Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə89/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Kelajakka bo’lgan ishonch – bola faoliyatini aniq maqsadga yo’naltirish, uni
zavqli jarayonga aylantirishga yordam beruvchi vosita hisoblanadi. Istiqbol
yoshlarning ichki ehtiyojlariga javob berib, bu ehtiyojlarni milliy istiqlol g’oyasi
talablari, ijtimoiy maqsad va vazifalarga muvofiq rivojlantirishga zamin yaratadi.
Istiqbolning shaxs va millat manfaatlariga mos kelishi – muvaffaqiyat garovidir.
Bu qoida nafaqat oila tarbiyasi, balki
bolalarning har qanday faoliyatiga taalluqlidir.
Ma’lumki, bajarilish muddatiga ko’ra yaqin, o’rta, uzoq hamda ishtirok etuvchi
sub’ektlar tarkibiga ko’ra – jamoa, guruh va shaxsiy istiqbol farqlanadi. Biroq,
istiqbolni turlar bo’yicha emas, balki faoliyat sabablariga ko’ra ham farqlash
maqsadga muvofiq. Istiqbol qanchalik yorqinroq va mazmunliroq bo’lsa, unga
muvofiq keluvchi sabablar shunchalik asosli va murakkab bo’ladi. Istiqbolning
aniq ifodalanishi inson xatti-harakatlarining umumiy yo’nalishi va xarakterini
belgilab beradi. Ya’ni, istiqbol harakat motivi, sababini shakllantirish va
rivojlantirishning manbai bo’lib xizmat qiladi.
Shaxsning yoshi qanchalik katta bo’lsa, istiqbolning zarurati shunchalik jiddiy
va murakkablikka asoslanadi. Biroq, kichik yoshdagi bolalar tomonidan
anglanayotgan yaqin istiqbol ham faqatgina yoqimli omillar asosida bo’lishining
oldini olish lozim.
Istiqbol, shuningdek, tashkil etilishi zarur bo’lgan faoliyatning murakkabligiga
ko’ra ham farqlanadi. Chunonchi:
a) qiyinchiliklarni engishni talab qilmaydigan istiqbol;
b) qiyinchiliklarni engish bilan bog’liq bo’lgan istiqbol.
Qiyinchiliklarni engishni talab qilmaydigan istiqbollar ko’ngil ochuvchi
istiqbollar sifatida tavsiflanadi. Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasida
keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda
ijtimoiy mehnat faoliyatini tashkil etishda ommaviy safarbarlikka erishish, bu
yo’lda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni hamjihatlikda bartaraf etishga alohida
e’tibor qaratilishi zarur. O’yin yoki ko’ngil ochar tadbirlar yo’nalishini ham eng
muhim ijtimoiy maqsad asosida belgilash maqsadga muvofiqdir.
Agarda yaqin istiqbol o’ziga xos murakkablikka ega bo’lsa, u holda umumiy
“loyiha”da o’rta istiqbol vaqt nuqtai nazardan bir qadar orqaga surilishi va unga
muvofiq tashkiliy tadbirlarni belgilash taqozo etiladi.
Uzoq istiqbolni belgilash eng qiyin va muhim vazifalardan biridir. Tajribali ota-
onalar bolalarning kelajagini doimo jiddiy va asosiy maqsad sifatida tan oladilar.
Bolalarning istiqbol hayotiy maqsadlarini O’zbekiston Respublikasining
ravnaqi yo’lida mehnat qilishdek ijtimoiy maqsad bilan uyg’unlashtirish oila
tarbiyasining muhim tarkibiy qismiga aylanishiga erishish bugungi kunning

122
dolzarb vazifasi hisoblanadi. Istiqbolni aniq anglash bolalarda shaxsiy


manfaatlarini millat manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga imkon beradi, buning
natijasida ularning buzg’unchi, yot g’oyalar ta’siriga tushishlarining oldi olinadi.
Sobiq sho’ro pedagogikasida tarbiya jarayonini to’la boshqarib bo’lmas edi.
Buning asosiy sababi nomilliy, sinfiy pedagogika g’oyalari jamiyat tomonidan
to’laqonli qabul qilinmaganligidadir. Bu boradagi ziddiyat shaxsning milliy
muhitdagi manfaatlari to’qnash kelib, uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatardi.
Shu bois oila tarbiyasi jarayonini tashkil etishda shunday vositalarning tanlanishi
talab qilinmoqdaki, ular bolaning har tomonlama etuk, barkamol va erkin shaxs
sifatida kamol topishiga xizmat qilsin.
Tarbiya jarayonini samarali boshqarishda shaxs tomonidan muayyan pedagogik
andoza (namuna yoki ideal)ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqbul pedagogik andoza (namuna yoki ideal)ni o’zlashtirish shaxs ehtiyojlariga
mutanosib bo’lishi zarur.
Namuna (yoki ideal)ning shaxs faoliyatida o’z in’ikosiga ega bo’lishi tarbiya,
shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalash jarayonlarini boshqarishda samarali yo’llardan
foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. O’z-o’zini tarbiyalashning bunday
ko’rinishini istiqbolli namuna deb atash mumkin.
Tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli boshqarishning garovi istiqbollar, birinchi
navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan jamoa istiqbollarini ilgari surishdan
iboratdir. Bu jarayonda amal qilinishi zarur bo’lgan shart istiqbol mohiyatini sekin-
asta murakkablashtirib borish, uning vaqti jihatidan uzoqlashuvi, shuningdek,
shaxsiy, oila va millat istiqbollarning o’zaro uyg’unligiga erishishdir. Pedagogik
namuna shaxsning ehtiyojlari bilan uyg’un bo’lgandagina faoliyatning ichki
mazmuni bo’lib qoladi. Istiqbol mazmunan takomillashtirilib borilmas ekan,
mohiyatan bir xil, oddiy istiqbollarning tez-tez takrorlanishi bolalarda hafsalasizlik
va uquvsizlikni keltirib chiqaradi. Buning natijasida tarbiya va o’z-o’zini
tarbiyalash jarayonini boshqarib bo’lmaydigan bo’lib qoladi.
Istiqbolni ko’rsatish metodi ta’sir kuchini oshirish uchun tarbiyalanuvchilarning
o’z ota-onalariga hamda ota-onalarning ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan
pedagogik faoliyat, uning mazmuni va yo’nalishiga bo’lgan munosabatlari
darajasini o’rganish talab etiladi.
Demak, ota-onalar hamda bolalar o’rtasida samimiy, o’zaro yordam va
ishonchga asoslanuvchi munosabatlarni o’rnatish oila tarbiyasi jarayonini samarali
boshqarishga yordam beruvchi sog’lom oilaviy muhitni yaratadi. Oila tarbiyasi
jarayonini boshqarish shaxsning o’z-o’zini g’oyaviy tarbiyalashni tashkil etishning
zarur shartidir. O’z-o’zini tarbiyalash jarayoni, shuningdek, bola psixologiyasining
jamiyat mafkurasi asoslari bilan boyitib borilar ekan, pirovard natijada uning
yo’nalishini shart qilib qo’yadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin