Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy jihatdan turlicha



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə63/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Oilalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy jihatdan turlicha
ta’minlanganligi ham oilada bolalarni tarbiyasini tashkil etish jarayoniga jiddiy

84
ta’sir ko’rsatadi. Odatda har bir oilada bolalarning turli ehtiyojlari uchun oila


daromadining 25 foizidan 50 foizigacha hajmdagi mablag’ sarflanadi.
Oiladagi farzandlar sonini kamaytirish, tug’ilishning oldini olish
zamonaviy oilalarning o’ziga xos muhim xususiyatlaridan biri. Ayni vaqtda shahar
yoki qishloqda bo’lishidan qat’iy nazar oilalarda bir-ikki nafar bola
tarbiyalanmoqda. Tug’ilishni kamaytirish ko’plab sabablarga bog’liq murakkab
jarayon sanaladi. Bu boradagi asosiy sabablar quyidagilardir:
Bugungi kunda tug’ilishni kamaytirish masalasini hal qilishda yana bir
pedagogik muammo kun tartibiga qo’yilmoqda. Bu kam bolali oilalarda bolalarni
tarbiyalashga doir samarali metodlarni ishlab chiqish va o’rganishdir.
Zamonaviy oilalarga xos bo’lgan yana bir ijtimoiy xususiyat oilaviy ajrimlar 
sonining sezilarli darajada ko’payganligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda oilaviy
ajrimlarning 90 foizga yaqini oila shakllanishining dastlabki birinchi yilida yosh
er-xotinlarning oilaviy hayotga amaliy jihatdan tayyor emasliklari natijasida ro’y
bermoqda.
Har bir oila ijtimoiy tuzilma sifatida jamiyat oldida ma’lum bir funktsiyalarni
bajaradi. Oilaning ijtimoiy funktsiyalari haqida gapirganda, bir tomondan,
jamiyatning oilaga ta’siri, ikkinchi tomondan, oilaning umumiy ijtimoiy
tuzilmadagi o’rni hamda zimmasidagi ijtimoiy vazifalarni hisobga olish lozim.
Zamonaviy sharoitda oila tomonidan hal etiladigan vazifalar xususida o’quv
qo’llanmaning avvalgi o’rinlarida batafsil to’xtalib o’tilgan edi. Shu sababli bu
xususida qayta so’z yuritishga hojat yo’q.
Zamonaviy oilalarning o’ziga xos asosiy jihatlari xususida so’z yuritilganda
muhim tavsiflarni yagona guruhda jamlashning aslo iloji yo’q. Buning sababi oila
va oilaviy munosabatlar mavzusida yaratilgan adabiyotlarda oilaga xos asosiy
jihatlar borasida turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan: aksariyat manbalarda uy
xo’jaligini yuritish, naslni davom ettirish, farzandlarni tarbiyalash hamda oila
a’zolarining o’zaro yordami kabilar hozirgi zamon oilasining muhim jihatlari
sifatida ko’rsatib o’tilgan bo’lsa, U.M.Sverdlov, V.A.Resensov, V.P.Klyuchnikov
va boshqalar sotsiolog olimlar esa naslni davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va uy
xo’jaligini yuritish oilaga xos asosiy jihatlar ekanligiga urg’u berib o’tadi.
Agarda S.D.Laptenok esa uy xo’jaligini yuritish (maishiy yumushlarni tashkil
etish), aholi sonini qayta tiklash, farzandlarni tarbiyalash, shuningdek, ko’ngilli
1) ота-онанинг иш билан бандлиги;
2) мактабгача таълим муассасаларининг болаларни ўзида етарлича қамраб
олмаслиги;
3) бола тарбиясида моддий таъминот аҳамиятининг ортиши;
4) қулай бўлмаган турар-жойга эгалик;
5) оиланинг хўжалик шароити;
6) ота-оналарнинг “ўзи учун яшаш” каби худбинона қарашларга эгалиги.

85
dam olish (hordiq chiqarish)ni tashkil etish zamonaviy oilalarga xos bo’lgan


muhim jihatlar ekanligiga alohida urg’u berib o’tgan bo’lsa, N.T.Yurkevichning
ilmiy izlanishlarida zamonaviy oilalarga xos bo’lgan muhim jihatlar sifatida oila
a’zolari o’rtasidagi ma’naviy muloqot, seksual faoliyat, bolalarni dunyoga
keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo’jaligini samarali yuritish uchun
zarur shart-sharoitni yaratish, oila a’zolarining ko’ngilli dam olishlarini tashkil
etish, ularning bir-birlarini o’zaro moddiy va ma’naviy nuqtai nazarda qo’llab
quvvatlashlari kabi holatlarni e’tirof etib o’tadi.
Zamonaviy oilalarga xos bo’lgan muhim jihatlar yuzasidan fikr yuritar ekan,
A.G.Xarchev quyidagi holatlarni o’zaro farqlaydi: aholi sonini qayta tiklash,
ijtimoiylashuv, uy xo’jaligini yuritish, moddiy ne’matlarni iste’mol qilish hamda
oila a’zolarining ko’ngilli dam olishlarini tashkil qilish.
Yuqoridagi fikrlardan anglanadiki, bir guruh oilashunos mutaxassislar oilaning
asosiy jihatlari xususida turlicha yondashuvlarni bayon etadilar. Ularning e’tirof
etishlaricha, oilaga xos muhim jihatlarni shunchaki sanab o’tish emas, balki ularni,
bir tomondan, kishilarning moddiy, xo’jalik-maishiy, ikkinchi tomondan,
emotsional, ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondirishdagi imkoniyatlarini farqlash
muhim sanaladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin