Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYANING UMUMPEDAGOGIK VA MAXSUS TAMOYILLARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə77/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

18-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYANING UMUMPEDAGOGIK VA MAXSUS TAMOYILLARI


Asosiy savollar:
1.
Umumpedagogik tamoyillardan pedagogik korreksiya uchun ahamiyatli bo‘lganlaridan biri - pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligidir.
2.
Maqsad, xuddi qonunga o‘xshab, kishi faoliyatining xarakteri va vositasini belgilaydi.
3.
Pedagogik korreksion faoliyatda korreksion, profilaktik va rivojlantiruvchi vazifalarning birligi va o‘zaro bog‘liqligi tamoyili.
Pedagogika fanida tamoyillar deganda pedagogik faoliyatni tashkil qilishning birlamchi asosi tushuniladi va ularga muvofiq ravishda shu faoliyatning yo‘nalishlari, maqsadi va natijalari belgilanadi.

Pedagogik korreksiyada umumpedagogik va maxsus tamoyillar mavjud bo‘lib, korreksion faoliyatni rejalashtirish va tashkil qilishda ularga rioya qilish oldindan rejalashtirilgan natijaga erishish imkonini oshiradi.


Umumpedagogik tamoyillar. Umumpedagogik tamoyillardan pedagogik korreksiya uchun ahamiyatli bo‘lganlaridan biri - pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligidir. Maqsad, xuddi qonunga o‘xshab, kishi faoliyatining xarakteri va vositasini belgilaydi. O‘quvchi shaxsi rivojlanishi va tarbiyasining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, pedagogik korreksiya jarayonida o‘quvchi shaxsining mavjud bo‘lgan holati bilan erishish rejalashtirilayotgan holatini taqqoslash (qiyoslash)ning ro‘y berishi, korreksiya yordamida rejalashtirilgan natijaga erishish yo‘llari, vositalari hamda bosqichlarining mazmunini belgilashga, uning dasturini shakllanishiga zamin yaratadi.
Keyingi muhim tamoyil - pedagogik jarayonning yaxlitligi va tizimliligi bo‘lib, bunda pedagogik jarayonni tizim, ya’ni o‘zaro munosabatda va bog‘liqlikda bo‘lib, o‘ziga hos yaxlitlikni hosil qilgan elementlar majmuasi, deb qaralsa, pedagogning korreksion faoliyati shu tizimning ichki tizimi, subyektiv tizim yoki elementlaridan biri bo‘ladi. Shu bilan birga, pedagogik korreksiya faoliyatni boshqarishga asoslangan tizim tarkibini o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va yagona maqsadga qaratilgan faoliyatni ta’minlash imkonini beruvchi elementlar tashkil etadi.Pedagogik korreksiyaning navbatdagi tamoyili - insonparvarlik. Insonparvarlik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar. Insonparvarlik tamoyili o‘quvchida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashda, ta’Iim-tarbiya jarayonini o‘quvchi imkoniyatlaridan, uning qiziqishlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilishda o‘z aksini topadi.
Pedagogik korreksion faoliyatni tashkil qilishda insonparvarlik tamoyiliga o‘quvchi shaxsini hurmat qilish va oqilona talabchanlik tamoyili bilan birgalikda rioya qilinadi. Bunda, “oqilona talabchanlik” deganda pedagogik jarayonni o‘quvchi shaxsida ijobiy fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilganligi tushuniladi.
Nisbiy talabchanlik - korreksion faoliyat maqsadi bo‘lmasdan, o‘quvchi shaxsi taqdiri, uning barcha talablarni ongli ravishda qabul qilishi hamda ularga rioya qilishi, xulqi va qadriyatlarini korreksiya qilinishiga nisbatan bo‘lgan ishonchni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, pedagogning talabchanligi o‘quvchi g‘ururiga va shaxsiyatiga tegmasligi shart.
O‘quvchi shaxsining ijobiy, kuchli sifatlariga tayanish tamoyili yuqorida keltirilgan tamoyillarning davomidir. O‘quvchiga faqatgina insonparvarlik bilan munosabatda bo‘lish, uni shaxs sifatida hurmat qilish, pedagog sifatidagi hushyorlik, xarakteri va xulqidagi salbiy sifatlar qatorida uning himoyasiz ekanligini ko‘ra bilish, komillikka intilish tarbiyaviy-korreksion faoliyatni samarali tashkil qilishga imkon beradi.
Ijobiy fazilatlarga tayanish, ularni kuchaytirish va rivojlantirish va shu yo‘l bilan salbiy sifatlarini bartaraf etish orqali barkamol avlodni shakllantirish lozim. O‘smirlar ilk muvaffaqiyatlarga erishganlarida, xulq-atvorlarining yangi va nisbatan samarali shakllarini o‘zlashtirganlarida ularda o‘z kuchlariga va oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlariga bo‘lgan ishonch kuchayib boradi.
Shaxsning ongliligi va faolligi tarbiyaviy-korreksion jarayonning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ushbu tamoyil o‘quvchi shaxsida rejalashtirilayotgan korreksion o‘zgarishlarga ehtiyojning shakllantirish bilan bog‘liq. Shaxsda korreksion o‘zgarishlarga ehtiyoj, korreksiya jarayonining muhim bosqichida, passiv munosabatdan faol munosabatga o‘zgarishi mumkin. Pedagogik korreksion faoliyatda bu jarayonni “o‘quvchida tarbiyaviy faollikning shakllanish jarayoni” ham deyiladi. O‘quvchi bunday holat shakllantirilganida u korreksion o‘zgarishlarni amalga oshirishda pedagogga faol yordam bera boshlaydi — o‘quvchi pedagogik korreksiy ta’sir obyektidan korreksion ta’sir subyektiga aylanadi. Bu esa pedagogik korreksiyaning muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Ichki va tashqi ta’sirlarni qulaylashtirish tamoyili - o‘quvchining korreksion o‘zgarishlarga bo‘lgan ijobiy munosabatini uning yaqin ijtimoiy muhit tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Ushbu tamoyilning bajarilishi o‘quvchi shaxsida tanlagan yo‘lining to‘g‘ri ekanligiga ishonch shakllanishiga yordam beradi. Chunki, ayniqsa, o‘smirlik yoshida yaqin ijtimoiy muhit - sinfdoshlari, aka-ukalari va opa- singillarining fikri shaxs rivojlanishidagi muhim omillardan biri bo‘ladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin