Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini
o’zida aks ettiruvchi jadval quyida keltiriladigan shaklga ega bo’lishi mumkin.
Talabalar qadimgi yunon faylasufi Suqrotning qarashlari misolida qadimgi yunon va
Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim
g’oyalarni tezis shaklida quyidagicha yoritadilar:
Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga oid muhim qarashlari 1. Suqrot
Shaxsning ma’naviy-axloqiy sifatlari oila muhitida shakllanadi. Fuqarolar
bolalarni oila muhitida bilimli qilib tarbiyalashlar zarur
2.
Aristotel (Arastu)
3.
Aflotun (Pluton)
4.
Demokrit
5.
Mark Fabiy
Kvintilian
38
2. UilyamShekspirning “Qirol Lir” va Onore de Balzakning “Gorio ota” nomli
asarlaridagi qirol Lir hamda Gorio otaning o’z farzandlari bilan munosabatlarini
quyidagi jadvalda keltirilgan misol namunasida aks ettiring:
Qirol Lir va uning farzandlari o’rtasidagi munosabat
xususiyatlari
Gorio ota va uning qizlari
o’rtasidagi munosabat xususiyatlari
Qirollik boshqaruvi bilan farzandlar tarbiyasini
o’zaro uyg’unlikda olib boraganlik
Qizlarni tarbiyalashda nihoyatda ko’ngilchanlik
qilish
4. Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning
oiladan ko’ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining
asosiy sabablarini yoritishda talabalar o’rtasida munozarani tashkil etish
maqsadga muvofiqdir. Binobarin, munozara jarayonida talabalarda
jamiyatda kechadigan har qanday ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar
oilaning farzandlar tarbiyasidagi o’rni va rolini inkor eta olmasliklari
borasidagi qat’iy xulosa shakllanadi.