Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org
Salbiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati.Quyida salbiy
mazmunga ega metodlardan namunalar keltirilib, ularning mohiyati yoritiladi. Bolaning u yoki bu harakatlariga salbiy baho berish, uning salbiy odatlarini bartaraf
etish hamda zararli xatti-harakatlarining oldini olish maqsadida qoralash metodidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Uning yordamida ijobiy xulq-atvor
rag’batlantiriladi. Bunda xushmuomala murojaat qilish zarurdir.
Qoralash metodini uzluksiz ishlatish, ayniqsa, muayyan bolaga nisbatan
qo’llayvermaslik kerak. Zero, bunday holda bu metod o’zining ta’sirchanligini
yo’qotishi yoki bolada o’z imkoniyatlariga ishonchsizlikning qaror topishi uchun
zamin yaratishi mumkin. Pedagogik texnika talablariga muvofiq qoralash metodini
yumshoqroq ohangda aytilgan ta’na va ginadan g’azab va jahlning paydo
bo’lishiga qadar oraliqda qo’llash mumkin.
Ishonchsizlik bildirish – bilvosita talab shakli bo’lib, boshqa, ta’sir kuchi
kamroq metodlarni qo’llash ish bermagan vaziyatlarda qo’llaniladi. Agar ota-
onalar tomonidan bildirilayotgan ishonchiga qisman putur etgan, bola xulqida
salbiy odatlar namoyon bo’layotgan bo’lsagina ushbu metodni ishga solish
o’rinlidir. Shu bilan birga ishonchsizlik bildirish bolalar bilan tashkil etilayotgan
munosabatlar mezoni darajasiga ko’tarilmasligi zarur. Aks holda ularning ota-
onalari bilan bo’lgan munosabatlarida to’g’rilab bo’lmas xatolar yuzaga keladi.
Xususan, ovqat eyilib fotiha o’qilgach, dasturxon yig’ishtirilmay qoldi. Ertasiga
onaning bolalar bilan suhbatda jiddiy tarzda: “O’zlaringizdan bilib hech narsa
qilolmaysizlar. ... Men bo’lsam sizlarga ishonib o’tiribman-a!”, - deyishi maqsadga
muvofiqdir.
Bilvosita talabning bu shakli hamisha bolalarga o’zlarini oqlash, ota-ona ularga
ishonishi mumkinligini ish bilan isbotlash imkonini berishi lozim. Bordi-yu
ishonchsizlik
bildirish
bolaning
ijobiy
harakatlari
va
muomalasini
rag’batlantirmasa, uni tarbiya amaliyotida qo’llamagan ma’qul.
Qo’rqitish – tarbiya metodlaridan biri bo’lib, salbiy mazmunga ega. Undan
foydalanishda bolalarning zarur harakatlarini rag’batlantiruvchi omil ularni
yoqimli faoliyat turi bilan shug’ullanish, qandaydir huquqlardan mahrum qilish
haqidagi ogohlantirishdir. Masalan, uyga berilgan topshiriqlarni bir necha marta
bajarmay borgan bolaga ota: “Agar yana shunday qilsang, endi topshiriqni mening
nazoratim ostida bajarasan” deydi.
Qo’rqitish tarbiyaning eng oxirgi usullaridan biri bo’lib, undan keyin jazolash
qo’llaniladi. Ushbu metoddan samarali foydalanishning muhim qoidasi ota-onalar
harakatlarining izchilligidir. Agar talab bajarilmay qolsa, amalda qo’rqitishdan
105
foydalaniladi. Ishonchsizlik bildirish va qoralash bilan birga qo’rqitish pedagogik
talabning shunday shakllariga mansubki, ularning kuchi va ta’siri o’zining
qo’llanish tezligiga teskaridir.
40 dan ortiq oila, ota-onalarning faoliyatini kuzatish ularning bolalar bilan
munosabatlarni yo’lga qo’yishda ijobiy yoki salbiy metodlarning turli
ko’rinishlaridan foydalanishlarini tasdiqladi. Oilalar hayoti, ota-onalarning
tarbiyachi sifatidagi tajribasi bugungi kunda o’zbek oilalarida quyidagi metodlarga
ko’proq murojaat etilayotganligini tasdiqladi: