Evropa Uyg’onish davri mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasi
masalalarining yoritilishi. XV-XVII asrlarda G’arbiy Evropada ilm-fan,
madaniyat, shu jumladan, san’at va adabiyotda Uyg’onish (Renessans) davri
kuzatildi. Evropada Uyg’onish davri o’z-o’zidan sodir bo’lmay, bevosita Markaziy
Osiyoda ro’y bergan Uyg’onish davri asosida yuz berdi. Evropa Uyg’onish davri
ham o’zida muayyan belgilarni namoyon qildi. Ular quyidagilardan iboratdir:
- jaholat va mutaassiblikni rad etish;
- insonni ulug’lash; uning iste’dodi, aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish;
- antik davr (qadimgi Yunon va Rim) madaniyatini tiklash va boyitish;
- adabiyot va san’atda boqiy dunyoni emas, hayot go’zalliklarini kuylash;
- inson erki uchun kurash.
Tarixdan ma’lumki, XV-XVII asrlarda ilm-fan sohasida qo’lga kiritilgan
yutuqlar, Buyuk geografik kashfiyotlar insoniyatning olam, unda kechadigan
harakat qonuniyatlari to’g’risidagi tasavvurlarini o’zgartirib yubordi. Shuningdek,
madaniy aloqalarning kengayishi uchun imkoniyat yaratdi.
Evropa Uyg’onishi davrida ilm-fan va madaniyat sohalarida insoniyat tarixiy
taraqqiyotiga bebaho hissa bo’lib qo’shilgan ilmiy bilimlar hamda adabiyot, san’at
sohalarida durdona asarlar yaratildi. Buning natijasida qadimgi Yunon va Rim
madaniyatining qayta tiklanishiga muvaffaq bo’lindi.
Uilyam Shekspir (1564-1616 yy.) Uyg’onish davrining iste’dodda tengsiz
vakillaridan biri, aktyor va dramaturg edi. Allomaning asarlari oilada bolalarning
tarbiyasini tashkil etishga mas’uliyatli yondashish zarurligini ifodalashga xizmat
qiladi. U.Shekspir asarlari yoshlarda qat’iyatlilik, irodalilik, to’g’riso’zlik, jasurlik,
shuningdek, xiyonat, sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish, tubanlikka
qarshi kurashish kabi sifatlarni samarali tarbiyalashga imkon yaratadi. Adib
yoshlarni hayotda baxtli bo’lishga erishish uchun kurashishga, insonni sevishga,
qiyinchiliklardan qo’rqmay ularni mardona engishga da’vat etadi.
Dramaturg asarlarining deyarli barchasida oila va oilaviy munosabatlarning muayyan
qirralari yoritilgan. M: “Otello” tragediyasida Otello siymosida ayrim salbiy omillar
24
Ўша манба. – 70-бет.
25
Ўша манба. – 72-бет.
29
(tuhmat)ning ta’sirida oilaning buzilishi ifodalangan bo’lsa, “Qirol Lir” asarida esa
qirol Lirning farzandlari tarbiyasida yo’l qo’ygan xatolarining ayanchli oqibatlari
yoritilgan. Qirol Lir farzandlari tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratmaganligi sababli
darbadar hayot kechirishga, gadolikka mahkum etiladi. Oilalar o’rtasidagi o’zaro
dushmanlik, nafrat, hasad tufayli esa Romeo va Julettalar halok bo’ladi.
Ayni o’rinda shuni aytib o’tish joizki, adib qahramonlarini hech qanday omil
“erkinlik” deb ataluvchi yuksak, ezgu, yorug’ tuyg’udan voz kechishga majbur qila
olmaydi. Adib o’z asarlarida oila muhitida bola har tomonlama shakllanishi uchun
uning erkin bo’lishi muhimligi ko’rsatilgan. Qolaversa, shaxsning kamolotga
erishishida oilada tashkil etiladigan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning alohida o’rin
tutishi badiiy obrazlar orqali ta’sirchan yoritilgan.
Evropa Uyg’onish davrining yana bir mutafakkiri Tomas Mor (1478-1555
yy.)dir. Adib o’zining “Utopiya” asarida shaxsiy manfaat jamiyat rivoji uchun
zararli, aksincha, barcha fuqarolarning ijtimoiy-foydali mehnatda birdek faol
ishtirok etishlari ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili ekanligini ta’kidlash orqali
ikkita muhim tamoyilni ilgari surgan. Muallif tasavvurlarining mahsuli bo’lgan
Utopiya davlati (ilmiy asosga ega bo’lmagan ideal jamiyat)da barcha fuqarolar
mehnat qilishga majburdirlar. Bundan tashqari bu kabi jamiyatda ayol va erkak,
shuningdek, bolalarning huquqiy jihatdan tengligi e’tirof etiladi, unga ko’ra hatto
bolalar ham o’qish bilan mehnatni birga olib borishlari zarur. Tomas Mor o’z asarida
bolalarni oilada tarbiyalashda mehnat vositasida, jamoa yordamida va jamoada
tarbiyalashning ahamiyatini ko’rsatishga uringan.
Adibning bolalarni ona tilini sevishga o’rgatishni oiladan boshlash muhimligi
haqidagi g’oyasi bugungi kun uchun ahamiyatlidir. Shu bilan birga Tomas Mor
bolaning sog’lom o’sishi uchun oilada jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yish, har
qanday yo’nalishdagi tarbiya jarayonida ota-onalarning shaxsiy namuna
ko’rsatishlari, farzandlarga hunar sirlarini o’rgatishda ko’rgazmalilikka e’tibor
qaratishlari borasidagi fikrlari g’oyat ahamiyatlidir.
Evropa Uyg’onish davrining etakchi siymolaridan yana biri – Tomazo Kampanella
bo’lib, uning pedagogik g’oyalari “Quyosh shahri” asarida o’z ifodasini topgan.
“Quyosh shahri” ham xuddi Tomas Morning “Utopiya” asari kabi ijtimoiy birlik,
mehnatning
umumiy
va
majburiylik
xarakteriga
egaligi
tamoyillariga
asoslanuvchi, fuqarolari ilm-fan va san’at bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega
bo’lgan davlat. Tomazo Kampanella Tomas Morga nisbatan bir qadar rivojlangan
jamiyatda bolalarni tarbiyalash tizimi xususida so’z yuritadi. Mutafakkirning qayd
etishicha, davlat hatto bo’lg’usi avlodning sog’lom bo’lishi uchun erkak va
ayolning turmush qurishi haqida qayg’urishi, bu jarayonni nazorat qilishi zarur.
Tomazo Kampanellining fikricha, bolani ikki yoshidan boshlab ijtimoiy
munosbatlarga tayyorlashni boshlash, uch yoshida ko’rgazmali vositalardan
samarali foydalangan holda to’g’ri talaffuz qilishga, alifboni o’rganishga jalb etish
maqsadga muvofiqdir. Shu davrlarda bolalarning jismoniy tarbiyasini kuchaytirish,
sakkiz yoshidan boshlab esa ularni tizimli ravishda o’qitishni boshlash kerak.
O’g’il bolalar o’n to’qqiz yoshga to’lgach, harbiy tayyorgarlik ko’nikmalarini
o’zlashtira olishi zarur. Mutafakkir o’z asarlarida hatto ayollarga ham harbiy ta’lim
berishni ijtimoiy zaruriyat deb hisoblaydi. Buning sababi urushlar sharoitida
30
ularning ham ishtiroki mumkinligidir. Qisqa qilib aytganda, T.Kampanellining
g’oyalari oila tarbiyasi bilan ijtimoiy tarbiyani o’zaro uyg’un holda olib borishni
targ’ib etadi.
Dostları ilə paylaş: |