Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYA METODLARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə79/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

19-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYA METODLARI


Asosiy savollar :
1.
Pedagogik korreksiyada umumtarbiyaviy metodlarni qo‘llanilishi
2.
Ishontirish, mashq qildirish, qayta ishontirish, ogohlantirish, rag‘batlantirish va jazolash metodlarni qo‘llanilishi
Pedagogik korreksiyani guruhli shaklda tashkil etilishida korreksiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda umumiy va maxsus metodlari tanlanadi. Bunda metodlarni yaxshi yoki yomon metodlarga ajratish noto‘ g‘ri bo‘lar edi. Korreksiya metodlarini tanlashga mantiqiy yondashib muammoning mazmuni, korreksiyaning maqsadi, guruh a’zolarining xarakterologik xususiyatlarini, mavjud moddiy-texnik baza va guruhdagi ijtimoiy muhitni hisobga olish zarur.

Ta’kidlash joizki, “yaxshi” yoki “yomon” metodlarning o‘zi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Tarbiyaviy ta’sirning samaradorligi qator omillarga va pedagogik talablarni bajarilishiga, tarbiya metodlaridan foydalatish mantig‘iga hamda ularni amalda qo‘llash ketma-ketligiga bog‘liq.


Pedagogik korreksiya pedagogikaning yangi sohalaridan biri bo‘lganligi sababli uning alohida metodlari tizimi haqida gapirish biroz murakkablik tug‘diradi. Shuning uchun ham pedagogik korreksiya jarayonida pedagogika, psixologiya va sotsiologiyada qo‘llanadigan ta’lim va tarbiya metodlariga tayaniladi.
Pedagogik korreksiyada qo‘llaniladigan metodlar o‘quvchi shaxsining ongi, xulqi hamda his-tuyg‘ulariga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazish orqali uning ijtimoiylashuvida va o‘quv adaptatsiyasida yordam berishi, xulqidagi mavjud og‘ishlarni tuzatishi, ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishi hamda ijobiy ijtimoiy tajriba to‘plashiga yordam berishi kerak.
Pedagogik korreksiyada umumtarbiyaviy metodlarni qo‘llanilishi.
Yuqorida ta’kidlanganidak, pedagogik korreksiyaning asosiy maqsadi va undan kutiladigan natija - o‘quvchilar xulqidagi og‘ishni tuzatish, ularda ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga nisbatan e’tiqodni shakllantirish va bu e’tiqodni darsning xulq-atvoriga aylanishiga yordam berishdan iborat. Shu sababli, korreksion faoliyat, birinchi navbatda, o‘quvchi shaxsida u yoki bu fazilatga nisbatan e’tiqodni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
E’tiqod - bu muayyan xarakatning zarurligi va to‘g‘riligini tushuntirish va isbotlash bo‘lib, shaxs ma’naviy bilimlarining haqiqiyligi va adolatli ekanligiga qat’iy ishonch, axloqiy faoliyatiga va xarakatiga nisbatan shakllangan ichki xohishdir. E’tiqod ishontirish zaminida shakllanadi. Masalan, yoshlarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligining muhimligiga nisbatan e’tiqodni shakllantirish uchun eng avvalo bu uyg‘unlik ularning barkamol bo‘lishlarida qay darajada zarur ekanligini anglab yetishlari kerak bo‘ladi.
Ishontirish jarayonida pedagog o‘quvchi shaxsining ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir o‘tkazadi. Ishontirishning asosiy vazifasi - ijtimoiy va axloqiy me’yorlarning mazmunini shaxs ongiga yetkazish va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat. Ishontirish metodi orqali , korreksiya maqsadiga erishish uchun shaxsning o‘ ziga xos xususiyatlari, xulqi, qiziqishlari, qadriyatlari, shaxsiy tajribasi kabi omillarni hisobga olish zarur.
Ishontirish pedagogika sohasidagi hikoya, suhbat, kirish ma’ruzasi, videoma’ruza, illyustratsiya kabi metodlar orqali amalga oshiriladi. Ishontirish - bu ma’lum fazilatning to‘g‘riligi va zarurligini tushuntirish hamda isbotlash bo‘lib, kishi ongini “dasturlashtirilsa”, mashq qilish kishida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Ishontirish va mashq qilish metodlari o‘zaro chambarchas bo g‘liqdir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin