Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə58/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

7. Oilaning regulyativ vazifasi. Har qanday ijtimoiy guruh, uyushma mavjud ekan,
uning faoliyati boshqariladi. Oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga
solish, ularning faoliyatlari yuzasidan ijtimoiy nazoratni yo’lga qo’yish, oilada
otaning ustunligini ta’minlash, shuningdek, otaning oilada alohida obro’ga ega
bo’lishiga erishish oilaning regulyativ, ya’ni, boshqaruv vazifalari sirasida alohida
o’rin tutadi. Oila faoliyatini boshqarishda uning a’zolari o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarni tartibga solish, ushbu munosabatlarning tartibga solinishida esa
mehnat taqsimoti muhim ahamiyatga ega. Bunda, eng avvalo, har bir oila a’zosi
zimmasiga ma’lum vazifalarni yuklanishiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Ota-onalar tomonidan oilaning eng kichik yoshli (3-4 yoshli) a’zolari zimmasiga
ham ma’lum vazifalarning yuklatilishi qator afzalliklarga ega. Xususan, 1)
yoshlikdan mehnat ko’nikmalari shakllanadi; 2) mas’uliyat hissi tarbiyalanib boradi;
3) asta-sekin bolalar ongida oilada o’z o’rniga egaligi to’g’risidagi tushuncha
shakllana boradi.
Bolalar oilada o’zaro hamjihatlikda mehnat qilar ekanlar, o’zlarining hamda
boshqalarning mehnatini qadrlashni o’rganadilar. Qolaversa, bir-birlarini hurmat
qilish, har qanday vaziyatda ham bir-birlarini qo’llab-quvvatlash, bir-birlariga
o’zro yordam ko’rsatishga odatlanib boradilar. Oilada mehnat taqsimotining
oqilona yo’lga qo’yilishi esa ijtimoiy munosabatlarda tartibga erishish, ro’zg’orga
baraka kirishini ta’minlaydi. Qat’iy tartib o’rnatilgan oilalarda uning a’zolari
o’rtasida o’zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelmaydi, janjallar sodir bo’lmaydi.
Oilaning boshqaruv vazifasi sirasiga uning byudjetini yaratish, pul
mablag’laridan to’g’ri, oqilona foydalanish ham alohida o’rin tutadi. Ota-onalar
bolalarga yoshlikdan qilinadigan sarf-xarajatlarning miqdori ishlab topiladigan pul
mablag’lari summasidan oshmasligiga e’tiborli bo’lish kerakligini, sarf-xarajat
qilishdan mavjud pul mablag’ining umumiy summasini inobatga olgan holda
dastlab eng muhim va muhim narsalarni sotib olish zarurligini o’rgatib borishlari
zarur. Oila byudjetining samarali shakllantirilishi va undan oqilona foydalanish
ota-onalar tomonidan farzandlarning moddiy qo’llab-quvvatlanishi uchun imkon
beradi.
Boshqaruvni tashkil etishda ota-onalar farzandlari xatti-harakatlarini nazorat
qilib borish zimmalaridagi mas’uliyatli yumush ekanligini unutmasliklari lozim.
Farzandlarning kun tartibiga ega bo’lib, unga qat’iy rioya qilishlari ular faoliyati
ustidan ijtimoiy nazoratni tashkil etishda yuqori samaradorlikka erishish imkonini
beradi.
Oilada otaning ustunligini ta’minlash, uning oilada alohida obro’ga ega
bo’lishiga erishish esa oila a’zolari o’rtasidagi shaxslararo munosabatlarning
samarali kechishini, farzandlar tarbiyasining ijtimoiy mazmun kasb etishiga olib

79
keladi. Shu sababli onalar oilada otaning mavqeini yuqori bo’lishini ta’minlay olishlari


zarur. Shundagina farzandlar har bir ishni amalga oshirishda otadan ruxsat va yuzaga
kelgan katta-kichik muammolarni hal qilishda maslahat so’rash, duo olishga odatlanib
boradilar. Otaning mavqei yuqori bo’lgan oilalarda farzandlar odobli, axloqli bo’lib
voyaga ketishadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin