Rf q
bu erda:
V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
O’ – fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi, aksincha, 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi.
Biz barcha uchun umumiy bo’lgan quyidagi amallarni talabalar bilan bajarishni tavsiya etamiz:
fan o’qituvchisi semestr davomida o’qitiladigan fanni soatlar taqsimotini aniq bilish lozim;
talabalarga birinchi mashg’ulotdayoq baholash turlariga dahldor ballar miqdorini berishi shart;
JN har bir juftligiga beriladigan ball miqdori talabaning quyidagi harakatlari uchun beriladi: mashg’ulotga qatnashish va faol ishtiroki; topshirilgan topshiriqni bajarilganlik darajasi; daftar tutishi va imloviy xatolarga e’tibor qaratilishi, olingan natijalarni ilmiy va izchil asoslay olishi, hozirjavobligi, topqirligi va ijodiy fikrlar bilan qatnashishi;
Oraliq nazoratga ajratilgan ball miqdorini talaba darsga doimiy faol qatnashishi hamda bosqichlarda bajaradigan ishlarning natijasiga ko’ra to’playdi. ON da bajariladigan ishlar: savolnomalarga yozma javob berish, test savollarini echish, alohida bob yoki mavzularni mustaqil ish tarzida test savollari, boshqotirmalari yoki rebuslar tuzish, ayrim mavzulardan referatlar yozish yoki mavzulardan og’zaki savol – javob qilish kabilardir.
YaN ga Nizom bo’yicha ajratilgan 30 ballga moslab, semestr oxirida mustaqil ish topshiradi hamda tayanch tushunchalarga asoslangan variantlar tuzilib, talaba o’z variantiga javob tarzida “Yozma ish” yozadi. YaN dagi ballar miqdori yozma ishning quyidagi holatlari uchun beriladi: variant savollariga yozilgan javobning mukammalligi, talabaning savodli va ilmiy tilda bayon etishdagi e’tibori, fikr – mulohazalarining asosli va mantiqli ekanligi, daftarni tutish va jihozlash tartibiga rioya qilinganligi, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlarni keltirilishi kabilardir.
Umuman, reyting tizimi quyidagicha vazifalarni bajarishga qaratilganligini unutmasligimiz lozim:
fanning talaba tomonidan tizimli tarzda belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil qilish;
talaba o’zlashtirishini muntazam baholab borish;
talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish;
talabaning bilimini adolatli va aniq baholash;
baholash natijalarini muntazam ma’lum qilish va tahlil qilish;
professor – o’qituvchilarning har bir darsga va baholash jarayoniga mas’uliyatini oshirish;
o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
Yuqorida keltirganlirimizdan ko’rinadiki, bilimga baho qo’yish bitta mashg’ulotning barcha qismlariga singib ketishi bilan birga butun fanning mazmunidan ham xabardor bo’lishini taqozo etadi. Bu esa ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi doimiy ijodiy munosabatni amalga oshirishni talab etadi. Ular o’tilgan materiallarni qaytarish, yangi materiallarni tushunish uchun zamin ekanligini tushunib etadilar, barcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga faollik ko’rsata boshlaydilar. Talabalarni JN, ON va YaN lar bilan baholar ekanmiz, albatta, ularning yutuq va kamchiliklarini yoritib berishimiz, javoblarini yoki yozma bajargan ishlarini tahlil qilishimiz lozim. Chunki, fan ta’lim beruvchisi talabalaning semestr davomida bajargan ishlari, faol ishtiroki va boshqa javoblarini aniq hisobga olib bormasa va natijaviy balini chiqarganda qisqacha izohlab bermasa, ular qo’yilgan bahoning to’g’riligiga shubha tug’ilishi mumkin.
Talaba o’z bilimining qanday yutuq va kamchiligi borligini tushunib, nima uchun uning bali oshganligini yoki pasayganligini anglagandagina u rag’batlantiruvchi rol o’ynashi mumkin. Talaba o’z xatosini tushungach, uni to’g’rilashga ongli ravishda intiladi. Aks holda, bu talabaga ham, uning o’qishga bo’lgan munosabatiga ham salbiy ta’sir etadi. Unda tirishqoqlik, o’z bilimiga va iqtidoriga bo’lgan ishonchi pasayib boradi, ta’lim beruvchiga nisbatan ishonchsizlik paydo bo’lib uni “adolatsiz” ga chiqarib qo’yadi.
Ta’lim beruvchining to’g’ri va adolatli asoslashi, garchi, salbiy harakterda bo’lsa ham, talabani qanoatlantiradi. Ta’lim beruvchi bilimni doim nazorat etib ball bilan baholar ekan, talabaning ishiga bo’lgan munosabatini aytib o’tadi. Erishgan yutuqlari uchun rag’batlantirsa, kamchiligi uchun koyiydi. Uni bartaraf qilish mumkinligini ham ijodiy tayyorgarlik paytida asosiy e’tiborini nimalarga qaratish kerakligini ko’rsatadi. Bunday asoslash talaba yutuqlarning aniq bahosi bo’libgina qolmay, balki uning bundan keyingi o’qishdagi vazifalarini bajarishga yordam beradi. Bu, talabada umid uyg’otadi. O’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi va ta’lim beruvchi – ustozga nisbatan ham e’tiqodni yanada kuchaytiradi. Eng asosiysi ular kelajakda o’zfaoliyatlariga tanqidiy ko’z bilan qaraydigan jiddiy shaxslar bo’lib etishadilar.
Demak, bilimni to’g’ri va haqqoniy baholash ta’lim beruvchining pedagogik faoliyatiga ham katta ta’sir kursatadi va quyilgan bahoga javobgarligini oshiradi. Baho talabaga ta’sir etib, uning ijodiy va salbiy kechinmalarini jumbushga keltiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu kechinmalar faqat bahoning qandayligiga bog’liq bo’lmay, balki uning talaba ongiga qanday etkazishiga ham bog’liqdir. Faqat yuqorida aytib o’tilgan shartlarga rioya qilib, hamma tomon hisobga olingan holda, qo’yilgan ob’ektiv baho talabalarda axloqiy – irodaviy xususiyatlarni tarkib toptirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |