Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə41/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

4. Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar.
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv dasturida ko’rsatilgan etalon (ko’rsatkich, qolip, o’lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko’rsatilgan son jihatdan o’lchashiga aytiladi. O’zlashtirish tabellari, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholash shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko’rinishida qayd etiladi. Ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. Bunda ta’lim oluvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko’rsatkichlari ko’proq ballar yoki foizlarda, sifat ko’rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko’rsatkich (masalan o’rin – 1,2,3,4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o’lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholarni son sifatida qo’llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholash harfi (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash) dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi
Bq ∙ 100%
nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o’zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o’zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to’liq hajmi.
Ko’rinib turibdiki, o’zlashtirish ko’rsatkichi (baho) bu o’rinda 100% - axborotni to’liq o’zlashtirish va 0% - uning umuman mavjud emasligi o’rtasida bo’ladi. Ma’lumki, baholash funktsiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho – pedagog ixtiyoridagi o’qishni, ijobiy motivatsiyani rag’batlantirishning va shaxsga ta’sir ko’rsatishning yagona vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida, ta’lim oluvchilarda adekvat o’z – o’zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma – xilligi ta’lim oluvchilar o’quv faoliyatlarining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni izlab topishni talab etadi.
Ta’lim beruvchi o’qitish bilan bir vaqtda ta’lim oluvchilarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O’zlashtirishni hisobga olish ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini rag’batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o’zlashtirishni hisobga olish ta’lim beruvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O’qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o’qituvchining pedagogik mahorati ko’rsatkichiga aylanmoqda va ta’lim beruvchining o’z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
To’g’ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o’z bilimlarini takomillashtirishga intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va axloqiy rivojlanishiga ta’sir etadi.
Ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
  • o’quv dasturi asosida mavzu va bo’limni o’rganishda ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;


  • har bir yakunlangan mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilarning faoliyati to’g’risida to’liq xulosa chiqarish;


  • o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini baholamaslik;


  • ta’lim oluvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.


Demak, o’zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin