Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə82/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

talablar deb atash mumkin.
Talab mazmun jihatidan ham, shakl jihatidan ham rivojlanib boradi. Yuqorida
aytib o’tilganidek, pedagogik vaziyatlar o’zgarmas holat emas, ular doim o’zgarib
turadi. U yoki bu metodlarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishar
ekanlar ota-onalar mavjud vaziyatning zarur yo’nalishida rivojlanishini boshqaradi.
Ota-ona bevosita talablarni qo’yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga
kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi.
Shu bilan u bevosita talablarning muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun shart-sharoit
hozirlaydi.
Shu bilan birga, tarbiya jarayonida ijobiy talablardan ko’proq foydalanilayotgan
oilalarda ota-onalarning bolalarni hurmat qilishlari, ularga nisbatan mehribon
ekanliklariga guvoh bo’ldik. Shuningdek, bunday oilalarda bolalar tomonidan ota-
onalar tomonidan bildirilayotgan ko’rsatmalarning aniq bajarilishi kuzatildi.
Aksincha, salbiy metodlarni suiiste’mol qiladigan ota-onalarni bolalar hurmat

108
qilmaydilar, oilada intizom mavjud emas, tarbiyaviy jarayon samarali tashkil


etilmaydi.
Bu albatta, tasodifiy emas. Bolalarga ijobiy munosabatda bo’ladigan, ularga
bo’lgan munosabatlarini ishonch bilan ifodalaydigan ota-onalarning o’z
faoliyatlaridan qoniqish hosil qiladi. Bunday muhitda bolalar bilan ota-onalarning
samimiy munosabatlari rivojlanadi. Va aksincha, ota-ona bolalar faoliyatini
nazorat qila olmasa, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni, shuningdek, ijtimoiy-
foydali mehnatni tashkil etish ko’nikmalarini shakllantira olmasalar tarbiyasi
samaradorligi to’g’risida so’z yuritish befoydadir. Bunday oilalarda tarbiyaviy
jarayon doimiy do’q-po’pisa, asabiylik asosida tashkil etiladi.
Shunday qilib, oila muhitida tarbiya metodlaridan samarali foydalanish,
bolalarni ijtimoiy-foydali mehnatga o’rgatish alohida o’rin tutadi. Shuning uchun
ham bolalar bilan yaxshi munosabat o’rnatish uchun ijobiy metodlarni ko’proq va
salbiy metodlarni kamroq ishlatish zarur.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin