Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə87/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Germaniya. Germaniya musulmon olami bilan dastlab salb urushlari davrida munosabatga kirishgan edi. SHunday bo‘lsa-da, nemis xalqining musulmon aholi bilan o‘zaro aloqalari faqat birinchi jahon urushidan keyingina rivoj topdi.

Birinchi jahon urushi oxirlarida asirlikdan ozod etilgandan so‘ng, Germaniyada yashashni afzal ko‘rgan kishilar, islomni qabul qilgan nemislar va Germaniyaga ko‘chib kelgan savdogar va ishchilar hisobiga mamlakatda dastlabki musulmon jamoalari tarkib topdi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin bu jamoa asir tushgan, ammo jazolanishdan qochib, o‘z yurtiga qaytishni istamagan sho‘ro musulmonlari hisobiga kengaydi. Germaniyaning yuksalishi va ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi sharoitida xorijdan ishchilar jalb etishga ruxsat berilishi mamlakatda musulmonlar sonining tez o‘sishiga zamin yaratdi, Bu asosan, Turkiya, Marokash, YUgoslaviya, Albaniya musulmonlari hisobiga sodir bo‘la boshladi. Natijada 1920-yilda bir necha ming bo‘lgan musulmonlar soni 1951-yilda 50 ming, 1971 -yilda 1150 mingga etdi.

1970-yillarning oxirlarida mamlakatda qo‘nim topa boshlagan musulmonlar to‘lqinini Afg‘oniston, 1990-yillarning boshidan esa Bosniya va Kosovodagi fuqarolar urushidan qochib kelganlar tashkil etdi.

SHu bilan birga bugungi kunda Germaniya bilan o‘z hayotini uzviy bog‘lagan va uni o‘z vatani deb biladigan, uning an’analarini yuksak qadrlaydigan musulmonlarriing ikkinchi va uchinchi avlodi vakillari ham kamol topmoqdaki, bu islomning mamlakatda chuqur ildiz otayotganini ko‘rsatadi.

Hozirda Germaniyadagi musulmonlarning umumiy soni 3 milliondan oshib ketdi va islom mamlakatda mavqei jihatdan ikkinchi o‘rinni egalladi. 70 foizdan ortig‘ini tashkil etadigan turklar Germaniya musulmonlarining qiyofasini belgilab bermoqda deyish mumkin. SHuningdek, SHimoliy Afrika va sobiq YUgoslaviyadan kelgan musulmonlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Musulmonlarning 150 mingini islomni qabul qilgan nemislar tashkil etishi ham Germaniya musulmonlari qiyofasiga o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi.

Germaniyada birinchi masjid birinchi jahon urushi vaqtida Berlin yaqinidagi Niksdorf shahrida imperator Vilgelm II buyrug‘iga binoan barpo etilgan edi. Hozirda mamlakatda masjidlar soni ham ortib bormoqda. 1997-yilda ularning soni 26 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilning boshiga kelib 66 taga etdi. Bundan tashqari ertami-kechmi masjidlarga aylanishi mumkin bo‘lgan 2 mingdan ortiq ibodat uylari ham bor. Mavjud masjidlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi, eng yirik tashkilotlardan biri «Diniy tashkilotlarning turk-islom ittifoqi» hisoblanadi.

Ayni paytda, mamlakatda «Islom madaniy markazlari ittifoqi», «Turk-islom ittifoqi», «Evropa islom tashkilotlari ittifoqi» va «Frankfurt islom jamiyati» kabi 50 dan ortiq musulmon uyushmalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Musulmonlarning ko‘payishi va ma’rifiy islom rivoji bilan bir qatorda, boshqa mintaqalarda bo‘lgani kabi Germaniyada ham diniy ekstremistik harakatlar ildiz ota boshlaganini ta’kidlash zarur. Xususan, 30 mingdan ortiq faollarni birlashtirgan 20 ga yaqin islomiy tashkilotlar Konstitutsiyani qo‘riqlash federal muassasasining doimiy nazorati ostiga olingan. Bunday tashkilotlar nafaqat u yoki bu musulmon mamlakatida dunyoviy hokimiyatni ag‘darib tashiash va xalifalikni barpo etish, balki Germaniyada ham islomiy davlat qurishni o‘zlarining maqsadi deb biladilar.

Aksilterror qonunchiligi kuchaytirilganidan so‘ng diniy ekstremistik harakatlarga qarshi kurash faollashdi. Terrorchi-kamikadzelar oilasiga yordam berib kelgan, «XAMAS»ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etib kelgan «al-Aqso» xayriya jamg‘armasi, «Kyolьn xalifaligi» kabi terrorchilik tashkilotlarining faoliyati to‘xtatilgani ham buni tasdiqlaydi. SHunday bo‘lsa-da, taqiqlangan bunday tashkilotlar a’zolari yashirin faoliyatni davom ettirayotgani ma’lum.

Germaniyada diniy ekstremizmning muayyan o‘ziga xosliklari ham mavjud. Masalan, 1960-yillarda ushbu mamlakatda paydo bo‘lgan va bugungi kunda asosan yirik shaharlar va universitetlarda faoliyat yuritayotgan «Hizbut-tahrir» tashkilotining nemis o‘ng ulьtra partiyalar bilan faol hamkoriik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga intilishi kuzatilmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, «Hizbut-tahrir» o‘zini qanchalik beozor qilib ko‘rsatishga harakat qilmasin, uning asl mohiyati dunyo davlatlari tomonidan tobora chuqurroq anglab etilmoqda. Bunga 2003-yilning 14-yanvaridan Germaniyada ham ushbu tashkilot faoliyatining qonunan man etilgani misol bo‘la oladi. Mamlakat rasmiylari fikriga ko‘ra, «Hizbut-tahrir» siyosiy maqsadlarga erishishda zo‘ravonlik va terrorni oqlovchi, unga da’vat etuvchi tashkilotdir. Qayd etilgan holat xalqimizning «Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi», degan hikmatli so‘zlarining o‘rinli ekanini tasdiqlaydi.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin