Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə43/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo’lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhdagi ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi.
Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi muvaqqat Nizom”iga oid nazorat turlari quyidagicha:
- Joriy nazorat (JN)
- Oraliq nazorat (ON)
- Yakuniy nazorat (YaN)
Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda , seminar, labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) bo’limi tugullangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” (tibbiy oliy ta’lim muassasalari uchun “Yozma ish” yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o’tkaziladi.
Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosida ko’pi bilan 40 % fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og’zaki, test, himoya va hokazo) o’tkazilishi mumkin.
Talabaning fan bo’yicha mustaqil ishi JN, ON hamda YaN turlarida baholanadi.
Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Ya,N – 30 ball; JN va ON – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlariga taqsimlanadi).
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
  • xulosa va qaror qabul qilish;


  • ijodiy fikrlay olish;


  • mustaqil mushohada yurita olish;


  • mohiyatini tushunish;


  • bilish, aytib berish;


  • tasavvurga ega bo’lish.


71 – 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:


  • mustaqil mushohada yurita olish;


  • olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;


  • mohiyatini tushunish;


  • bilish, aytib berish;


  • tasavvurga ega bo’lish.


55 – 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:


  • mohiyatini tushunish;


  • bilish, aytib berish;


  • tasavvurga ega bo’lish.


Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi (qoniqarsiz) 0 – 54 ball bilan baholanishi mumkin:


  • aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;


  • bilmaslik.


Shuningdek, 86 – 100 ball – “a’lo”, 71 – 85 ball – “yaxshi”, 55 – 70 ball – “qoniqarli”, 0 – 54 ball – “qoniqarsiz” baho deb baholanadi.


Talabaning fan bo’yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin