Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Inson obrazining shakllanishi



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə27/92
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#176085
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

Inson obrazining shakllanishi.
Odamlar o‘rtasidagi axborot almashinuvining xususiyati sheriklarning belgili tizim vositasida bir-birlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari bilan belgilanadi, boshqacha aytganda, bunday axborot almashinuvi sherikning holati, hissiyoti va hulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishini taxmin qiladi. Bunday vaziyatda muloqot belgisi mehnat quroliga o‘xshash vazifani bajaradi.
SHunday qilib, kommunikativ ta’sir bir kommunikantning boshqasiga uning hulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida ko‘rsatadigan psixologik ta’siridan o‘zga narsa emas. Kommunikatsiya samaradorligi bu ta’sirning, aynan, qanchalik ro‘yobga chiqqanligi bilan o‘lchanadi.
Istalgan axborot belgili tizimlar vositasida etkazilishi mumkin. Psixologiyada verbal (nutq) va noverbal (nutqiy bo‘lmagan vositalar) kommunikatsiyu mavjud. Nutq kommunikatsiyaning universal vositasidir. Nutq insonning boshqalar bilan tabiiy til vositasida amalga shiriladigan muloqot jarayoni demakdir. Muloqot samaradorligi muloqotdagilar uchun umumiy tilni, shuningdek, ta’lim, umumiy madaniyat va nutq madaniyati kabi muhim bo‘lgan omillarni belgilab beradi. Verbal nutq muloqotning noverbal vositalaridan foydalanish bilan to‘ldiriladi.Psixologiyada noverbal muloqotning to‘rt xil shakllari mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika va vizual muloqot.
Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qo‘shimchalar»idan iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
Samarali muloqot uchun odam o‘zida kommunikativ omilkorlikni rivojlantirishi kerak, bu boshqa odamlar bilan zarur aloqalarni o‘rnatish va quvvatlab turish qobiliyatidir. Samarali kommunikatsiyaning belgilari: sheriklarning hamfikrligiga, vaziyat va muloqot predmetini yaxshiroq tushunishga erishish. Salbiy kommunikatsiya, kommunikativ to‘siqlarning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- stereotiplar – alohida shaxs yoki vaziyatga tegishli bo‘lgan soddalashtirilgan fikrlar, natijada odamlar, vaziyatlar, muammolarning ob’ektiv tahlili va anglashga erishilmaydi;
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatid talqin etilgan.
O‘zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”[1]. Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.
Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.
“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov [2], L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi.
Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin