5. Antisotsial oilalar. Bu turdagi oilaning farzandlari uchun oila – bolalar
uchun ularni kutmaydigan, sevmaydigan kishilar istiqomat qiluvchi boshpana
sanaladi. Ota-onalar amoral hayot tarzini o’zlashtirib olishgan. Ular o’zaro
ziddiyatlarga borishadi, o’zaro munosabatlarda bir-birlariga hamda bolalarga
po’pisa qilishadi, spirtli ichimliklar iste’mol qilishadi. Mazkur oilalar tomonidan
bolalarga ko’rsatiladigan har qanday ta’sir salbiy xususiyatga ega. Bunday
oilalarda yashayotgan bolalar ko’p holatlarda davlat qaramog’iga olinadi
56
.
Ijtimoiy pedagogika sohasida uzoq yillar davomida bir qator tadqiqotlar olib
borgan M.A.Galaguzova ijtimoiy holati nuqtai nazardan oilalarning quyidagi
turlarini ajratib ko’rsatish taklifini ilgari surgan (8-rasm):
Quyida M.A.Galaguzova tomonidan kuo’rsatilgan oilalar turlariga xos
xususiyatlar yuzasidan so’z yuritiladi. 1. Tinch, baxtli oilalar. Bunday oilalar zimmasidagi vazifalarni muvaffaqiyatli
hal etadi. Ota-onalar o’z farzandlarining qiziqish va ehtiyojlarini tez ilg’aydi.
Bordi-yu, oilaviy munosabatlarda muammolar kelib chiqsa, u holda tinch, baxtli
oilalarga bir martagina amaliy yordam ko’rsatishning o’zi kifoya qiladi.
2. Barbod bo’lish xavfiga ega oilalar. Bu kabi oilalarning farzandlarida
ba’zan me’yordan og’ish holatlari kuzatiladi. Ko’p holatlarda ushbu oilalar
farzandlarida ijtimoiy moslashuv qobiliyatining pastligi namoyon bo’ladi. Bunday
oilalarda ota-onalar bola tarbiyasini juda qiyinchilik bilan olib boradi. Shu sababli
ajralish xavfi bo’lgan oilalar ijtimoiy pedagog tomonidan o’z vaqtidagi beriladigan
amaliy yordam, shuningdek, doimiy kuzatuvga ehtiyoj sezadi.
56
Подласый И.П. Педагогика. – Москва: Владос, 2003. – С. 207-210.
Оила Тинч, бахтли
оилалар
Нотинч, бахтсиз
оилалар
8-расм. Ижтимоий ҳолатига кўра