6 Зеер Э. Ф. Психология профессий: учебное пособие для студентов вузов. М., 2003. 336 в.
Ish davomida olingan javoblar har doim ilmiy asoslangan, tekshirilgan va har tomonlama o'ylab ko‘rilgan boiishi kerak. Psixolog bilan quyuq shaxsiy aloqalar borish ehtimoli qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Psixolog chetdan, hissiyotga berilmasdan mijozning muammolariga qarab, qaror qabul qiladi. 4)Mijozni xurmat qilish prinsipi
Psixolog tajriba qilinayotgan mijozni qarashlarini hurmat qilishi, u bilan aloqada rostgo^, haqqoniy boiishi talab qilinadi. 3 4
Psixolog bilan muloqot davomida mijoz unga nisbatan ishonch, moyillik, va qoniqish hissini sezishi kerak.
Amaliy psixolog va mijoz o‘rtasida tenglikka asoslangan muloqot amalga oshsa, bu ish jarayoni optimal olib borilayotganidan darak beradi Mijoz o‘zini psixologning to‘laqonli hamkoridek sezishi kerak. Amaliy psixolog mijozning harakatlariga nisbatan
baholovchi gaplar aytishdan o‘zini tiyishi va unga keraksiz maslahatlar berishdan o'zini qaytarishi kerak. Buyurtmachiga psixolog tarafdan beriladigan yordam maslahat ko‘rinishida bo‘lishi kerak, uning kasbiy ishbilarmonligiga hurmat bilan qarab, ehtiyotkorona fikr bildirishi kerak.
5)Kasbiy konfidensiallikka rioya qilish Psixolog psixodiagnostik metodikalami maxfiyligini saqlay bilishi lozim. Bu shuni bildiradiki, kasbiy metodikalar professional
boimagan insonlar qo'liga tushmasligi kerak. Psixolog psixodiagnostik tajribalaming natijalarini maxfiyligini saqlab, javoblarni bexos yoki atayin tarqalib ketishini oldini
olish uchun xizmat qiladi. Mijoz to‘g‘risidagi ma'lumotlar hech qanday holatda ochiq munozaraga qo'yilishi kerak emas. Tajriba qilinayotgan mijoz o'zining psixologik ko‘rinishini bilishga qiziqishi mumkin. Bunday holatda psixolog ma'Iumotning ma'lum bir qismini ko‘rsatishi mumkin. G. Lessing fikriga ko‘ra “Mijozga faqat haqiqatni va faqat haqiqatni aytish kerak, lekin hammasini emas”. Jahon psixologiyasi tajribalari ko‘rsatadiki, psixodiagnostika va psixologik testlar bilan shug‘ullanishda ma’lum standartlar va kodekslarga amal qilinadi. Ushbu standart va kodekslarga ko‘ra, psixodiagnostik metodika natijalarini sharhlash uchun psixolog mas’uldir. Agar psixodiagnostik tekshiruv natijasida tekshirilgan shaxs biror ma’naviy yoki moddiy zarar ko‘rsa, psixolog javobgar hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki, psixolog psixodiagnost o‘zining kasbiy huquqiga ega. Ular kasbiy-etikaviy tamoyillami doimo yodda tutishi va ularga amal qilishi lozim. Biz taqdim etayotgan kasbiy-etikaviy tamoyillar faqat mutaxassis-psixologlar uchungina emas, balki ta’lim muassasasi rahbari, pedagoglar uchun ham moijallangan. Kasbiy faoliyat jarayonida ushbu kasbiy-etikaviy tamoyillarga amal qilish foydadan holi emas.
Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyiilari:
Psixodiagnostik metodikalardan foydalanishda maxsus tayyorgarlikka ega bo'lish. Ushbu tamoyilga ko‘ra, psixodiagnostik metodikalarni amaliy qoilashi uchun mutaxassis-psixolog yetarlicha kasbiy tayyorgarlilcka va psixologik bilimga ega boiishi zarar. Chunki undan ta’lim muassasasi muamraosidan kelib chiqqan holda psixodiagnostika metodikalarini tanlay bilish, ulami to‘g‘ri tatbiq etish va natijalami haqqoniy tahlil etish talab etiladi. Masalan, ma’naviy rivojlanishdan orqada qolgan o‘quvchilar bilan shug'ullanuvchi psixolog nafaqat psixodiagnostika metodikalarini, balki o‘quvchilarda kuzatiladigan nomukammallik darajalarini ham bilishi lozim boiadi. Shuningdek, psixolog tanlangan metodikaga aloqador boigan ilmiy adabiyotlami, metodikaning texnik ko‘rsatkichlarini, ya’ni ishonchliligi, validligi, haqqoniyligi va
me’yorlarning kafolatlanganligini baholay olish qobiliyatiga ega boiishi kerak. Kasbiy sirlami saqlash. Ushbu tamoyilga ko'ra, tanlagan metodikalar mohiyati boshqalarga ovoza qilinmasligi va ulardan g‘ayri insoniy maqsadlarda foydalanilmaslik kerak. Kasbiy sirni saqlash psixologning nufuzi va obro'sini ta’minlaydi, shu bilan birgalikda psixodiagnostika metodlarini to‘g‘ri va aniq qoilashga xizmat qiladi, tashqi aralashuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Psixodiagnostika metodlaridan muhim boimagan masalalarda foydalanish yoki ularni mutaxassis boimagan shaxslarning qoilashi fanda
yolg‘on maiumotlaming ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Demak, ta’lim muassasasida tashkil etiladigan psixodiagnostik tekshiruvlami o‘tkazishda ushbu tamoyil psixologning diqqat markazida boiishi lozim.
Shaxs htiquqlarini ta ’minlash. Bu — psixologiyadagi murakkab masalalardan biri. Qator testlar shaxsning hissiy va motivatsion sohalarini, barqaror holatlari, ichki kechinmalari (ustanovkalari)ni o‘rganishga qaratilgan boiadi. Bunda shaxsning o‘zi xohlamagan yoki anglab yetmagan xususiyatlari aniqlanishi mumkin. Bunday holda shaxsning ma’naviy zarar ko‘rishiga y o i qo‘yilmasligi kerak. Shuning uchun tekshiriluvchi shaxs tekshirish natijalari bo‘yicha kim va qanday qaror qabul qilinishi haqida ogohlantirilishi, ya’ni uni test sinovidan o‘tkazib, sirlarini barchaga oshkor qilmaslik kerak. Agar tekshiriluvchi balog‘atga yetmagan bo‘isa, uning otaonasi
test natijalaridan xabardor boiishi kerak. Ushbu kasbiyetikaviy tamoyilga ko‘ra, psixodiagnostik tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxs huquqlari va sirlari himoya qilinadi. Bu garchand psixolog ishini murakkablashtirsa-da, lekin uning kasbiy tayyorgarligiga talabni kuchaytiradi. Haqqoniylik. Bu tamoyilga ko‘ra, psixolog tekshirishlar o‘tkazish jara)'onida tekshiriluvchi shaxsiga u yoki bu darajada (ijobiy yoki salbiy) ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Test o‘tkazish jarayonida unga nisbatan simpatiya yoki antipatiyaga yo’l qo‘yilmasligi, munosabatlar samimiy va xolis boiishi lozim. Unga xayrhoh munosabatda boiib, biror test savoli javobini aytib yubormaslik talab etiladi. Mabodo sinaluvchi test yo‘riqnomasini tushunmasdan topshiriqlarni bajargan boisa, uni tuzatish yuzasidan ko'rsatma berish mumkin. Konfidensiallik. Tekshiruv natijalari sir saqlanishi va ulardan tegishli shaxslar (psixologlar, pedagoglar, ota-onalar) foydalanishi zarur. Tekshirib ko‘rilgan o‘quvchining roziligi asosida tekshiruv natijalari boshqalarga maium qilinishi mumkin. Agar o‘quvchi testdan past natija oigan boisa, psixolog bu haqda uning otaonasiga darhol maium qilmasligi, balki keyinroq olingan natijalar uchun uning zinhor aybi yo'qligini tushuntirishi lozim. Eng muhimi, testdan past natija olgani uchun o‘quvchining ota-onasi tomonidan jazolanishiga y o i qo‘ymasligi kerak. Agar o‘quvchi oigan natijalar uni ogohlantirmasdan ota-onasi yoki o‘qituvchiga taqdim etilsa, psixolog xatoga y o i qo‘ygan hisoblanadi. Maiumotlar kimga taqdim etilishi haqida o‘quvchi (yoki tekshiruvdan o‘tgan shaxs) xabardor boiishi shart. Tekshiruv natijalarini psixoprofilaktik izohlash. Ushbu kasbiyetikaviy tamoyilga ko‘ra, agar tekshiriluvchi shaxs haqida taqdim etilgan daliliy materiallardagi maiumotlarga tuzatish kiritish yoki ularni aniqlashtirish talab etilsa, tekshiriluvchining o‘zi natijalar mazmuni bo‘yicha sharh berishi mumkin Masalan, talim muassasasida o‘quvchi haqidagi tekshiruv natijalari o‘qituvchi tomonidan so‘ral masa, yoki aksincha, ushbu maiumot oshkor qilingan holda o'quvchining psixologik holatida salbiy o'zgarishlar yuz berishi mumkinligini psixoiog bilsa, u o‘quvchi haqidagi ma’lumotlarni o‘qituvchiga umuman taqdim etmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |