9-Mavzu: MULOQOTNING INTERAKTIV TOMONI: MULOQOTNING HARAKATLAR BILAN ALMASHINISHI Asosiy savollar:
Muloqotning interaktiv jihatlari
O'zaro ta’sir birgalikdagi faoiiyatning uch xil modeli
Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir
Raqobatga asoslangan o'zaro ta’sir
Tayanch so’z va iboralar: ma’qullamaslik, ta’na qilish, kooperatsiya, intcraksiya, muloqotning interaktiv tomoni, do'stona yaqinlik
Muloqotning interaktiv tomoni. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‘lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi.
1.Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi. Intcraksiya va uning asosiy shakllari (kooperatsiya. raqobat).
Muloqot jarayonida kommunikatsiya ishtirokchilari axborot almashish davomida bir-biriga ta’sir etib boradi. O'zaro ta’sir xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini o'rganish zarur bo'ladi. Muloqotning interaktiv tomoni — birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta, bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o'zaro ta’sir birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi faoiiyatning uch xil modeli mavjud:
1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
Muloqot jarayonidagi o'zaro ta’sirning ikki xil turi ajratiladi:
1. Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon ishtirokchilarining umumiy maqsad yo'lida o'z kuchlarini birlashtirishidan iborat.
Kooperatsiyaning bir necha turi farqlanadi: avtomatik (instinktid), an’anaviy, spontan (muhabbat, do'stlik kabi munosabatlar asosida), direktiv (majburiy hamkorlik hukm suruvchi
joylarda), shartnomaviy (rasmiy kelishuvlar asosida).
Kooperatsiya —birgalikdagi faoiiyatning zaruriy elementidir.
2. Raqobatga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon ishtirokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun o'zaro kurash sharoitida bir-biriga ta’sir ko'rsatishidan iborat. Bunday o‘zaro ta’sirda tomonlarning shaxsiy faolligi odatda yuqori bo'ladi.
Shunday bo'lsa-da, u kooperatsiya bilan ma’lum darajada bog'liqdir. Chunki raqobat davomida ham muayyan qoidalar o'rnatilishi talab etiladi. Aks holda o'zaro kurash urushga aylanib ketishi mumkin.
Muloqotga kirishuvchilarning o'zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan muloqotdan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi his-tuyg'ular va afzallikning o'zaro taxmin qilinishi bilan belgilanadigan o'zaro munosabatlar va o'zaro birgalikdagi harakatning barqaror individual — tanlash tizimi sifatidagi do'stlik kishilar munosabatining alohida shakli sifatida yuz beradi.
Do'stona muloqot o'rnatish va do'st tutinish muammosi o'spirinlik yoshida, ayniqsa, dolzarb masalaga aylanadi. Pedagoglarning kuzatishlari, o'spirinlarning sir saqlanadigan kundaliklari, ularning
«Do'stlik va muhabbat to'g‘risida»gi mavzularda o'tkaziladigan suhbatlarga qiziqishlari ana shundan dalolat beradi. Do'st orttirishga bo'lgan ehtiyoj o'spirinlik yoshi uchun do'stlashuvdan ko'ra ko'proq o'z tengdoshlari bilan kengroq ma’nodagi muloqotga kirishishni taqozo etadigan o'rtoqlik ancha keng tarqalgan bo'ladi.
O'spirin odatda do'stona muloqotning o'lchovi haqida yetarli darajada aniq-ravshan tasawurga ega bo'lmaydi, bu yoshda u ko'proq intiladigan alohida juftlashgan holda
Tadqiqotlardan ma’lum bo'ldiki, o'zaro do'stona yaqinlik belgisiga ko'ra birlashgan ulfatlar, muayyan bir kasb atrofida guruhlarga ajrala boshlaydi. Do'stlik muloqoti o'matgan yoshlarning o'zlari qaysi kasbni egallash niyatida ekanliklarini aniqlagach, bo'lg'usi kasb haqidagi, uning imkoniyatlari va istiqbollari, unga tayyorlanish yo'llari kabilar haqidagi axborot bilan bir-birlarini boyitgan holda olib boradigan yashirin kasb tanlash ishi yuz beradi. O'spirinlarda juftlashgan tarzdagi do'stona muloqot andozasi, garchi doim bo'lmasa ham, ko'pin cha jinslar o'rtasida yuz beradigan ishqiy munosabatlarda, ilk yoshlik muhabbatining dastlabki ko'rinishlarida kurtak yozadi.
Nazorat savollar:
1. Muloqotning interaktiv jihatlari yoriting.
2. O'zaro ta’sir birgalikdagi faoiiyatningnecha xil modeli bor?
3. Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir nimadan iborat?
4. Raqobatga asoslangan o'zaro ta’sir nimadan iborat?