Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə25/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Mark Fabiy Kvintilian (eramizning 35-96 yy.) – mashhur rimlik notiq va
pedagog. U o’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga
asoslanib, pedagogik masalalarni aks ettirgan birinchi maxsus qo’llanma –
“Notiqni tarbiyalash haqida” nomli asarini yaratgan.
Alloma oilada bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsining
rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi.
Uning fikricha, “bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin
emas”
23
.
Kvintilian bolalar katta tantanalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning
nojo’ya xatti-harakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori
qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirchan
bo’lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi
va tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratish zarurligini
uqtiradi.
Allomaning pedagogik qarashlarida oilada bolalarni notiqlik san’ati asoslarini
egallashlariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligiga oid fikrlar ham mavjud.
O’tkir xotira, badiiylik, to’g’ri talaffuz, yorqin nutq va boy mimika bo’lajak
21
Ўша манба. – 65-бет.
22
Ўша манба. – 65-бет.
23
Квинтилиан. О воспитании оратора. Часть 1. – Москва, Сант-Петербург: 1834г. – С. 3-8.

28
notiqni shakllantirishda muhim omillar sanaladi. Kvintilianning fikricha, oilada


bo’lajak notiqni tarbiyalashda bolalarni she’r yod olishga o’rgatish eng samarali
vosita sanaladi. Alloma o’z davrida bugungi kunda ham ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan
she’rni yod olish metodikasini asoslagan. Mashhur pedagog birinchi bo’lib, she’r
yodlash metodikasini quyidagicha asoslaydi:
1. She’rni to’lig’icha o’qish.
2. She’rni mantiqiy jihatdan qismlarga ajratish.
3. She’rning har bir qismini yodlash.
4. She’rni to’lig’icha ifodali o’qish
24
.
Mashhur pedagogning fikricha, bolalarning qobiliyatlari quyidagi belgilarda
namoyon bo’ladi: kuchli xotira, o’tkir zehn, tezkor fikrlash, egallangan bilimlarni
uzoq vaqt saqlash, bolada juda yoshlikdan rivojlangan taqlidchilik
25
.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin