Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə29/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Nazorat savollari:
1. Qadimgi Yunoniston va Rimda qaysi mutafakkirlarning asarlarida oila
tarbiyasi masalasiga e’tibor qarilgan?
2. Suqrot, Aristotel, Platon va Demokritlarning qaysi asarlarida oilada bolalarni
tarbiyalash masalalari yoritilgan?
3. Evropa Uyg’onish davri mutafakkirlarining qaysi asarlarida oila tarbiyasi
muammolari bayon etilgan?
4. U.Shekspir va T.Kampellinning oilada farzandlarni tarbiyalashga oid qanday
g’oyalari bilan tanishsiz?
5. Evropa ma’rifatparvarlari orasida kimlar oila tarbiyasi masalariga o’z
asarlarida alohida e’tibor qaratgan?.
6. Rus pedagoglari orasida kimlarning oila tarbiyasi va uni samarali tashkil
etish g’oyalarini o’zida aks ettirgan asarlari mashhur?
Mavzuga oid adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent:
“Ma’naviyat”, 2008.
2. Pedagogika tarixi G’ K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov. –
Toshkent: O’qituvchi, 1996.
3. Istoriya pedagogiki G’ http: G’G’ top. 100. rambler.ru.
4. Trosyan V. Istoriya obrazovaniya i pedagogicheskoy mo’sli. – Moskva:
Eksmo, 2006.
 
Amaliy topshiriqlar: 

37
1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari asosida


jadval shakllantiring. Unda Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga
yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g’oyalar tezis sifatida aks etsin.
2. Ulug’ dramaturg Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” hamda Onore de
Balzakning “Gorio ota” nomli asarlari bilan tanishib, garchi o’zi mamlakat qiroli
bo’lsa-da, farzandlarining kirdikorlaridan aziyat chekkan qirol Lir va qizlariga
haddan ziyod mehr ko’rsatsa-da, umrining so’nggi kunlarini ularning diydoriga zor
holda muhtojlikda o’tkazgan Gorio otaning qismatini solishtiring. Qirol Lir va
Gorio otalarning fojiasi nimada ekanligi haqida o’ylab ko’ring.
3. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy o’zining “Buyuk didaktika” asari yoshlarni
tarbiyalovchi kishilarning ustoz, tarbiyachi, muallim, professor deb atalishi, bolalar
to’planib birgalikda mashg’ulot o’tkazadigan joyning esa maktab, o’quv yurti,
auditoriya, kollegiya, gimnaziya, akademiya va h.k. deb atalishini ta’kidlab o’tgan
edi. Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning
oiladan ko’ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining asosiy
sabablarini yoritishga harakat qiling. Siz qanday fikrdasiz, ushbu hodisa ota-onalar
zimmasidan farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatning soqit etilishi uchun asos
bo’ldimi? Farzand tarbiyasining asta-sekin to’la ravishda ta’lim muassasalari
zimmasiga
yuklanishi
G’arb
mamlakatlarida
kuzatilayotgan
oilaning
qadrsizlanishi, ajralishlar sonining keskin oshishi, g’ayriaxloqiy hodisa – bir jinsli
nikohning paydo bo’lishiga olib kelmadimi. Bu haqda qaday fikrdasiz?

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin