliment to’lash
Voyaga etmagan farzandlar ota-onalari oldida burchli (majburiyatli) ekanliklari
bilan birga ma’lum huquqlarga ham egadirlar. Quyidagilar voyaga etmagan
farzandlarning ota-onalari oldidagi huquqlarini ifodalaydi:
- oilada yashash va tarbiyalanish;
- ota va onasini bilish;
- ota-onaning g’amxo’rigidan foydalanish;
- oilada har tomonlama kamol topish;
- ota-ona va oilaning boshqa a’zolari tomonidan
insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinishi;
- ota-onasi va boshqa qarindoshlari (bobosi, buvisi,
- aka-ukalari, opa-singillari va h.k.) bilan ko’rishish;
- o’z huquqlari va boshqa manfaatlarini himoya qilish;
- muayyan voqea, hodisa va jarayonlarga
nisbatan o’z fikrini ifoda etish;
- ism, ota ismi va familiya olish;
- ismi va familiyasini o’zgartirish;
- oilada umumiy mulk, o’z xususiy mulkiga ega bo’lish va b.q.
Ota-ona oila tarbiyasini tashkil etishda farzandlarning manfaatlariga zid hech
bir xatti-harakatni sodir etishi mumkin emas. Aksincha, ularning xatti-harakatlari
farzandlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi zarur. Shuningdek, ota-
onalarning farzandlar bilan munosabatlari ularning jismoniy hamda ruhiy
sog’liklariga, axloqiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim. Oila tarbiyasida ota-
61
onalar farzandlarga nisbatan shafqatsiz, qo’pol munosabatda bo’lish, ularning
insoniy qadr-qimmati, g’ururini poymol etish taqiqlanadi. Respublikada amalda
bo’lgan qonunchilik asoslariga ko’ra ota-ona tomonidan farzandlarni mensimaslik,
haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishga yo’l qo’yilmaydi.