Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYADA TA’LIMNING MA’LUMOT BERUVCHI METODLARIDAN FOYDALANISH



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə81/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

20-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYADA TA’LIMNING MA’LUMOT BERUVCHI METODLARIDAN FOYDALANISH.
Asosiy savollar:





  1. Pedagogik korreksiyada ko‘rgazmalilik metodi namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib borilishi mumkin.



  2. Pedagogik korreksiyada interfaol metodlarni qo‘llash



  3. «Rezyume», «Muammo», «Labirint», «Yelpig‘ich», «Muloqot», KBI (kuzatish, baxslashish, ishontirish) kabi metodlar



Pedagogik korreksiya jarayonida o‘quvchi shaxsida zarur fazilatlarni shakllantirishda ta’lim metodlarining ikki guruhidan - ma’lumot beruvchi va faollashtiruvchi metodlardan ham foydalanish mumkin. Umuman olganda, bu metodlar shaxsga ma’lumot berish orqali uni ishontirishga va mashq qildirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs faoliyati samaradorligini oshirishi ta’minlashi zarur. Pedagog bu metodlar vositasida yoshlar ongida ma’naviy-axloqiy fazilatlarga oid to‘g‘ri va aniq tasavvurlarni, ijobiy his-tuyg‘ularni hamda e’tiqod shakllantirishi, ularni hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot beruvchi metodlar - o‘quvchiga ma’lumotni og‘zaki va (yoki) vizual holda yetkazib, unda korreksiya qilinishi belgilangan muammoga oid bo‘lgan yetarlicha chuqur va keng bilimlarning shakllanishiga yordam beradi. Bu metodlarni ba’zi adabiyotlarda “didaktik metodlar” deb ham yuritiladi. Ushbu metodlarning asosiy maqsadi - o‘quvchi(lar)ga imkon qadar qisqa vaqt mobaynida muammoning kelib chiqishi, uning mohiyati hamda bartaraf qilish imkoniyatlari to‘g‘risida yetarlicha katta hajmdagi ma’lumotni berishdan iborat.
Korreksiya jarayonida ma’lumot beruvchi metodlarga og‘zaki bayon qilish, kirish ma’ruzasi, videoma’ruza, slaydli taqdimot, illyustratsiya hamda brifing kabilarni kiritish mumkin.
O‘quvchilarga ma’lumot berishda og‘zaki bayon qilishning suhbat va hikoya kabi turlaridan foydalanilganda quyidagi didaktik talablarga rioya qilish kerak bo‘ladi:



  • bayon qilinayotgan materiallar g‘oyaviy jihatdan mazmunli bo‘lishi, ilmiy va nazariyani amaliyot bilan bog‘lanishi;



  • bayon qilinayotgan materiallarning tarbiyaviy ahamiyatini to‘g‘ri belgilash orqali o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish vositalarini aniqlanishi va amalga oshirilishi;



  • bayon qilishda pedagogning nutqi yagona manba hisoblanib, uning ravon, tushunarli va his-tuyg‘uli ifoda qilinishi.



Korreksiya jarayonida ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishning muhimligi pedagogning tahlil qilinayotgan muammolarni hissiy idrok etish va mushohada qilishga o‘ quvchilarni undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishlariga va nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlariga o‘rgatish bilan izohlanadi. Bunda o‘quvchilarning imkon qadar barcha reprezentativ tizimlarini faollashtirishga erishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Pedagogik korreksiyada ko‘rgazmalilik metodi namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib borilishi mumkin. Bunda namoyish etish va illyustratsiya qilishda qo‘llaniladigan tasviriy - ko‘rgazmali materiallarni, ularning mazmuni va tuzilishiga qarab, ikki turga bo‘lish mumkin:
Jism, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar - rasm, surat, fotosurat, diafihn, kinofilmlar va hokazo.
Jism, hodisa va voqealarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik yoki sxematik tasviriy materiallar - xaritalari , chizmalar, diagrammalar va hokazo.
Tasviriy-ko‘rgazmali materiallarning har ikkala turi - ill­yustratsiya materiallari deb ham yuritiladi. Masalan, buyum va narsalarni tabiiy holda ko‘rsatishni ikki usulda namoyish qilish mumkin:



  • pedagog bayon qilayotgan materiallari bilan bir vaqtda (faqat pedagog tomonidan tahlil qilinayotgan muammoga oid ko‘rgazma materiallari bilangina) ko‘rsatilishi;



  • ko‘rgazmali materiallarning soni yetarlicha bo‘lsa, ular har bir o‘quvchiga tarqatilishi.



Tasviriy ko‘rgazma materiallarining har ikkala turini ham ikki xil usulda olib borish mumkin:



Pedagogik korreksiyada tasviriy illyustratsiya materiallaridan unumli foydalanish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:



  • o‘quvchilarga mash g‘ulot oldidati namoyish jarayonida ko‘zlangan maqsad, e’tibor berilishi kerak bo‘lgan detallar qisqacha tushintiriladi;



  • ko‘rgazmali materiallar pedagog bayonining ma’lum paytida ko‘rsatiladi va (yoki) tarqatiladi;



  • namoyish jarayoni pedagog tomonidan izohlab beriladi.






Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin