Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə125/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

IV. BAHOLASH TIZIMI
Oraliq baholash (OB) - semestr davomida talabaning fan o’quv dasturini tegishli tugallangan bo’lim(lar)ini o’zlashtirishini baholash usuli. OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (suhbat, yozma ish, og’zaki so’rov, test o’tkazish, kollokvium, hisob-grafika ishi, nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

Yakuniy baholash (YaB) - semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og’zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi.

Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.

Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshka rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortik yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor kilishga asos bo’ladi.

Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.

O’quv rejasidagi fanlar buyicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdiqlanadi.

Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat kilish bo’limi yoki o’quv-uslubiy boshqarma (bo’lim) boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.

Talabalarning fanlarni uzlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi. Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi ham 5 ballik tizimda baholanadi.

Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin