Guliston davlat universiteti


Janubi-SHarqiy Osiyoda islom



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə82/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Janubi-SHarqiy Osiyoda islom. Janubi-SHarqiy Osiyoga islomning kirib kelishi nisbatan tinch kechdi. Bu jarayon bir necha o‘n hatto, yuz yilliklarga cho‘zildi.

Islomning ilk yillari - xalifalik davrida arab qo‘shinlari bu erlarga kelmagan bo‘lsalar-da, birinchi arab savdogar aholi maskanlari bu mintaqada VII-VIII asrlardayok, paydo bo‘lgan edi hamda Arabiston yarim orolini uzoq SHarq va Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan serqatnov dengiz yo‘llari bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajardilar. Aynan ular islom danini mazkur o‘lkalarda tarqatdilar. SHu bilan birga, mutaxassislar bu ishda hind, fors, hatto, xitoyliklarning xizmatlari katta bo‘lganini ham taьkidlaydilar. Mazkur holat ham ushbu o‘lkalarda islomning rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu xususan, mintaqadagi islom o‘rta asrlarda Arabistonda mavjud bo‘lgan islom ko‘rinishidan farq qilib, mahalliy an’analar, hind, fors va boshqa millatlarning urf-odatlari bilan aralashib ketishida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Islom danini mahalliy aholi orasida birinchilardan bo‘lib Malakka yarim orolining sohil mintaqalari va Sumatra orolining shimoliy qismida yashovchi xalqlar qabul qildilar (XI -XIII asrlar). Natijada XV asrda taraqqiy etgan Malakka Sultonligidan chiqqan din tarqatuvchi savdogarlar o‘z faoliyatlarini kengaytirib yubordilar. XV-XVII asrlarda YAva, Bruney, XV-XVI asrlarda G‘arbiy Sumatra, XV asrning ikkinchi yarmida Patani, XIV-XV asrlarda Sulu va Mindanao, XV - XVIII asrlarda Arakana aholisi islomni qabul kildi. YAngi din YAva orqali Janubiy Sumatraga (XVIII-XIX asrlar), Janubiy Kalimantanga (XVI-XVII asrlar), G‘arbiy Sumatra orqali Sulavesiga (XVIIasr) kirib keldi. Mintaqada islomlashuv jarayoni hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Xususan, bugungi kunda Indoneziya umumiy aholisining 90 foizdan orntig‘ini musulmonlar tashkil etmoqda. Aholining asosiy qismini tashkil etuvchi yava, sundak, minangkabay, bugu, bataki millatlari vakillari islomga e’tiqod qiladilar.

SHu bilan birga, musulmon aholining ayrim qatlamlari orasida hali ham islomgacha bo‘lgan davrdagi udumlar saqlanib qolayotganini ko‘rish mumkin.

Mamlakatda ilk islomiy harakatlarning kelib chiqish tarixi 1921 yilda mustamlakachilarga qarshi bo‘lgan «Islom birligi» harakati bilan bog‘liq. Turli kelishmovchiliklar oqibatida inqirozga yuz tutgan, mazkur tashkilot 1930 yilda qaytta tiklanib, «Indoneziya islom partiyasi» nomini oldi va mustaqil siyosiy partiya sifatida faoliyat olib bordi, 1973 yilga kelib, ekstremistik faoliyati uchun hukumat tomonidan rasman taqiqlandi.

1926 yilda tashkil etilgan «Nahdatul Ulamo» tashkilotining shiori va maqsadi aholi o‘rtasida islomni targ‘ib qilish edi. Bu tashkilot ham 1953 yilda siyosiy partiya darajasini oldi va oxirgi yillarga kelib, mamlakatda keskin siyosiy vaziyatni yuzaga keltirdi. Oqibatda 1984 yilda uning faoliyati ham to‘xtatildi.

So‘nggi yillarda Indoneziyada sodir etilgan qator terrorchilik harakatlari, hukumatga qarshi chiqishlar yuqoridagi kabi tashkilotlarning faoliyati beiz ketmagani, mamlakatda maxfiy faoliyat olib borayotgan ba’zi diniy-ekstremistik harakatlar tegishli imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatadi.

Geografik va strategik jihatdan juda qulay erda joylashgan Malayziya aholisining 53 foizini sunniylik yo‘nalishining shofiiy mazhabiga e’tiqod qiluvchi musulmonlar tashkil etadi.

Musulmonlarning aksariyatini mamlakatning g‘arbiy tumanlarida yashaydigan malay va sharqiy mintaqalarida istiqomat qiladigan kadazine, klemantan va melanau millatlariga mansub aholi tashkil etadi. Bundan tashqari arablar va Hindistondan kelib qolgan musulmonlar ham bor.

Malayziya Konstitutsiyasi turli dinlarga erkin e’tiqod qilishni kafolatlasa-da, islomning sunniylik yo‘nalishi rasmiy din sifatida qabul qilingan. Rasmiy hukumat islom dini keng tarqalishiga har tomonlama zamin yaratmoqda. Jumladan, islom danini qabul kilganlar turli imtiyozlarga ega bo‘ladilar. SHuning uchun ham, xudoga ishonmasa-da, mazkur dinga e’tiqod qilishni afzal ko‘radiganlar ko‘p uchraydi.

YUqorida qayd etilgan Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlaridan tashqari aholining umumiy tarkibidagi ulushi biroz kamrok, bo‘lsa-da, musulmonlar yana bir qator davlatlarda ko‘p millionli jamoaga egaligini ta’kidlash zarur. Xususan, Tailandda islom diniga e’tiqod qiluvchilar mamlakat aholisining 6 foizini (2 million) tashkil etadi. Ular asosan mamlakatning janubiy qismida istiqomat qiladi.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin