Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Neyrolingvistik dasturlashtirish to‘g‘risida umumiy tushunchalar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə91/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

7.1.Neyrolingvistik dasturlashtirish to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Neyrolingvistik dasturlashtirishda shaxsga nisbatan psixologik rasming muvaffaqiyati mazkur jarayonning obyekt va subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muhitining tashkil etilishidadir. Neyrolingvistik dasturlashtirishda (bundan keyin NLD) shaxsga o‘tkaziladigan ta’sir sub’ekt bilan obyekt o‘rtasidagi anglanmagan holda o‘zaro moslashish tufayli amalga oshiriladi. Buning asosiy sababi – inson to‘g‘risidagi birinchi taassurotning 55 foizi noverbalkonunikatsiya kanallari hisobiga, 38 foizi tovush xarakteristikalari hisobiga va faqat 7 foizi berilayotgan ma’lumotning mazmuni bilan belgilanishidadir1.

NLD o‘z mazmuniga ko‘ra insonning psixologik jarayonlari va xulq-atvori modeli bo‘lib, xuddi kompyuter dasturlari majmuasi kabi qurilgan. Shaxsning hayot faoliyati samaradorligi uning “dasturiy ta’minoti” bilan belgilanib, yanada mukammal psixik faoliyat “dasturlari”ga o‘tish hisobliga oshirilishi mumkin.
NLD, ya’ni “neyrolingvistik dasturlashtirish” deganda “neyro” tushunchasi insonning har qanday faoliyati va xulq-atvori uning bosh miyasi hamda tanasidagi nevrologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekanligini, “lingvistik” tushunchasi esa fikr va faoliyatni tashkil etish va tartibga solish hamda shaxslararo muloqot til orqali amalga oshirilishini aks ettiradi. “Dasturlashtirish” tushunchasi esa inson u yoki bu darajadagi muhim natijalarga erishishi uchun psixikasini tashkil etishi yo‘llari (dasturlari)ni nazarda tutadi.
NLD inson ongi ostiga deyarli sezdirmay ta’sir etish asosida o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishning juda samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Neyrolingvistik dasturlashtirishning asosiy tamoyillari

Hozirgi vaqtda neyrolingvistik dasturlashtirish, uni kundalik hayotda qo‘llanilishi to‘g‘risida bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan1. Mazkur faslda S.V.Kovalevning “Zamonaviy NLDga kirish: Shaxsiy samaradorlik psixotexnologiyalari” ("Vedeniev sovremennoe NLP: Psixotexnologi ili chnostnoy effecti v nosti") nomli o‘quv qo‘llanmasida keltirilgan NLDga oid ayrim ma’lumotlar, bazaviy texnikalar va usullarning pedagogic diagnostika va korreksiyada foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.Odamlarning tashqi va ichki ta’sirlarga nisbatan aksariyati reaksiyalari avtomatik va stereotip bo‘lib, ko‘p hollarda foydali hamda optimal bo‘lmaydi. Noratsional, eski dasturlarni nisbatan samarali bo‘lganlariga almashtirish hisobiga ichki va tashqi ta’sirlarga nisbatan muvaffaqiyatli bo‘lgan aks ta’sir hamda xulq-atvorni shakllantirish mumkin. Pedagogik korreksiya jarayonida o‘quvchi shaxsiga o‘tkaziladigan tarbiyaviy ta’sir samaradorligi NLD bazaviy texnikasining quyidagi tamoyillariga rioya qilinishiga bog‘liq:



  1. Har bir muammo o‘z yechimiga ega. To‘g‘ri, bunda “atrof-muhit o‘zgaruvchilari”ga biz ta’sir eta olmasligimiz mumkin. Biroq, har qanday vaziyatda muammoni hal etish yo‘llari - “tanlov о‘zgaruvchilari”ni tanlash bizning ixtiyorimizdadir.



  2. Har birimizda muammolarni hal qilishimiz uchun yetarli resurslar bilim, ko‘nikma va tajribalar mavjud bo‘lib, faqatgina ularni kerakli va zarur ketma-ketlikda foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak.



  3. Наr bir vaziyat bir necha variantdagi yechim yo‘llariga ega. Shuning uchun, agar muammoni hal qilishda bir variant yaxshi (yoki umuman) ishlamasa, u holda boshqa variantni qo‘llab ko‘rishimiz, masala yechimiga yangicha yondashishimiz kerak.




  4. 1 Hu i it I’ НЛП: навыки эффективной презентации. -СПб. Питер. 2002; Ковалев С.В. Hi" ни<- и современное НЛП: Психотехнологии личностной эффективности: Учебное
    Iti-i "inn М изд-во "Флинта", 2002. Зарайский Д.Д. Управление чужим поведением. - .'I пни 114-никс”, 1996; Паркинсон Дж.Р. Люди сделают так, как захотите Вы. / Пер.с Мич I Мурина -Т.: “Шарк”; 1994 Семке В.Я Умейте властвовать собой, или беседы о oiiipiiHiill н вольной личности. -Новосибирск, Наука. 1991.

    Muammo - aks aloqa mexanizmi bo‘lib, uning vositasida asosiy ma’lumot olinishi kerak. Har qanday muammo - faoliyat (harakat) yo ulushini o‘zgartirish uchun signaldir.




  5. Mag‘lubiyatlar emas, balki faqat aks aloqa mavjuddir. Наr qanday muvaffaqiyatsizlikka inson o‘zini-o‘zi ayblashi uchun bahona sifatida emas, balki amaliy faoliyatidagi yangi tajribaga ega bo‘lish, muammoni yangicha yechim yo‘llarini izlash va uni hal qilinishi uchun turtki sifatida qarashi kerak.



  6. Har qanday xulq-atvorimiz o‘sha vaqt va vaziyat uchun mavjud bo‘lgan variantlar ichidagi eng yaxshisidir. Biz o‘z bilim va ko‘nikmalarimizdan kelib chiqib doimo eng yaxshi qaror qabul qilganmiz. Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar esa mavjud qarorlardan yaxshirog‘ini qabul qilishni ayni vaqtda bilmasligimizdadir. Shuning uchun xatti-harakatlarimiz va xulq-atvorimiz o‘sha vaqt va vaziyat uchun eng yaxshisi bo‘lgan. Shu sababli xato va muvaffaqiyatsizliklarimiz uchun o‘zimizni ayblashimiz kerak emas, chunki o‘sha vaqt va vaziyatda biz mavjud imkoniyatlarimiz doirasidagi bilim, ko‘nikma va tajribamizdan kelib chiqib qaror qabul qilganmiz.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin