Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə42/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Nazorat qilish vazifasi o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalar darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o’quv materiallarini o’rganishning keyingi bosqichiga o’tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda ta’lim beruvchining o’quv metodlarini va usullarini to’g’ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o’quv materiallarini o’rganishning maqbul yo’llarini topish bilan bog’liqdir.
O’qitish vazifasi ta’lim oluvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko’rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda ta’lim oluvchilarning o’tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo’lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug’iladi. Chunki, guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar javob berayotgan ta’lim oluvchining fikrini diqqat bilan tinglashadi va avval egallagan bilimlarini mustahkamlab, qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi. O’rtoqlarining javoblariga qo’shimcha qilishga yoki echilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o’rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, ta’lim oluvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar.
Shuningdek, tekshirish va baholash ta’lim oluvchining o’z bilimlari va qobiliyatlarini o’zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. o’zidagi kamchiliklarni ko’ra olishga va uni tugatish yo’llarini izlashga ko’maklashadi. Lekin ta’lim oluvchining bilimini baholashda ta’lim beruvchi nohaqlikka yo’l qo’ysa, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko’p bo’lishi ham ta’lim oluvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.
Eng asosiysi, o’zlashtirishni hisobga olish, shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirish, yaxshi o’qishga xohish uyg’otish, o’quv ishlariga vijdonan yondashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo’lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilmog’i lozim.
Agar nazoratning o’qitish va tarbiyalash vazifalari to’g’ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his – tuyg’ulari va axloqiy sifatlarni tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu esa o’z – o’zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin