Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Deviasiya tiplari (me’yordan og‘ish)



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə62/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Deviasiya tiplari (me’yordan og‘ish).
Jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqqan o‘smirlar og‘ir tarbiyalilar deb ataladi.
Og‘ir tarbiyali o‘smir jamiyatda o‘rnatilgan qoida va me’yorlarga rioya qilmaydi. Bunday holat ilmda deviasiya deyiladi. (lotin tilida deviatto-og‘ishlik). Masalan, fizikada kompas magnit strelkasining, biologiyada organizm rivojlanishida og‘ishlik holatlari uchraydi. Deviasiya og‘ishlikning inson va bir tomondan uni o‘rab turgan atrof-muhitga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasidir. O‘zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan bog‘liq. Ilgari aytib o‘tilganidek xalq me’yoridek yoki og‘ishgan bo‘lishi mumkin
Me’yoriy xulq. O‘smirning rivojlanishidagi ehtiyojlari va imkoniyatlari, uning ijtimoiylashtiruviga to‘la javob beruvchi, unga adekvat monand qiluvchi mikrososium bilan uning o‘zaro faoliyatidir.
1. Adekvat (lotincha tenlashtirilgan, teng, monand, to‘la muvofiq keluvchi) mos kelish.
Agar bolaning atrofidagi muhit o‘smirni u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga doimo (yoki deyarli doim) o‘z vaqtida va adekvat (monand) bo‘lsa, o‘smirda xulq-atvor me’yoriy bo‘ladi. Bu fikrdan xulqi og‘ishganlikning tavsifi kelib chiqadi, biroq bolaning mikrososium bilan o‘zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini buzuvchi va ijtimoiylashuvida, yuzaga keluvchi xulqi, jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy hamda xuquqiy me’yorlarga qarshi turadi. Xulqiy og‘ishganlik ijtimoiy dezodaptasiyani (bola uchun ijtimoiy ahamiyatli sifatlar, ya’ni ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to‘siqlik qiladigan hodisa ko‘rinislari biridir.)
Bolalik - o‘smirlik dezodaptasiyada quyidagi patologiyalar o‘z tasdig‘ini topgan: Maktab yoshidagi bolalar maktabga bormaydilar, yetim bolalar, ijtimoiy yetimlar; giyohvandlik va zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi o‘smirlar; jinsiy axloqsiz o‘smirlar; xuquqbuzarlik faoliyatlariga berilgan o‘smirlar. Deviasiyaning tarkibiga deviantlik, delikvent va kriminal xulq-atvorlilar kiradi.
Deviant xulq-atvor – xulqiy og‘ishlikning bir turi bo‘lib, o‘smirning yoshiga muvofiq bo‘lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mikrososium munasabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinsiy yosh ijtimoiy guruhlari uchun xarakterli bo‘ladi. Ya’ni xulq-atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. Deviant xulq-atvor ko‘rinishlariga o‘smirning namoyishkorlik, agressivlik, o‘ziga erk berish, o‘qish va mehnat faoliyatidan tizimli, muntazam og‘ishlik, uydan ketib qolish, daydilik, ichkilikbozlikka berilish, alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog‘liq assosial faoliyatlar; jinsiy xarakterdagi jamiyatga qarshi faoliyatlar.
Delikvent xulq-atvor deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assosial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda xuquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsa, biroq xuquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan hisoblanadi. Delikvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi, agressiv – zo‘ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik; o‘t qo‘yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi. Delikvent (lotin tilidan delikvent-xuquqbuzar) – xulqiy og‘ishgan subyekt, o‘z harakatlarida jinsiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
-g‘arazli xulq-atvor, o‘zida mayday o‘g‘rilik, bosqinchilik, talonchilik, avtotransportlarni o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko‘rishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat;
-giyohvand moddalarni tarqatish va sotish. Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotincha jinoyatchilik) xuquqbuzarlik harakati bo‘lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor.
O‘smirlarda deviant xulq-atvor sabablari.Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o‘tuvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog‘liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Biologik omil. Bola organizmining noqulay fiziologik yoki anotomik xususiyatlari mavjud bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan o‘tuvchi xususiyatlar. Ularga qat’iy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar, asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto‘g‘ri qo‘yish, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi, bosh suyagi-miya psixik jarohatlari, tanosil kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar;
-inson organizmiga ta’sir etuvchi psixologo-fiziologik og‘ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, samotik allergik kasalliklar turlariga olib kelishiga sabab bo‘ladi.
2. Samotik (yunon tilidan ota-tana) tana bilan bog‘liq, organizmdagi psixika qarama-qarshi bo‘lgan holat.
3. Xarakter aksehtuasiyasi – xarakterning alohida xususiyatlarining o‘ta kuchli ifodalanishi.
- fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstitusion-samotik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o‘z tengdoshalri, jamoa o‘rtasida chekkaga chiqish tortilishga olib keladi.
2. Psixik omil. Bola psixopotologiyasida yoki aksentuasiyasida (haddan tashqari zo‘riqish) xarakterning alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu xulqiy og‘ishganlik bola asab ruhiy kasalliklar, psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi.
Aksentukrlashgan xarakter xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiy- ijtimoiy reabilitasiyaga muxtoj va tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarning tadbirlarning ko‘rilishi talab etadigan bolalardir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin