Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə86/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Fransiya. Evropa mamlakatlari ichida eng ko‘p sonli musulmon jamoasi to‘plangan davlatlardan biri hisoblanadi. Ushbu jamoa shakllanishi tarixi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 1950-yillarda Fransiya avtomobil zavodlarida ishchilarning etishmasligi tufayli Jazoir, Marokash, Tunis, Turkiya, Senegal, Mali, Livandan oila a’zolarisiz, faqat ishchilarning o‘zini jalb etishga, 1970-yillarda esa ularga oilalarini olib kelishga ruxsat berildi. SHundan keyin Fransiyaga nafaqat ularning xotin, bola-chaqalari, balki boshqa qarindoshlari ham ko‘chib kela boshladi. Mazkur jarayon mamlakatda katta musulmon jamoasi shakllanishi uchun zamin yaratdi.

Mamlakatda 2000 ga yaqin masjid va ibodat uylari faoliyat olib boradi. Jumladan, Parij jome’ masjidi Birinchi jahon urushidan keyin fransuz armiyasidajang qilgan jazoirliklarga minnatdorlik ramzi sifatida qurilgan va eng kattaligi bilan ajralib turadi. Fransiya masjidlarida imomlik qiluvchilarning qariyb chorak foizini musulmonchilikni qabul qilgan fransuzlar tashkil etishi Fransiyadagi musulmon jamoasi qiyofasiga xos xususiyatlardandir.

150 taga yaqin tashkilotni birlashtirib turadigan «Fransiya islom tashkilotlari federatsiyasi», 140 ta tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan «Fransiya musulmonlari milliy federatsiyasi», «Islom va G‘arb» aloqalar Markazi Fransiyadagi eng yirik uyushmalardan hisoblanadi. Ularning ichida «Fransiya islom tashkilotlari federatsiyasi» aqidaparastlik va ekstremizmga moyil tashkilotlarni birlashtirib turadi.

SHu o‘rinda diniy ekstremistik tashkilotlar mamlakat Ichki ishlar vazirligining qat’iy nazoratiga olinganini qayd etish lozim. Ayni paytda, musulmonlarni mamlakat ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotiga integratsiya qilish, ularda tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish masalasiga ekstremizmning oldini olishga xizmat qiladigan asosiy omillardan biri sifatida qaralgan holda, izchil ishlar olib borilayotganini ham ta’kidlash zarur.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin