Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə60/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

 
 
65
Oila psixologiyasi / Akad.litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma. G.B.Shoumarov va
b. G.B.Shoumarovning tahriri ostida. – Toshkent: “Sharq”, 2008. – 48-62-betlar.
Оилавий муносабатлар – ота-оналар ёки боланинг камолоти учун масъул
бўлган шахслар (бува-бувилар) ҳамда фарзандлар ўртасида турли
йўналишларда ташкил этилувчи муносабатлардир

80
 


Ushbu munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-
onalarda o’ziga xos faollikni yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita
ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o’zaro
aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni,
farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini kurish holati ro’y
beradi.
Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, unda ma’naviy bilimlarni
egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishida oila tarbiyasi asosiy
rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning
etuk, barkamol bo’lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.
Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Sobiq Ittifoq
davrida esa oilaning shaxs tarbiyasidagi beqiyos o’rni va roli inkor etilgan edi.
Shaxs ijtimoiy muhit vositasida tarbiyalanar edi.
Oilada bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalovchi
maskan
sanaladi.
Shunday
ekan,
uning
muhitida
tashkil
etiladigan
munosabatlarning oila zimmasidagi vazifalarni to’la-to’kis ado etilishiga e’tibor
qaratish muhimdir. Oila zimmasidagi vazifalarning samarali bajarilishi, oilaviy
munosabatlarning to’g’ri tashkil etilishida ota-onalar tomonidan tanlangan
munosabat uslubi muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy sharoitda oilalarda ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatni
o’rganish natijasida barcha oilalar uchun quyidagi to’rtta uslub xos ekanligini ko’rish
mumkin:
1) avtoritar uslub;
2) anomal uslub;
3) liberal uslub;
4) demokratik uslub.
Quyida barcha oilalar uchun xos bo’lgan to’rtta uslub mohiyati yuzasidan so’z
yuritiladi.
1. Oilaviy munosabatlarning avtoritar uslubga asoslanishi. Bunda oilada ota-
onaning obro’si hal qiluvchi rol o’ynaydi. Oilada shaxslararo munosabatlarda teng
xuquqlilik erkin xatti-xarakat qilish tashabbuskorlik, bolalarning yurish-turishi,
xatti-harakati imkon qadar cheklab qo’yiladi. Ota-ona tomonidan tarbiyaviy ta’sir
o’tkazishning asosiy metodi jazolashdan iborat bo’lib qoladi. Buning natijasida
farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi asta-sekin yo’qola boshlaydi.
Keyinchalik bu tuyg’u farzandlarning ota-onadan uzoqlashishi, begonalashishiga
sabab bo’ladi. Oilaviy munosabatlar bolalarni qoniqtirmaydi. Buning natijasida
ular odamovilik, tortinchoqlikni o’zlashtira boshlaydilar. Avtoritar uslubga
asoslangan munosabatlar odatda qo’rqoq va irodasiz shaxslarning shakllanishiga
olib keladi.
2. Oilaviy munosabatlarning anomal uslubga asoslanishi. Bu kabi oilalarda
oilaviy nizo o’zaro ajralishlarning asosiy manbai sanaladi. Oila a’zolari o’rtasidagi

81
munosabatlar anomal uslubga asoslanuvchi oilalar sirasiga asosan ota-ona yoki


ulardan biri ichuvchi yoki giyohvand bo’lgan oilalar kiradi. Oiladagi anomal holat
farzandlarning osoyishta yashashi va o’qishi uchun imkon bermaydi. Mazkur
oilalarda hukmron bo’lgan muhit ta’sirida bolalarda asabiylik, xudbinlik, ota-onani
hamda oilaning boshqa a’zolarini hurmat qilmaslik, mensimaslik, bo’ysunmaslik,
kelishmovchilik kabi salbiy sifatlar shakllanadi.
3. Oilaviy munosabatlarning liberal uslubga asoslanishi. Farzand tarbiyasiga bu
xildagi munosabatda bo’ladigan oilalarda tashqaridan qaraganda murosasizlik,
ko’ngilchanlik, iliq psixologik iqlim, ruhiy barqarorlik hukmrondek ko’rinadi.
Aslida esa “liberallik” oiladagi har qanday vaziyat beandishalik bilan hal etiladi.
Buning oqibatda bolalarning irodaviy sifatlari zaiflashib, ikkiyuzlamachilik,
o’zgalar bilan murosa qila olmaslik, kelishmovchilik kabi sifatlari shakllanib
boradi.
4. Oilaviy munosabatlarning demokratik uslubga asoslanishi. Ota-onaning
farzandlarga nisbatan demokratik munosabati uning oilada har tomonlama
shakllanishi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan sharoitni yuzaga keltiradi.
Demokratik uslubga asoslangan oilaviy munosabatlar, ularni tartibga soluvchi
qoidalar farzandlar hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi.
Bolalar oilada u yoki bu masalalarni bevosita o’zlari to’g’ridan-to’g’ri hal qiladilar.
Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi demokratik g’oyalar asosida
farzandlarning qiziqish, intilish, xohish-istaklari va manfaatlarini o’zaro
muvofiqlashtirish, ularni murosaga keltirish va kelishtirish siyosati yotadi. Ota-
onaning farzandiga bo’lgan demokratik yondashuvi oila a’zolarni birlashtiradi, oila
mustahkamligini ta’minlaydi. Anglanganidek, ota-onaning farzandga nisbatan
demokratik yondashuvi oila muhitida ijtimoiy muammolarni hal etishga yodram
beradi.
Har bir oilada ijtimoiy munosabatlar o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.
Oilaviy munosabatlarning o’ziga xosligi uning a’zolari ma’naviyati, hayotiy
intilishlari, maqsadlarida aks etadi. Shuningdek, oila a’zolarining o’zaro ta’siri ota-
ona va farzandlar munosabati mazmunini belgilab beradi.
Oilaviy munosabatlar mazmunini belgilovchi muhim mezon oila hayotini
tartibga soluvchi ijtimoiy-axloqiy me’yorlar hamda oila a’zolarining axloqidir. Shu
sababli ajdodlar oilaviy munosabatlarning ijobiy xarakter kasb etishiga katta
e’tibor qaratib kelganlar. Binobarin, jamiyatning rivoji bevosita oilalarning
barqarorligi,
mustahkamligi
hamda
ijtimoiy-axloqiy
munosabatlarning
sog’lomligiga bog’liqdir.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin