Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə61/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Ijtimoiy me’yordan og‘ishganlik ijtimoiy me’yorlar tushunchasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy me’yorlar – bu jamiyatning u yoki bu davrida, bosqichida maxsus o‘rnatilgan xulq-atvorga oid qoidalar, hatti-harakat namunalari yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) qoidalardir.
Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o‘z tarixiy rivojlanish yo‘liga ega. Ular qadimgi davrlardan ma’lumdir. Jamiyat doimo o‘zini saqlab qolishga harakat qilgan. Shu maqsadda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli ijtimoiy cheklanishlar: miflar, tabu(ma’n qilish), an’analar, diniy dogmalar (aqidalar) kiritilgan.
Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt o‘tishi bilan yanada mustahkamroq xuquqiy axloqiy me’yorlar vujudga kelib, insonlar xulq-atvoriga bo‘lgan munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul qilingan axloq va huquqiy me’yordan og‘ish holatlari shakllanishiga qarshi me’yorlar yuzaga keldi. Ijtimoiy me’yorlar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
1. Universal me’yorlar: jamiyatda har bir insonga taalluqli me’yorlar.
2. Xususiy me’yorlar: insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do‘st va boshqa)ga taalluqli me’yorlar.
Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar bola ijtimoiy me’yorlar va jamiyat qadriyatlarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, uni xulqiy og‘ishgan bola deb ataydilar.
Xulqiy og‘ishgan bolalar muammosi sosiologiya, psixologiya, va pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan.
Xulqiy og‘ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, toksikonomiya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik,daydilik, jinoyatchilik, xuquqbuzarlik va boshqalar kiradi.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda bu toifadagi bolalarni turlicha atamalar bilan beradilar: “tarbiyasi og‘ir”, “og‘ir xulqli”, “deviant bola”, “xulqi og‘ishgan”, “asosial xulqli bola”. Ijtimoiy rivojlanishda xulqiy og‘ishgan bolalar orasiga yana shunday toifadagilar: Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar ham kiradi. Bunday bolalar-yetimlar va “ijtimoiy yetimlar”dir. Ular biologik ota-onalari bo‘la turib, turli vaziyat sababli birga yashmaydilar. “Ijtimoiy maydondan chetlatilgan” bolalarni jamiyatga qaytarish uchun ularga yordam berish zarur. Shu sababli ijtimoiy pedagogning bunday bolalar bilan olib boradigan ishlari, bir tomondan, xulqiy og‘ishganlikning oldini olish profilaktika ishlari, jamiyatda qabul qilingan me’yor va qoidalarning buzilish holatlarida ogohlantirish, boshqa tomondan, xulqi og‘ishgan bolalarni reabilitasiya qilish ishlarini bajarish lozim.
O‘smirlik yoshida deviasiya (me’yordan og‘ish) holatlari. Deviasiya tiplari
O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb hisoblaydilarki, bu o‘sish bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, yetuk inson bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi. O‘smirlik yoshida o‘smirning yahlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro faoliyatda, munosabatlarning yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning jamiyatdagi vaziyati, holati almashadi unga kattalardan yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy yetilish faollashadi biroq ijtimoiy shakllanish orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiy-psixologik muommolarni vujudga keltiradi. O‘smirlik yoshida bolani o‘z –o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Men kimman? savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Uni o‘z –o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yoritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlanish holatlari bo‘lib turadi.O‘smir shaxsning shakllanishida tengdoshlarning ta’siri kuchaygandak bo‘ladi. Ko‘pincha o‘smir haqiqiy rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. O‘smir o‘zining erkin sezadigan, uni hurmat qilaladigan insonlar bo‘lgan bu muhitni ko‘proq yaxshi ko‘radi.
Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki o‘smirlar yig‘ilib muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va hokazo, yerto‘lalar ham bo‘lishi mumkin. Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar ayniqsa, ota-onalari bilan muomalali vaziyatda bo‘ladilar. Ota-onalar ularga, yosh bolalarga, go‘dak, g‘amxo‘rlik qilgandek munosabatda bo‘lishni o‘smir bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi. Shu sababli kattalar bilan o‘zaro munosabatlar janjalli vaziyatlar ko‘payadi. O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin bo‘lishga harakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir bu yoshda kumir, (ideal, havas qiladigan insonni) ya’ni film qahramonlari, kuchli katta yoshadagi inson, ko‘rsatuv qahramoni mashxur sportchi va boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun harakat qilish holatlari ko‘p uchraydi. Tashqi qiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch turmagi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, juda yorqin rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o‘smirga o‘zining boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini tan olishlariga harakat qiladi. Shu tariqa o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida quyidagilarni aytish mumkin: hissiy noyetuklik o‘z shaxsiy xulq-atvorini yetarli darajada qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o‘zini tan olishlariga bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smirlik – bu yetarli darajada yetilmagan va yetuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning chegarasidir. Katta deb hisoblanishi uchun yetarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan bir vaqtda atrofdagilar bilan ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o‘z xulq-atvori va harakatlari jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishda katta e’tibor talab etadigan bosqich o‘smir shaxsidir.
Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga yetmagan, biroq o‘z xulq-atvori va xatti-harakatlariga axloqiy hamda xuquqiy jihatdan mas’uliyatli bo‘lishga layoqatli deb hisoblaydi. Shu sababli o‘smirlar uchun o‘z xatti-harakati va cheklangan xuquqiy javobgarlik o‘rnatilgan.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin