Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


-Mavzu: MULOQOTNING SHAXS HAYOTIDAGI O’RNI



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə18/92
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#176085
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

7-Mavzu: MULOQOTNING SHAXS HAYOTIDAGI O’RNI


Asosiy savollar:
1.Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni
3. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farkdanadi.
4. Muloqot va unga o’rgatish muammolari
5. Ijtimoiy psixologak trening


Tayanch so’z va iboralar: munosabatlar mahsuli biror professional faoliyat, «odam- odam» dialogi, elementar funktsiyasi, «mauglilar»,«professionalizm», tinglash mahorat,

Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilano’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning engetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanlitigaishora qiladi. Har bir normal inson o’zgalarni tinglashga, o’zfikrini birovlarga etkazishga, ya’ni gapirishga, fikrlariniba’zan yozma tarzda bayon etishga tug’ma qobiliyatliday o’zini ta-savvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va o’z fikrla-rimiz, o’ylarimizni birovlarga etkaza olish qobiliyati aslidabizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, harbirimiz o’zimizga o’xshash inson jamiyatisiz mavjud bo’la olmas-ligimizni bildiradi.Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu fao-liyat bevosita «yuzma-yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar(telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladi-gan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stonabo’lishi; sub’ekt-sub’ekt tipli (diologik, sheryklik) yokisub’ekt-ob’ektli (monologik) bo’lishi mumkin.Insoniy munosabatlar o’zaro shunday ta’sir jarayonlariki,unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bun-day jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar,his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqatda bo’lishgani sari, ular o’rtasidaga muno-sabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshash-lik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikrayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaktsiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, unint ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va hokazo).


O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari — o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi»,betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarnint aynan bir xil o’ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday muloqoteng samarasiz, eng beta’sir bo’lgan bo’lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan do’stingizni ko’rib qoldingiz.Siz undan hol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi.Bunday muloqot juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricharasman salom-alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi. Amerikalik olim Uolter Lippman har bir inson qalbining o’ziga xosliga va buning muloqotda namoyon bo’lishiga ishora qilib shunday yozgan edi: «Hamma bir xil fikr yuritgan erda, hech kim ko’p o’ylamaydi», ya’ni, odamlarning muloqot qilishlarining asosida yotgan bir lamchi motiv ham aynan suhbatlar mobaynida turlicha qarashlarga ega bo’lish, o’z fikrlarini takomillashtirishdir.
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar.
XXI asr bo’sag’asida odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatelishi tezligi va tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrni korporatsiyalar asri bo’ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarining rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p hollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’ndafikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam- odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sha-roitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uningtabiati, texnikasi va sgrategiyasi, muloqotga o’rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin