Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə60/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Me’yordan psixik og‘ishlik eng avvalo, bolaning aqliy rivojlanishi uning psixik nuqsonlari bilan bog‘liq. Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishda to‘xtalish (ZPR) bo‘lgan bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan oligis kichik va phren-aql) lar kiradi. Bu psixik og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib autism (yunon tilidan, aytos sam, o‘zi)- psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan harakterlanadi va (o‘zini-o‘zi o‘ldirish) suiqasdga moil bo‘ladi.
Me’yordan psixik og‘ishgan bolalarnigina alohida guruhiga iqtidorlilar kiradi. Bu bolaga muvaffaqiyatga erishishni ta’minlovchi, biron-bir faoliyatni bajarishda, yutuqlarga erishuvida muhim bo‘lgan bolalar iste’dodining o‘ziga xos turlaridir. Hozirgi davrda bolalardagi iste’dodni ulardagi musiqaga, san’atga, tasviriy san’atga, sport, aqliy qobiliyatlarini ertaroq aniqlovchi ajoyib metodikalar ishlab chiqilgan. Bu metodikalar bolalar qobiliyatlarini shakllantirishga ham hizmat qiladi. . Pedagogik me’yordan og‘ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika juda kam qo‘llaniladi. Pedagogik me’yorlarda eng avvalo standartlar ko‘zda tutiladi. Ular ta’lim darajalarini belgilab beradi.ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik me’yordan og‘ish me’yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yorlar bo‘lib, mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlar hisoblanadi. Bu standartlarga muvofiq darajadagi ta’limni o‘zlashtirish lozim. Boshlang‘ich ta’limni egallash, o‘rta ma’lumot (9-sinf)ni olishi va o‘rta maxsus yoki kasb ta’limini olgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim (1997) hamma uchu majburiydir. Shu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus yoki kasb ta’limi (o‘qish muddati 3 yil) davomida amalga oshiriladi.
Biroq o‘rta ma’lumotni olmagan bolalar ham bor. O‘zi mustaqil kasb ta’limi faoliyati turlarini egallay olmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Bunday bolalarning o‘qishga xoxishi yo‘qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasb faoliyati bilan shug‘ullana olmasligi kabi xususiyatlari birlashtiradi. Shunday holatlardan kasb xususiyatlari birlashtiradi. Shunday holatlardan kasb ta’limiga ega bo‘lmagan bolalar kelib chiqadi. Bu me’yordan og‘ishganlikni bartaraf etishda mutaxassisning ijtimoiy-pedagogik yordami zarur bo‘ladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin